• TAHLILLAR VA NATIJALAR
  • Talabalarni kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari naimova Jayrona Utkir




    Download 87 Kb.
    bet4/5
    Sana10.06.2024
    Hajmi87 Kb.
    #262129
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Naimova Jayrona

    TADQIQOT METODOLOGIYASI
    Kasbiy kompetensiyaning konseptual apparatiga e’tibor qaratgan holda, turli xil formulalarni qayd etish mumkin, ammo kompetensiya tarkibida mualliflar bir ovozdan 3 komponentni (darajani) ajratib ko‘rsatishadi: nazariy, amaliy va shaxsiy.
    B.R.Muqimov o‘qituvchining kasbiy-pedagogik kompetensiyasini “o‘qituvchining ushbu ishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar va ularning me’yoriy xususiyatlaridan xabardorligi; uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan psixologik fazilatlarga ega bo‘lish, standartlar va me’yorlarga muvofiq haqiqiy kasbiy faoliyat yuritishidir” deb ta’kidlaydi [6, 135].
    Kasbiy kompetensiya – psixologik-pedagogik va uslubiy kompetensiyadan iborat. Zamonaviy jamiyat talaba va o‘ziga nisbatan shaxsiy va insonparvarlik pozitsiyasini egallashga qodir, talaba shaxsini rivojlantirishni maqsad qilgan, ijodkorlik qobiliyatiga ega, o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘zini o‘zi tarbiyalashga intiladigan o‘qituvchilarga muhtoj. Shuning uchun o‘qituvchining psixologik-pedagogik kompetensiyasini oshirish muammosi dolzarbdir.
    Turli xil yondashuvlarga qaramay, mualliflar kompetensiya tarkibida nazariy, amaliy va shaxsiy darajalar (komponentlar) mavjudligiga qo‘shiladilar.
    Pedagogik mahorat va kompetentlik kasbga nisbatan tavsifnoma berish, ta’lim jarayonidagi o‘zlashtirish saviyasini egallash, tarbiya jarayonida muayyan vazifani bajarishdagi kasbiy xislatlarni ta’riflashda qo‘llaniladi.
    Pedagogik mahorat va kompetentlik o‘qituvchidan izlanish, mahorat, pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishni talab qiladi.
    Demak, o‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san’atkor va fidoyi bo‘lishi hamda yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biri ekan, o‘qituvchilar pedagogik mahorat va kompetentlikni egallashlari lozim.
    TAHLILLAR VA NATIJALAR
    Kasbiy layoqatlilik va kasbiy kompetensiyaning shakllanishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik psixologlarning fikricha, kasbiy kompetensiya asoslari bolaning tug‘ilishi bilan to‘plana boradi va individning neyrodinamik sifatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, ular hatto “kasbiy layoqatsiz” odamlar ham neyrodinamik reaksiyalar tezligi yoki ularning kompleksi nuqtai nazaridan u yoki bu faoliyatdagi muvaffaqiyatga bo‘lgan motivatsiyaning yuqori darajasiga erishish mumkinligida yetakchi rol o‘ynashini ham tan olishadi.
    A.V.Xutorskiy ta’limda o‘qituvchining yetti kompetensiyasini tavsiflaydi [7, 18]:
    1. Dunyoqarash asnosida, ya’ni qadriyat va o‘zini anglash o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiya o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
    2. Umummadaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasi, urf-odatlarga hurmat; ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Ilm-fanning inson hayoti va dunyo rivojiga ta’sirini anglay olishi va talabalarga tushuntira olishi.
    3.O‘quv va bilish jarayoni – o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy fikrlashi. O‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmasini tahlil qila olishi.
    4.Ma’lumotga ega bo‘lish – pedagogik faoliyati, o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
    5. Muloqotchanlik – til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
    6.Ijtimoiy foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va mas’uliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
    7.O‘z ustida ishlashi – jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘z-o‘zini rivojlantirib borishi. Hissiyotini boshqarish.
    Bizningcha, jamiyatdagi biron-bir guruh, jamoa yoki shaxs ma’lum bir soha bo‘yicha yuksak malaka va bilimlarga ega bo‘lib, o‘z sohasida kompetensiya egasi bo‘lib shakllanadi hamda ushbu vakolatini muntazam ravishda takomillashtirib boradi. Bu masalaga jamiyatning manfaatlari yuzasidan yondashiladi. Shaxs esa o‘z kompetensiyasini takomillashtirib borish orqali, eng avvalo, o‘zining hayotiy manfaatlarini amalga oshiradi, shu bilan birga, jamiyatning shaxsga qo‘yayotgan talablari darajasiga erishadi.

    Download 87 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarni kreativ yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari naimova Jayrona Utkir

    Download 87 Kb.