• Ta’lim-tarbiyada onglilik va faollik tamoyili
  • Ta’lim-tarbiyaning muntazamiylik va davomiylik tamoyili




    Download 212,82 Kb.
    bet6/10
    Sana11.01.2024
    Hajmi212,82 Kb.
    #134522
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Ta’lim-tarbiyaning muntazamiylik va davomiylik tamoyili- bu ta’lim-tarbiyadagi zarur fiziologik-psixologik qonuniyat hisoblanib, u bilimni mantiqiy bog’liqlikda o’rganishni ta’minlab beradi. Bu tamoyil har bir fan bo’yicha tuzilgan o’quv reja va dasturlarda dasturiy va uslubiy tavsiyanomalarni yaratishda tadbiq etiladi. Amaliyotchi o’qituvchi o’quv reja va dasturlaridan chetga chiqmasligi lozim. Bu qonuniyat tushunchalar, dalillar va boshqa fikrlar orasidagi, ularning tadrijidan kelib chiqqan aloqadorliklar

    qonun va qoidalar bilan amaliy ishlarni bajarish o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlarni o’rganish orqali amalga oshiriladi. Bu qonuniyat o’qish faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Unga amal qilmaslik ta’lim oluvchilar tafakkurida o’zaro bog’liq bo’lmagan uzuq-yuluq bilimlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday bilimlardan kishining ijtimoiy mohiyatiga naf bo’lmaydi, ular tafakkurni charchatadi holos;

    • Ta’lim-tarbiyada onglilik va faollik tamoyili-ta’lim oluvchilar olayotgan bilimini hayotda qo’llay bilishlari uchun ta’lim berish jarayonini faol fikrlashga aylantirish kerak. Bunda o’qitishni Shunday tashkil etish kerakki, ta’lim oluvchilar bilimlarini mashg’ulotlarda ongli va faol qatnashib egallab olishsin. Shunda tinglovchilarda ong o’sib, ijtimoiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik tarkib topadi.

    Ta’lim-tarbiyaning onglilik tamoyili ta’lim oluvchilarda ta’rif, tushuncha va qoidalarni yodlash va esda saqlash bilan ularni egallash emas, balki bu bilimlarni, hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan mazmunini tushuntirishlarini talab etadi. Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish ta’lim oluvchilarda bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, hissiy kechinmalar uyg’otishini o’z ichiga oladi. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida bo’lganligi uchun muammoni mustaqil hal qilish maqsadida darsda ta’lim oluvchilarga muammoli vaziyatlar tavsiya etiladi.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 212,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim-tarbiyaning muntazamiylik va davomiylik tamoyili

    Download 212,82 Kb.