• TALABANING F.I.SH va guruh raqami to‘liq yozilsin!!! ___________________________________________________________________ BIRINCHI TOPSHIRIQ!
  • Talabaning f. I. Sh va guruh raqami to‘liq yozilsin!!! Birinchi topshiriq!




    Download 350,08 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi350,08 Kb.
    #247450
    Bog'liq
    30 ballik -kredit topshiriq (1)



    O'zbekistonning
    Eng Yangi
    Tarixi

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    TALABANING F.I.SH va guruh raqami to‘liq yozilsin!!! ___________________________________________________________________


    BIRINCHI TOPSHIRIQ!


    "O'zbekistonning eng yangi tarixini nima uchun o'rganishimiz kerak?" mavzusida esse yozing. Esse – bu muallifning har qanday masala bo'yicha pozitsiyasini ifodalovchi va asoslaydigan erkin shakldagi yondashuv. Vazifa qo'lyozma shaklda bajarilishi va o'z fikringizni bildirishingiz kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyingi o‘tgan 30 yil davomida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator yangilanishlar amalga oshirilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonida jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa bugungi yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida o‘zining ham shu jarayondagi faol ishtirokchi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim sohasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Ayniqsa Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash g‘oyasi ostida bugungi kunda kechayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasining qabul qilinishi, qo‘shma dasturlar orqali nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda dunyoning etakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallarining ochilishi, xalqaro reyting va indekslarda respublika oliy ta’lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar buning misolidir. Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlakatimizda mustaqillik yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar va undagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil etilgan holda bu tizimda o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oily o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda. Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani joriy etildi. Ushbu fan mamlakatimizning mustaqillik arafasi va mustaqillik yillari tarixini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning xronologik chegarasi 1989-yildan to bugungi kunlargacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Ushbu qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan bakalavr yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 8 ta mavzu doirasida 5 O‘zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy va madaniy taraqqiyot. respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. Mavzular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nomutaxassis fakultetlar talabalari uchun mo‘ljallangan hamda shu yo‘nalishda tasdiqlangan O‘zbekistonning eng yangi tarixi namunaviy dasturi asosida yoritilgan. Mavzu so‘nggida texnologik usullar,nazorat savollari va topshiriqlari, tayanch tushunchalar, glossariy va testlar berilgan. Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida prof.R.X.Murtazayeva, prof.D.B.Bobojonova, prof N.Jo‘rayev darsliklari va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi. Biz mualliflarga o‘z samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Umuman, ushbu o‘quv qo‘llanma nafaqat oliy o‘quv yurtlari professoro‘qituvchilar va talabalariga, balkim O‘zbekistonning eng yangi tarixi davriga qiziquvchi va uni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar uchun ham mo‘ljallangan.







    Download 350,08 Kb.




    Download 350,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabaning f. I. Sh va guruh raqami to‘liq yozilsin!!! Birinchi topshiriq!

    Download 350,08 Kb.