• Ta’limda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor
  • Ta’limda rag'batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?




    Download 53,14 Kb.
    bet5/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi53,14 Kb.
    #233750
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2TIf8iqQlv85Acak6HULAGzQazhsEFVy94nSLeNA

    Ta’limda rag'batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?
    1. Ta’limga qiziqishni rag'batlantirish metodi.
    2. Ta’limga burch va mas’uliyatni rag'barlantirish metodi.
    O'quv faoliyatini rag'batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu sababli, rag'batlantirish o'qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
    Rag'batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O'qishga qiziqishni rag'­batlantirish turlaridan biri o‘qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o'quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir.
    Rag'batlantirish va tanbeh berish usullari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Rag'batlantirish: baho bilan, imo-ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
    O'qishga doir tanbehlar dars paytida, og'zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo'yish, ish daftariga yozish, xatolami ko'rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
    Maktabda o'quvchiga tan jazosi berish, o'zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so'kish aslo mumkin emas.
    Ta’limda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor?
    1. Og'zaki nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish.
    2. Yozma nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish.
    3. Laboratoriya - amaliy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat.
    4. Test nazorati.
    O‘qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o‘quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi.
    Nazorat maktabdagi o'qitish jarayoniga xos bo'lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
    1. Og'zaki nazorat yakka va guruhiy so'rash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Alohida so'rashda o'qituvchi ma’lum vaqt davrida o'quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O'quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
    2. Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to'la dars davomida yozma ishlar o'tkaziladi. Yozma nazoratda baholar obyektiv bo'lishi va o'quvchilarning tipik xatolari aniqlanib, kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O’z o’zini nazorat qilish-o'quvchilarning o'quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi.
    Ta’lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo'lida ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Kompyuter, Multimedia, kodaskop, filmoskop, logorifm lineykasi, sirkul, apparat turlari - bular jumlasiga kiradi.
    Ta’lim metodlarini to'g'ri tanlash va ulardan o'rinli foydalanish ta’lim samarasini ta’minlashga yordam beradi. Ta’lim metodi mavzuning maqsadiga qarab tanlanadi.

    Download 53,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 53,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’limda rag'batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?

    Download 53,14 Kb.