-shakl. Bilimning amaliyot davomidagi yuksalishi




Download 212,82 Kb.
bet3/10
Sana11.01.2024
Hajmi212,82 Kb.
#134522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2-shakl. Bilimning amaliyot davomidagi yuksalishi.


Bilish jarayonida bilim hosil bo’ladi. Bilim-odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to’plagan umumlashgan tajribasidir. Bilim ob’ektiv borliqni to’g’ri aks ettiradi. Eng to’g’ri va mukammal bilimlar ham o’z navbatida doimiy emas, balki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o’zgarib boradi.
Bilimlar asosida ta’lim oluvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo’ladi, ilmiy dunyoqarshni shakllantiruvchi g’oyalar tizimi tarkib topadi.
Ta’lim jarayonida biror bir fan sohasida insoniyat tomonidan

o’zlashtirilgan barcha bilimlarni o’rganish mumkin emas. Ta’lim jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar fanlarning asoslari o’rganiladi.
Ta’lim muassasalarida o’rganiladigan o’quv predmetlari soni o’z vazifalari va xususiyatlariga muvofiq tarzda ortib boradi. Boshlang’ich sinflarda tabiat va jamiyat qonuniyatlari borasidagi eng oddiy ma’lumotlarni berish asosida ularda dunyoqarash shakllantirilib boriladi. Mazkur bilimlar asosida ta’lim oluvchilar ob’ektiv borliq mohiyatini anglab boradilar.
Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmasdan, balki faoliyat ko’nikma va malakalarini ham hosil qiladilar.
Ko’nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart - sharoitlar o’zgargan vaqtda ham ma’lum hatti-harakatlar qilish (hosil bo’lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Ko’nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Har qanday ko’nikma asosida bilim yotadi. Bilimlar fikr-mulohazalarda, ko’nikma esa hatti-harakatlarda ifodalanadi. Hatti-harakatlar aqliy, yoki jismoniy bo’lishi mumkin.
Malaka muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o’rganib qolingan avtomatlashgan ongli harakatdir.
Malaka bir hatti-harakatning o’zini bir xil sharoitda ko’p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo’lsa, odam ishni shunchalik tez yo’lga qo’yadi.
Malakalar turlicha bo’ladi, chunonchi, o’quv malakalari-o’qish, sezish, og’zaki hisoblash va boshqalar; mehnat malakalari ish qurollari bilan ishlash, materiallar va texnika bilan muomalada bo’lish va hakazolar; harakat malakalari-yurish, yugurish va boshqalar. Ko’nikma kabi malaka ham egallangan bilimlar asosida hosil qilinadi. Ko’nikma va malaka o’rtasida farqli tomonlari ham bor. Xususan, o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ko’nikma va malakalar har xil tavsifda bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, bilim, ko’nikma va malakalar ta’lim jarayonida tarkib topadi. Ta’lim-dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayon bo’lib, unda ikki tomon ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi ishtirok etadi. Ta’lim berish ta’lim oluvchilarga bilimlar berish, ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yo’naltirilgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

Download 212,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 212,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-shakl. Bilimning amaliyot davomidagi yuksalishi

Download 212,82 Kb.