|
Yulduz topologiya tarmoqlarini afzalligi
|
bet | 7/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #240526 |
Bog'liq Abdullo mi-302 kurs ishi yangisi (1)Yulduz topologiya tarmoqlarini afzalligi
Yangi kompyuterni ulash oson;
Мarkazlashgan boshqaruv imkoniyati mavjud;
Тarmoq alohida shaxsiy kompyuterlarning ishdan chiqishiga va alohida shaxsiy kompyuterlarning uzilishiga chidaml
yulduz topologiya tarmoqlarini kamchiligi
Habning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir oʻtkazadi;
Koʻp kabel sarflanadi yulduz topologiya
Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoqda har bir ish stansiyasi simi (burma juftlik) orqali markaziy konsentratorga yoki habga ulanadi. Hab shaxsiy kompyuterning parallel ulanishini ta’minlaydi va buning natijasida tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilishlari mumkin.
Uzatuvchi tarmoq stansiyasidan ma’lumotlar hab vositasida mavjud aloqa liniyalari orqali barcha shaxsiy kompyuterlarga uzatiladi. Ma’lumotlar barcha ish stansiyalariga tarqatiladi, biroq u faqat moʻljallangan stansiyalar tomonidangina qabul qilinadi. Fizik yulduz topologiyasida signalizatsiya uzatilinishi, ya’ni shaxsiy kompyuter signallari bir vaqtning oʻzida barcha yoʻnalishlarda tarqalgani bois, bu lokal tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy shina hisoblanadi.
Ushbu topologiya 10Base-T Ethernet arxitekturasiga ega mahalliy tarmoqlarda qoʻllaniladi.
Yulduz topologiya tarmoqlarini afzalligi
Yangi kompyuterni ulash oson;
Мarkazlashgan boshqaruv imkoniyati mavjud;
Тarmoq alohida shaxsiy kompyuterlarning ishdan chiqishiga va alohida shaxsiy kompyuterlarning uzilishiga chidaml
Yulduz topologiya tarmoqlarini kamchiligi
Habning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir oʻtkazadi;
Koʻp kabel sarflanadi
Halqa topologiya „Halqa“ topologiyasiga ega boʻlgan tarmoqda barcha tugunlar aloqa kanallari orqali ma’lumotlar uzatiladigan ajralmas halqa(zanjir)ga ulanadi. Bir shaxsiy kompyuterning chiqishi boshqa shaxsiy kompyuterning kirishiga ulanadi. Bir nuqtadan boshlangan ma’lumotlar harakati oxir-oqibat uning boshiga tutashadi. Halqadagi ma’lumotlar har doim bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. Halqa topologiya Qabul qiluvchi ish stansiyasi faqat unga yuborilgan xabarni taniydi va qabul qiladi. Fizik halqa topologiyali tarmoqda tokenga kirish qoʻllaniladi, bu esa stansiyaga halqadan ma’lum tartibda foydalanish huquqini beradi. Ushbu tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy halqadir. Uni yaratish va sozlash juda oson.Halqa topologiyasi tarmoqlarining asosiy kamchiligi shundaki, aloqa liniyasining bir joyda shikastlanishi yoki shaxsiy kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlamay qolishiga olib keladi.
Qoidaga koʻra, „halqa“ topologiyasi ishonchsizligi sababli u sof shaklda qoʻllanilmaydi, shu sababli amalda halqa topologiyasining turli xil modifikatsiyalari qoʻllaniladi.
|
| |