3.1. “Ta’lim muassasasi”ning majburiyatlari:
- talabaga TTJdan joy ajratishni rektor (direktor) nomiga yozilgan arizaga muvofiq amalga
oshirish va shartnoma
rasmiylashtirish;
- talabaga TTJning xona va jihozlarini mazkur shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan muddatda berish;
- TTJda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
- TTJni tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash;
- TTJda oʻtkaziladigan tadbirlar, madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarini oʻtkazishni taʼminlash;
- zaruriyat boʻlganda TTJni kapital va joriy taʼmirlash
ishlarini amalga oshirish;
- TTJda yashash sharoitlarini tegishli meʼyorlar asosida jihozlar bilan taʼminlash;
- TTJda yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish va qayta
takrorlanmasligining oldini olishdan iborat.
3.2. Talabalar majburiyatlari:
- ichki tartib-qoidalari va OTM odob-axloq kodeksiga qatʼiy amal qilish;
- maʼmuriyat bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga
rioya qilish;
- gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
- yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;
- xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda boʻlish;
- TTJdagi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada ozoda tutish;
- TTJ va xonadagi mebellarni, deraza va unga qoʻyilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi bino
mas’ulining
ruxsatisiz almashtirmaslik;
- umumiy foydalanish joylariga oʻrnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi,
oshxona,
sport xonasi, kompyuter xonasi, kutubxona hamda maʼnaviyat va maʼrifat xonalari jihozlaridan toʻgʻri
foydalanish;
- qoʻlbola elektr isitgich asboblari hamda elektrochoynaklardan foydalanmaslik;
- umumiy foydalanish joylarini foydalanib boʻlingandan keyin (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va
boshqalar) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus
belgilangan joylarga tashlash;
- internet tarmogʻidan foydalanish odobiga rioya qilish;
- talabalar turar joyi va taʼlim muassasasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida muntazam ishtirok
etish;
- Talabalar turar joyida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etish;
- Talabalar turar joyiga kech soat 22:00
dan kechikmaslik;
- TTJdan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki taʼtilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlar va xona
kalitini talabalar turar joyi bino mas’uliga topshirish;
- shartnoma muddati tugallagandan soʻng yoki taʼlim muassasasidan chetlashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan
taqdirda xona va undagi jihozlarni uch kun muddat ichida TTJ bino mas’uliga topshirish.