• Oqitishning amaliy metodlarini qollash oquvchilarga nimalar beradi
  • Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin




    Download 53,14 Kb.
    bet3/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi53,14 Kb.
    #233750
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2TIf8iqQlv85Acak6HULAGzQazhsEFVy94nSLeNA

    Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin. Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham ko'rsatish mumkin. Bu usulda o'rganilayotgan narsa hodisalami tabiiy sharoitda zavod, fabrika, tabiatda, muzey, ko'rgazmalarda tashkiliy ravishda ko'rsatiladi. Agar ko'rsatilayotgan joyda o'tilayotgan mavzu mazmunini keng ochib berish imkoni bo'lsa, buni o'qituvchi oldindan borib kuzatib keyin o'quvchilami olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi, o'quvchilar ekskursiya davomida obyekt ustidan ma’lumotlami eshitish yoki kuzatish bilan chegaralanmasdan zarur materiallami yozib oladilar, rasmini chizadilar, o'lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
    O'qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va mashg'ulotni yakunlaydi.
    O'qitishning amaliy metodlarini qo'llash o'quvchilarga nimalar beradi?
    O'quv informasiyasini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laborotoriya, ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
    O'qitishning amaliy usullari doirasi keng. Bu usullarga: yozma mashq, tajriba, laboratoriya xarakteridagi mashqlar, mehnat topshiriqlarini bajarish kabilar misol bo'ladi.
    Yozma mashqlar jarayonida olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyotda qo’llanadi. Mashq qilish davomida ilmiy bilim va ma’lum ish harakat o‘zlashtiriladi, takomillashadi, ular aniq o‘quv fanining xarakteri hisobiga maqsadli, rejali tarzda amalga oshadi. Mashq davomida har bir mashq e’tiborga olinadi. Masalan, ona tilidan grammatik tahlil, matematikadan misol, masala yechish, tabiiy fanlardan ximiyaviy tenglamalar tuzish, koeffltsiyentlar tanlash, masala yechish, o'simliklarni turlarga ajratish va h.k. Mashq davomida ilgari egallangan bilim, ko'nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tatbiq etiladi.
    O'quvchilaming o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalami mustahkamlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida olib boriladi:
    • mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o'quvchilarga aniq tushuntirilgan bo'lishi;
    • mashq ustidan sinf o'quvchilar jamoasi va har qaysi o'quvchilaming shaxsiy intilish, qiziqishini hisobga olishi;
    • topshiriq butun sinf o'quvchilarining aktiv faoliyatini ta’minlaydigan bo'lishi va mashqni belgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi.
    Mashq qilishda o'quvchilaming yozma, ijodiy mashqlari alohida o'rin egallaydi.
    Yozma ijodiy mashqlar ona tili, adabiyot, tarix, geografiya fanlarida ham qo’llaniladi. Ular insho, va’z, referatlar yozish kabilarda o'z aksini topadi.
    O'quvchilaming yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish, chizma va sxemalar ishlash, jadval, diagramma, grafik, plakat, albom, stendlar ishlash, laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o'qitish jarayonida o'quvchilarga atrofni o'rab olgan obyektlami borliqdagi narsa va hodisalar, ulaming shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o'zgarish va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi bilim beradi. Bu usullar o'quvchilar bilan yoppasiga va alohida olib boriladi.
    Amaliy mashg'ulotlar o'quvchilarga umumiy politexnik ta’lim berish va mehnat malakasi bilan qurolantirishda asosiy usul bo'lib xizmat qiladi.



    Download 53,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 53,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekskursiya metodidan foydalanish mumkin

    Download 53,14 Kb.