|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 1/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #240526 |
Bog'liq Abdullo mi-302 kurs ishi yangisi (1)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Matematika va informatika” kafedrasi
“Kompyuter tarmoqlari” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Global kompyuter tarmoqlarining texnologiyalari”
Bajardi: Boboabdulayev Abdullojon Utkirzoda
Matematika informatika 302-guruh 3 – kurs talabasi
Ilmiy raxbar: Mamasodiqova Saidaxon
Andijon 2024
Reja :
I.Kirish
II.Asosiy qism
Global kompiyuter tarmoqlarining yaratilishi va unga krish
Tarmoq protokollari va standartligi
Tarmoq topologiyalari va ularning xususiyatlari
2.4 Global Internet tarmoqlari va ularning tasnifi haqida umumiy tushunchalar
2.5 Tarmoq protokollari TCP/IP haqida tushuncha
III.Xulosa va takliflar
Kirish
«Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o‘rtasida trendga aylandi», — «Agar yoshlarni IT kasblarga o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz»
Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuning dolzarbligi: Global kompyuter tarmoqlarining texnologiyalari mavzusunda tartibga solingan dushanbadan kelib, ularning texnologiyasini o'rganish, rivojlanish, ulardan foydalanish va ularning xususiyatlari haqida ko'proq ma'lumot olish uchun dastlabki bosqichlarni amalga oshirish kerak. Shu maqsadda, global kompyuter tarmoqlarining protokollari, shifrlash usullari (VPN, SSL, TLS), bulut xizmatlari (cloud services), iste'molchilarga xizmat ko'rsatish usullari (service delivery methods) kabi asosiy tarmoq texnologiyalari haqida tushunchalar to'g'risida bilim oladigan muhimdir. Ularning yanada izohliroq va tez-tez yangilanayotgan xususiyatlarini o'rganishingiz yaxshi bo'ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.Raqamli boshqaruv markazida “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Ma’lumki, bu strategiyada mamlakatimizni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish maqsadi belgilangan. Bu davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish, aloqa infratuzilmasini yaxshilash, IT ta’limni rivojlantirish kabi ko‘p omillarni talab etadi.Oxirgi yillarda ushbu yo‘nalishlarda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Axborot texnologiyalari subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar natijasida bunday korxonalar va ish o‘rinlari soni, xizmatlar eksporti ortib bormoqda. Xususan, 2017-yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 1 ming 600 taga yetgan. Ish o‘rinlari ham qisqa vaqtda 10 baravar ko‘payib, 24 mingtadan oshgan. 2017 yilda 600 ming AQSH dollari bo‘lgan eksport hajmi joriy yil yakuni bilan 300 million dollardan oshishi kutilmoqda.My.gov.uz yagona portali orqali bugungi kunda 8 milliondan ortiq aholi va tadbirkorlar 570 turdagi onlayn xizmatdan foydalanmoqda.Ijro intizomi yagona tizimi - ijro.gov.uz orqali davlat idoralari va ularning quyi bo‘g‘inlari xodimlari tomonidan 28 millionta hujjat elektron ayriboshlangan.Prezidentimiz bu tizim rahbarlarning ongi va mas’uliyatini o‘zgartirganini ta’kidlab, hujjatlar integratsiyasi va sifatini yaxshilash, ijro intizomi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.2022-yilda BMTning Elektron hukumat reytingida mamlakatimiz 18 pog‘ona yuqorilab, 69-o‘rinni egalladi. 2030-yilga borib, ushbu reytingda birinchi o‘ttiztalikka kirish bo‘yicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan. Buning uchun hududlarda IT infratuzilmani va venchur bozorini rivojlantirish, “local to global” tamoyili orqali mahalliy korxonalarni eksportga olib chiqish, yurtimizda xalqaro kompaniyalarning ofislarini ochish kabi ko‘plab choralar ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, umuman, bu sohaga 100 yillik qulaylik yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Davlat rahbari mamlakatimizning axborot texnologiyalari, turizm, investitsiya salohiyatini mujassamlashtirgan yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.Taqdimotda sohaga ixtisoslashgan ta’lim to‘g‘risida ham axborot berildi. So‘nggi 3 yilda IT o‘quv markazlari soni 300 dan oshdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olib, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar soni 1 million 200 ming nafarni tashkil etdi. O‘tgan yildan boshlab xalqaro IT-sertifikatlarga o‘qish xarajatlarini 50 foizgacha qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. 215 ming nafar yoshlar xalqaro onlayn kurslarni bitirib, sertifikat oldi.Bularni davom ettirgan holda, kelgusi yildan boshlab, har yili 5 ming nafar iqtidorli yoshlarni saralash, o‘qitish hamda halqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimi joriy etiladi. Xorazm viloyatida “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasida o‘qitish boshlanadi. Umuman, IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni xalqaro kompaniyalar talabiga mos dasturlar asosida tayyorlash va ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.Shu yerda kosmik geoaxborot tizimi orqali suv omborlari hamda yer qa’ridan foydalanish holatlarini monitoring qilish dasturi haqida ma’lumot berildi.Prezident vazirlikning “UZINFOCOM – Yagona integrator” ofisida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Sizlar hozirgi islohotlarda bizning eng ishongan kuchimiz. Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yanada oshadi. Har bir soha va hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.Shu yerda sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektr ta’minoti billingi bo‘yicha axborot berildi. Davlatimiz rahbari ijtimoiy sohalar, ayniqsa, tibbiyot sohasining raqamli tizimini takomillashtirish, odamlarni rozi qilish zarurligini ta’kidladi.Prezidentimizga Samarqand viloyati Nurobod tumanida tashkil etilgan “IT Village” haqida so‘zlab berildi. Bu majmua 1-9 sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari bilan tanishtirish va bunga qiziqtirish, ularga ilk ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.Davlatimiz rahbari bunday majmualarni barcha hududlarda barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.
|
| |