|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 2/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #240526 |
Bog'liq Abdullo mi-302 kurs ishi yangisi (1)Kurs ishining maqsadi. Global kompyuter tarmoq texnologiyalari o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va tegishli xulosalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining oldiga qo‘ygan vazifalari quyidagilardan iborat:
Global kompyuter tarmoqlarining texnologiyalari
2.1 Global kompiyuter tarmoqlarining yaratilishi va unga krish
Global kompyuter tarmoqlari Internetning rivojlanishi va texnologiyaning rivojlanishi bilan paydo bo‘ldi. U birinchi marta AQSHda 1969 yilda ARPANET deb nomlangan loyiha bilan boshlangan. Ushbu loyiha turli xil kompyuterlarning bir-biri bilan aloqa qilishiga imkon beradigan tarmoq yaratishni maqsad qilgan.
Keyinchalik, TSP/IP protokoli ishlab chiqildi va ushbu protokol tufayli turli xil kompyuterlar o‘rtasida maʼlumotlarni uzatish yana-da samaraliroq bo‘lishi mumkin edi. Bu internetni kengaytirish va global tarmoqlarni yaratish imkonini berdi.
Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab milliardlab qurilmalar bir-biriga ulangan murakkab va keng global kompyuter tarmoqlari mavjud. Ushbu sohalar maʼlumotlar uzatish, aloqa va elektron tijorat kabi ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi va odamlar hayotini osonlashtiradi.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp’yuter tarmog‘i keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp’yuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy komp’yuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada joylashgan biror kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy komp’yuter tarmoqlari tashkil etadi. Komp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud: – halqasimon; – shinali; – yulduzsimon.
|
| |