|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 3/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #240526 |
Bog'liq Abdullo mi-302 kurs ishi yangisi (1)Halqasimon bog‘lanishda komp’yuterlar yopiq chiziq bo‘yicha bog‘langan bo‘ladi. Тarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo‘ladi. Axborot halqa bo‘yicha komp’yuterdan komp’yuterga o‘tadi. Тarmoqning shinali bog‘lanishida ma’lumotlar uzatuvchi komp’yuterdan shina bo’yicha har ikki tomonga uzatiladi.
(1-rasm)Shina topologiyasi
Yulduzsimon bog‘lanishda markaziy komp’yuter mavjud bo‘lib, unga qolgan barcha komp’yuterlar bog‘langan bo‘ladi.
(2-rasm)Yulduzsimon bog’lanish
80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o’rtasida farqli jihatlar yaqqol ko’rinib turar edi. Bunday farqli jihatlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: 1.Aloqa chiziqlarinig qanday masofalarga tortilganligi va ularning sifati. Lokal tarmoqlarning bog’lamlari orasidagi masofalar, global tarmoqlarga nisbatan ancha qisqa edi. Bunday holat lokal tarmoqlarda ancha sifatli aloqa chiziqlaridan foydalanish imkonini berar edi. 2.Ma’lumotlarni uzatish usullarining murakkabligi. Global tarmoqlarda lokal tarmoqlarga nisbatan, ishonchliligi ancha past bo’lgan kanallarning qo’llanilishi bois, ularda ma‟lumotlarni uzatishning ancha murakkab usullari va shunga mos qurilmalar ishlatishga to’g’ri kelar edi. 3.Ma’lumotlarni almashinish tezligi. Lokal tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish tezligi (10, 16 va 100 Mbit/s) global tarmoqladagi tezliklardan (2,4 Mbit/sek dan 2 Mbit/s gacha) ancha yuqori edi. 4.Ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning xilma-xilligi. Ma’lumotlar almashinish tezligi ancha yuqori bo’lgan lokal tarmoqlarda ko’rsatiladigan xizmatlarning xillari ancha ko’p bo’lgan, bunday xizmatlar turlariga misol qilib - boshqa-boshqa kompyuterlarning qattiq disklarida joylashgan fayllardan foydalanish mexanizmlari, bosmaga chiqaruvchi qurilmalardan (printer, plotetter, ...), modemlar va fakslardan birgalikda foydalanish xizmatlari, yagona ma’lumotlar bazasiga murojaat qila olish, elektron pochta xizmati va boshqalar. Global tarmoqlarda esa oddiy pochta va fayl almashinish xizmatlari bilan cheklangan. Vaqt o’tishi bilan lokal va global tarmoqlar o’rtasidagi yuqorida sanab o’tilgan farqli jihatlar yo‘qola boshladi. Avvallari alohida-alohida ishlayotgan lokal tarmoqlarni o’zaro bog’lash amalga oshirila bordi. Bunda bog’lovchi muhit sifatida global tarmoqlardan foydalaniladigan bo’ldi. Lokal va global tarmoqlarning o’zaro yaqin integratsiyalashuvi, bu texnologiyalarni bir-biriga yaqinlashuviga olib keldi. Ma‟lumotlarni uzatish usullaridagi yaqinlashuv, ma’lumotlarni uzatishni optik tolali aloqa chiziqlari orqali amalga oshirilishi va bunda raqamli (modulyasiyalanmagan) asosga o’tkazilishi bilan sodir bo’lgan. 100 metrdan uzoq bo’lgan masofalarga ma’lumot uzatish uchun bunday uzatish muhitdan deyarli barcha lokal tarmoqlarda foydalanilgan edi. SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlarning zamonaviy magistrallari ham, ana shunday muhit asosida qurilgan. Ularning raqamli kanallari 14 yordamida global kompyuter tarmoqlarining qurilmalarini ham birlashtirish mumkin bo’ldi. Raqamli kanallar sifatining yuqoriligi, global kompyuter tarmoqlari protokollariga qo’yiladigan talablarni o’zgartirib yubordi. Bunda ishonchlilikni ta’minlash muolajalari o’rniga, foydalanuvchilarga axborotni etkazib berishning o’rtacha tezligini ta’minlash muolajalari, hamda trafikni uzatishda kechikishlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, masalan tovush trafigiga tegishli paketlarni alohida ishlash mexanizmlarini qo’llash masalalari muhim bo’lib qoldi. Sanab o’tilagan bu o’zgartirishlar global tarmoqlarining yangi texnologiyalari bo’lgan Framy Relay va ATM texnologiyalarida o’z aksini topdi. Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga IP protokolining keng qo’llanila boshlanganligi ham katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirda bu protokol har qanday lokal va global tarmoq texnologiyalari (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, ATM, Frame Realy) asosida qurilgan tarmoqlarni o’zaro yagona tarmoqqa birlashtirib ishlash imkonini beradi. 90-yillardan boshlab tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan global kompyuter tarmoqlar ham, ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar xillarini anchagina ko’paytirib bu borada lokal tarmoqlarga etib oldilar. Katta hajmlarga ega bo’lgan - tasvirlar, videofilmlar, tovush kabi ma’lumotlarni, ya’ni multimediyali axborotni real vaqt masshtabida uzatib berish mumkin bo’ldi. Internet tarmog’i orqali axborot etkazib berish xizmati hisoblangan, gipermatnli axborotlar xizmati - World Wide Web (WWW) ham tezkor xizmatlarga yaqqol misol bo’la oladi. Lokal tarmoqlarda esaglobal tarmoqlardagi singari – axborotni himoyalash usullariga katta e’tibor berishga to’g’ri kelyapti, negaki hozirgi lokal tarmoqlar avvalgilariga o’xshab alohida-alohida emas, balki “katta dunyo” bilan bog’langan holda ishlamoqda. Bu davrga kelib bir vaqtning o’zida ham lokal, ham global tarmoqlar uchun mo’ljallangan texnologiyalar paydo bo’la boshladi. Yangi avlod texnologiyalaridan hisoblangan ATM texnologiyasi yordamida lokal va global tarmoqlarni birlashtirib, mavjud trafikni samarali uzatishni ta’minlab beruvchi yagona trasport tarmog’i qurish mumkin bo’ldi. Boshqa bir misol sifatida, avvalda lokal tarmoq texnologiyasi xisoblangan Ethernet texnologiyasining 10G – 10 Gbit/s tezlikda ishlaydigan standarti yordamida esa, global va katta lokal tarmoqlarning magistrallarini hosil qilish uchun ishlayotganini keltirish mumkin. 15 Lokal va global tarmoqlarninig yaqinlashuvini ko’rsatuvchi belgilaridan yana biri, bu lokal va global tarmoqlar orasidan joy olishi mumkin bo’lgan, shahar tarmoqlari – MAN-larning paydo bo’lishidir. Bu tarmoqlarda ko’p xollarda 155 Mbit/s va undan yuqori tezlikka ega bo’lgan optik tolali raqamli aloqachiziqlaridan foydalanildi. Bu aloqa chiziqlari shahar xududidagi lokal tarmoqlarni o’zaro ulashni, hamda global tarmoqlarga ulanishni nisbatan kam xarajatlar bilan ta’minlab bera oladi. Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko„rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan ko„p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo„lishi yoki er yuzi bo„ylab yoyilgan bo„lishi mumkin. Global kompyuter tarmog„ining keng tarqalgan umumiy tuzilish chizmasi 3-rasmda keltirilgan ko„rinishga ega. Bunda: S (switch) - kommutatorlar, K - kompyuterlar, R (router) - marshrutizatorlar, MUX (multiplexor) - multipleksor, UNI (User-Network Interface) – foydalanuvchi-tarmoq interfeysi va NNI (Network-Network Interface) – tarmoq-tarmoq interfeysi, PBX - ofis ATSi va kichkina qora rangli to„rtburchakchalar esa DCE qurilmalari, ya‟ni modemlardir. Bunday tarmoq alohida ajratilgan aloqa kanallari asosida quriladi. Aloqa kanallari kommutatorlar – S, yordamida birlashtiriladi. Bu kommutatorlar paketlarni kommutatsiyalash markazlari (PKM) deb ham ataladi, ya‟ni ular aynan paketlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradilar. 3-rasmda keltirilgan global kompyuter tarmog„i kompyuter trafigi uchun qulay hisoblangan, paketlarni kommutatsiyalash rejimida ishlaydi. Lokal kompyuter tarmoqlarini korporativ tarmoqqa birlashtirish uchun bu rejimning afzalligini vaqt birligida uzatilyotgan ma‟lumotlarning hajmi, hamda bunda tarmoqda ko„rsatilayotgan xizmatlar narxining 2-3 marta arzon ekanligi ham isbotlaydi. Ko„p joylarda yuqoridagi rasmda keltirilgan ko„rinishdagi tarmoqlarni qurish imkoniyatlari mavjud bo„lavermaydi. Shuning uchun lokal tarmoqlarni o„zaro bog„lash uchun o„sha joyda bor bo„lgan aloqa kanallaridan ham 69 foydalanishga to„g„ri keladi. Qanday aloqa kanallaridan foydalanilishiga qarab, global tarmoqlarning quyidagi xillarini ko„rsatish mumkin: 1.Alohida ajratilgan kanallardan foydalanuvchi global tarmoqlar. 2.Kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar. 3.Paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
(3.-rasm) Global tarmoq strukturasining namunasi
1-jadvalda paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global kompyuter tarmoqlarining ko’rsatgichlari keltirilgan.
Tarmoqning turi
|
Uzatish tezligi
|
Trafik
|
Izoh
|
X.25
|
1,2-64 Kbit/s
|
Terminalli
|
Juda ko‟p turli xildagi protokollarga ega, past sifatli kanallarda yaxshi ishlayd
|
Frame Relay
|
64-Kbit/s dan 2 Mbit/s gacha
|
Kompyuterli
|
Trafikdagi pulsatsiyalarni yaxshi uzata oladi, asosan doimiy virtual kanallarni hosil qilishda ishlatiladi
|
SMDS
|
1,544-45 Mbit/s
|
Kompyuterli, grafika, ovoz,video
|
Qiyoslaganda yangi tarmoq, Amerikaning katta shaharlarida tarqalgan
|
|
|
|
keyinchalik uning o’rniga ATM tarmog’i ishlatila boshlagan
|
ATM
|
1,544-155 Mbit/s
|
Kompyuterli, grafika, ovoz,video
|
Yangi tarmoq, 1996 yildan boshlab tijorat maqsadida qo’llanila boshlagan, asosan kompyuter trafigini uzatish uchun foydalaniladi
|
TCP/IP
|
1-2 Kbit/s
|
Terminalli, kompyuterli
|
Internet tarmog’i
|
|
|
|
|
Ushbu jadvalda keltirilgan X.25, Frame Relay va SMDS global kompyuter tarmoqlari texnologiyalaridan, kompyuter tarmoqlari rivojlanish bosqichlarining ma‟lum bir davrlarida samarali foydalanilgan. Hozirda esa, tarmoqlar orqali barcha xildagi trafikni uzatib bera olish imkoniyatiga ega bo„lgan ATM (Asynchronous Transfer Mode – uzatishning asinxron rejimi) va TCP/IP texnologiyalaridan foydalanilmoqda. ATM va undan avval ishlab chiqilgan X25 va Frame Relay texnologiyalarining tuzilishlari, 3- rasmda keltirilgan tuzilishga ega bo„lib, ular ma‟lum bir xudud chegarasida joylashgan kompyuterlar va lokal kompyuter tarmoqlarini o„zaro birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar ulargagina xos bo„lgan – adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish birliklariga ega bo„lgan. TCP/IP tarmoqlaridan boshlab IP-adreslash tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish birligi sifatida Ethernet texnologiyasi kadrlaridan foydalanuvchi tarmoqlar qo„llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma‟lumotlarni uzatish tezliklari, ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan variantlariga tegishlidir. ATM texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma‟lumotlarni uzatish tezligi 2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar yordamida qurilgan, hozirda keng qo„llanilayotgan - IP texnologiyasi asosida ishlayotgan global tarmoqlarda ma‟lumotlarni uzatish tezliklarini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo„lmoqda. Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo„linadi: 1.Magistral tarmoqlar. 2.Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish tarmoqlari. 71 Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta bo„limlariga tegishli bo„lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini ta‟minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda, ko„p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o„tkazish qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi
4-rasm. Korxona global tarmog’ining tuzilishi
Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi. Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz tomonidan bunday 72 vositalar sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server) ta’minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo„ladi. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoqning, ya’ni Internet-ning arxitekturasi 5-rasmda keltirilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi.
5-rasm. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi – ya’ni Internet tarmog’i.
|
| |