|
Talim-tarbiya ishlari gigiyenasi
|
bet | 2/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 51,06 Kb. | | #241589 |
Bog'liq TALIMJismoniy tarbiya darsi. Jismoniy tarbiya darsi 4 m 2 b o‘lgan, maxsus xonada
o‘tkazilishi kerak. Bu xonada havo harorati sinf xonalariga qaraganda 1-1,5°C
pastroq bo’lishi kerak.Bu darslarda ishlatiladigan asbob-uskunalar bolalarning
bo’yi va jismoniy rivojlanishi darajasiga to'g'ri kelishi lozim.Jismoniy tarbiya darslarida bolaning yoshi, jinsi va salomatiigining holati e'tiborga olinishi kerak.Salomatligi yaxshi boMmagan nimjon o‘quvchilarga kamroq nagruzka berilishi lozim.
Jismoniy tarbiya darslarini imkom boricha ochiq havoda oikazilishi talab etiladi.
Uyda bajariladigan o‘quv mashg'ulotlari reglamenti
1 sinf o‘quvchilari uchun 30 minutdan 1 soatgacha, 2 -sinf o'quvchilari 1,5 soat,
III, IV sinf o‘quvchilari esa 1,5-2 soatgacha vaqt sarflaydigan qilib tuziladi.
Topshiriqlar haddan tashqari ogir bo‘lmasligi kerakUy vazifalarini bajarganda har 30-35 minutda 10-15 minut tanaffus qilinishi lozim. o‘quvchi darslarni
tayyorlashi uchun uyda bir burchakni yoki alohida darsxona ajratib berish kerak.
o‘quvchi dars tayyorlaganda yorug‘lik chap tamondan tushishi kerak.
Yosh avlodni jismonan baquvvat va odob-axloqli qilib tarbiyalashda politexnik ta’lim muhim ahamiyatga ega. Maktablarda barcha sinflarda mehnat darslari o‘tilishi kerak.Mehnat ta’limi bolalar va o‘smirlar organizmining yoshga xos xususiyatlari, gigiyena talablari asosida tashkil etilganda, bolalar sog'lig'ini mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi, ulami ongli, intizomli qilib tarbiyalashga imkon beradi.Ilmiy bo'lim mudiri mehnat o'qituvchilari bilan birgalikda mehnat darslarini hafta o‘rtasiga qo‘yishi kerak. Mehnat darslarida o'quvchi tana holatini tez-tez o‘zgartirib turishi
kerak.
Maktablarda va maktab internatlarda o'quvchilar foydali jamoat va o'z-o'ziga
xizmat qilish ishlariga jalb etiladi. Mehnat darsi o'quvchilarning yoshiga va sog'li-g'iga mos, xavfsiz bo'lishi, vaqtida ishlabvaqtida dam olish, ish vaqtini belgilashi
kerak.
Ijtimoiy foydali ishlarga sog'lom bolalar jalb etiladi. Revmatizm, yurak porogi, qandli diabeti bor bolalar bunday ishlardan, mehnat darslaridan ozod qilinadi. O'quvchilarni uning hayoti uchun xavfli bo'lgan ishlarga jalb etish mumkin emas. I-IV sinf o'quvchilari pol yuvmasligi, og'ir narsalarni ko'tarmasligi
kerak. Ijtimoiy foydali mehnat darslari 2 soatdan ortmasligi kerak.
Ish vaqtida o'quvchilar xalat, fartuk yoki korjomi kiyim kiyib olishlari kerak.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnat darslari maxsus jihozlangan xonada
o'tiladi. Bu yerda har bir o'quvchining o'z ish stoli bo'lishi kerak.
Slesarlik asboblari (katta chizg'ich, ruletka, qaychi, pichoq, teshgich, payvandlash va boshqalar maxsus shkafda saqlanishi kerak). Sanitar burchagida 70 sm
balandlikda qo'l yuvadigan umivalnik, sovun, sochiq turishi kerak. Aptechkada yod, paxta, bint, rezina, borat kislotasining 2 %li eritmasi, margansovka eritmasi
va boshqalar bo'lishi shart. O'quvchilarning o'tkir kesuvchi asboblar bilan ishlashi tavsiya etilmaydi. Baxtsiz
hodisa yuz berganda birinchi yordam berishni tushuntirish lozim.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq qaysi millatga mansub bo‘lmasin, iljayganga o‘xshab turadi. 2-3 oylik bolalar esa kimni ko‘rmasin jilmayadi. Bu kulimsirashlar o‘ziga xos himoya reaksiyasi bo‘lib, itoat qilish, tajovuzsizlikni ifodalaydi. Chaqaloq tug‘ilganidan keyin yuzaga chiqaradigan birinchi tovushi qichqirishdir. Hayotining birinchi haftalari chaqaloq davomli yig‘layveradi. Vaqt o‘tishi bilan uning jilmayishlari ko‘payadi. Bunga turli ta’sirotlar sabab bo‘ladi. Bola taxminan 2,5 oylik bo‘lganida “ijtimoiy” jilmayish - boshqa odam nigohiga qaratilgan jilmayish paydo bo‘ladi. Shu paytdan boshlab bola ijtimoiy muloqot talab qiladi.
Evolyutsiya nuqtayi nazaridan kulimsirash va qichqirishlarning hayotni saqlab qolish uchun ahamiyati tushunarli. Yig‘lash – birinchi va eng muhim hissiy signal. Uning yordamida bola ustida qayg‘uruvchilarga o‘zining qaysidir ehtiyoji qondirilmagani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Sotsial kulimsirash bolaga qaraydiganlarning e’tiborini unga tortadi, mehr qo‘yishga sabab bo‘ladi. Bolaga e’tibor berish erkalashning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Bolalar ilk bor birovlar nigohini ko‘rib, kulimsiraganlarida bir shaxsni ikkinchi shaxsdan ajrata olmaydilar. Faqat 5-6 oylik bo‘lganlarida tanishlarni dadil aniqlaydilar. Deyarli shu vaqtda hissiyotning hamma bolalar uchun xos (universal) boshqa shakli – notanishlar unga yaqinlashganda, qo‘rqish va onasini ko‘rmaganda bezovtalanish paydo bo‘ladi. Hissiyotning bu ikki shakli bola ikki yoshga to‘lganida yo‘qoladi. Hissiyotlarning hamma emizikli bolalarda bir xilda shakllanishi bu jarayon psixologik omillardan ko‘ra ko‘proq biologik omillarga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Markaziy nerv tizimidagi tolalarning miyelin bilan qoplanishi shu omillardan biri bo‘lishi mumkin. 6 oydan 15 oygacha bo‘lgan davrda bosh miyadagi tolalar, shu jumladan gippokampni gipotalamus bilan, ularni talamus orqali yarimsharlar po‘stlog‘i bilan bog‘laydigan tolalar tez miyelinlashadi. Miyelin bilan qoplanish bu miyaning yеtilishi, miyelinli tola bo‘ylab impulslar o‘tishini yеngillashtiradi.
Onasidan ajratilganda norozi bo‘lish bola “obyekt doimiy”ligini anglaganda yo‘qoladi. Endi shaxs va narsalar bola ularni ko‘rmaganida, eshitmaganida, qo‘li bilan ushlab ko‘ra olmaganida ham saqlanib qolishini bola tushunadi. Bolaning intellekti rivojlanishidagi bu juda muhim bosqich 2 yoshga to‘g‘ri keladi.
Bolalar faol ma’lumot qidiradilar, duch kelgan har qanday narsaning ahamiyatini bilishga intiladilar, yangi narsa va hodisalarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini aniqlashni xohlaydilar.
Qo‘rqish bolalarda juda erta rivojlanadigan hissiyotdir. Qattiq tovush, tayanchni yo‘qotish ularda cho‘chish reaksiyasini yuzaga chiqaradi. Bu hali ixtisoslashmagan umumiy reaksiya. Ularning ixtisoslashishi (masalan, balandlikdan qo‘rqish) bola emaklab, yurib, tajriba orttirishiga bog‘liq. Undan tashqari, qo‘rqish hissi shakllanishida “ijtimoiy ko‘nikmalarni” o‘rganishning o‘ziga xos shaklining ahamiyati katta. Tanish shaxslarni boshqalardan ajrata oladigan darajagacha o‘sgan bola, notanish hodisa bilan to‘qnashganida, onasining yuziga qaraydi, uning ovozi va imo-ishorasini kuzatadi. Ona bu hodisaga qanday munosabatda: xotirjammi yoki bezovtalanayaptimi. Bola o‘z hissiy javobini onasinikiga hamohanglashtiradi va shu yo‘l bilan hodisalar ahamiyatini baholashni o‘rganadi. Ilk bor bahaybat it bilan to‘qnashganida, onasi nigohida qo‘rqishni ko‘rganda bola ham cho‘chiydi va it qo‘rqish kerak bo‘lgan obyektligini bilib oladi.
Ba’zi bir hissiyotlarning shakllanishi batamom ijtimoiy ta’limga bog‘liq. Bulardan uyalish, hasadgo‘ylik, aybni sezish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bunday hissiyotlar murakkab hissiyotlar deyiladi. Ularni turli millat vakillarida namoyon bo‘lishida farq kuzatiladi. Masalan, Taitida qayg‘uni namoyish qilish odobdan emas. Taitiliklar tilida bu hisni bildiradigan so‘z ham yo‘q. Shuning uchun yaqin odami o‘lib, biz qayg‘u deb biladigan hissiyotni boshidan kechirayotgan taitilik, o‘z holatini xastalik, deb tushunadi.
Inson hissiyotlarining rivojlanishi – keng va tekis yo‘l emas. Ularning shakllanishida “fikrlovchi” – po‘stloq va “sezuvchi” – limbik tizimlar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy o‘qitish jarayoni o‘quvchiga axborot berishning yangi shakl va usullarini qo‘llamoqda, ya’ni bilim berishning samaradorligini oshirishiga karatilgan texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada o‘quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha aktivlashtirishga erishildi.
O‘quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o‘rganish, toliqishning oldini olish yo‘llarini izlab topish pedagogika fani va maktab o‘qituvchilari oldida to‘rgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to‘qima va organlaridagi hayotiy jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Odam tug’ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatining takomillashuvi, ya’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar o‘rganishi miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining funksional holatiga bog‘liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga ko‘ra susayishi mumkin. Birinchidan, miya to‘qimasidagi tug’ma kamchiliklar, tug‘ilgandan keyin har-xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigiyenik talablariga rioya qilmaslik natijasida miyaning zo‘riqishidan nevroz, ya’ni asab kasalliklari paydo bo‘lishi.
Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor harakatlardan iborat bo‘ladi. Instinktning asosini va uning birinchi bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik jinsiy qo‘zg‘alish, qurqish) ma’lum intilishni (motivatsion) shakllaydi va unga erishish uchun organizm bir qator stereotip (doim bir xil bo‘lgan) xatti-harakatlarni bajaradi1.
Aqliy mehnat (o‘qish, yozish, fikrlash, masala echish, dars tinglash va tayyorlash va hokazolar) asosan ko‘rish, eshitish, organlari va ularning bosh miya po’stlog‘idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan ishidir.
Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor kamayadi, o‘zlashtirish pasayadi, bo‘shashadi, mudraydi. Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga o‘tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko‘rsatadi. Charchash bu tashqi muhit bilan miya po‘slog‘idagi nerv hujayralari o‘rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning ishchanlik qobiliyati pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon bo‘lib, tormozlanishning oxirgi pog‘onasi hisoblanadi. Tormozlanish dastlab bosh miya po‘stloq qismiga, so‘ngra nerv tizimining tuban qismlariga tarqalib, organizmni bo‘shashtiradi.
Darsda charchashning birinchi bosqichi aktiv tormozlanishning bo‘shashi bilan bog‘liq. Bu harakatlar o‘zgacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘zlari aktiv o‘quv yo‘ldan to‘xtagan bo‘ladilar - sinfda ozgina shovqin-suron ko‘tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi qo‘zg‘alish protsesslarining bo‘shashi, bilan birga davom etadi. Tormozlanish protsesslari qo‘zg‘alish protsessidan ustun turadi.
I.P.Pavlov charchashda tormozlanish protsessining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan: "Charchash tormozlanish protsessining avtomatik ichki qo‘zg‘ovchilardan biridir" - deb yozgan edi.
Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular shunchalik o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning salomatligiga ham ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zahira ma’lumotlarini to’plashlariga yordam berish ularning butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar ham keltirishi mumkin. Masalan: agar Anna va Damiana iqtisodiy qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni kam muomala qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yyetkazadi. Bu o’z navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi.
Niderlandiyada maktabni tashlab ketish va darslarga muntazam qatnashmaslik haqida qonun qabul qilingan. Bu qonunga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan barcha o’quvchilar ta’lim dasturiga doimiy qatnashishlari majburiy qilib belgilangan. Agar bir o’quvchi o’quv yilining 4 haftalik muddatida muntazam ravishda 16 soat dars qoldirsa, maktab ma’muriyati Davomatlar bo’yicha ish ko’ruvchi qo’mitaga xabar berishadi. Salomatlik muammolari sababli dars qoldirish kechiriladi va bu qonunga kiritilmaydi. Niderlandiyada so’nggi bir necha yildan beri sog’liq muammolari bilan bog’liq dars qoldirishlar soni ko’paymoqda. Buning sabablari aniq emas. Dars qoldirish bilan bog’liq bo’lgan sog’liqqa jiddiy e’tibor berish maqsadida M@ZL rejasi rivojlantirildi. Bu reja turli nuqtai nazarlardan maktabni erta tashlab ketishga yaqin keladi. Reja davomat o’rniga, darsni qoldirish sabablarini aniqlashni va ko’p dars qoldiradigan talabalarga yordam berishni maqsad qiladi2.
Ortiqcha yuklama yoki charchaganliklari ko‘rinib to‘rgan bir vaziyatda mashg‘ulotni davom ettirish shunday holni keltirib chiqaradiki, uni I.P.Pavlov chegaradan “tashqi yoki himoyalash tormozlanishi" deb atagan edi, bu tormozlanish po‘stloqning nerv hujayralarini zo‘riqib ketishdan himoya qiladi. Po‘stloq hujayralarining tez zo‘riqib ketib tormozlangan holatga o‘tishi ayni bir sharoitda bosh miya quyi bo‘limlari hujayralarining chidamliligiga keskin suratda zid keladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun charchashning eng dastlabki bosqichlari xosdir. Yuqori sinf o‘quvchilari esa charchash vaqtida ham ishlash qobiliyatlarini yo‘qotmaydilar. Biroq ko‘p ishlash natijasida ish qobiliyati pasayadi.
Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘quvchi hulqida va holatida aqliy charchash alomotlarini sezsalar, ko‘pincha e’tibor bermaydilar, chunki bu o‘zgarishlar vaqtinchalik bo‘lib, tez o‘tib ketadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo‘lib, astenik sindrom deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv tizimi faoliyati bo‘zilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo bo‘lishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o‘ta ta’sirchanlik, o‘zini to‘ta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo bo‘ladi, Bolalar aktiv bo‘lishadi, ammo ularning faoliyatida tartib bo‘lmaydi. Ular tinimsiz bo‘lib, biror ishni oxirigacha diqqat - e’tibor bilan bajara olmaydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko‘p tush ko‘rishadi.
Agar o‘z vaqtida chora ko’rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa, kuchayib, ikkinchi bosqichga o‘tib ketadi. Bunda o‘ta ta’sirchanlik va jizzakilik toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jahildorlik, yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda o‘quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan grammatik xatolarni ko‘proq qiladi, ba’zan so‘zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi, yangi materialni qiyin o‘zlashtiradi, lanjlik va bosh og‘rish o‘quvchi ish faoliyatini susaytiradi. O‘quvchida surunkali toliqishning oldini olishda ishlash va dam olish rejimiga aniq rioya qilish lozim. Toliqishning eng asosiy belgisi aqliy mehnat natijasining kamayishidir.
Ish faoliyatining odatdagi susayishini aqliy toliqishdan farq qilish lozim. Aqliy toliqish orta borgan sari bolaning bajarayotgan ishida unum bo‘lmaydi.
Aqliy va jismoniy toliqish o‘zaro aloqadordir. Buni birinchi marta Italiya olimi Mosso aniqlagan. Haddan tashqari aqliy toliqish bajarilayotgan jismoniy ishning samaradorligini kamaytiradi yoki aksincha, jismoniy toliqish aqliy mehnatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susayishini. xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning bo‘zilishini ham kiritib o‘tish lozim.
Ba’zi adabiyotlarga asoslanib, aqliy ishchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlarini kun davomida o‘rganib chiqib alohida davrlarga ajratish mumkin, bu o‘z navbatida o‘qish va mehnat qilish bo‘yicha ratsional kun tartibi tuzishda eng ob’ektiv mezon hisoblanadi. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:
Ishga kirishish davri. Darsda bir necha minut davom etib, o‘quvchi ish sharoitiga moslasha boradi.
Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan davridir. Bunda diqqat dominantasi vujudga keladi.
3. To‘liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning dastlabki belgilari paydo bo‘la boshlaydi, ammo ularni odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish faoliyatining pasayishi bilan harakterlanadi, ammo odam iroda kuchi bilan ma’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin.
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning tez ortib borishi bilan harakterlanadi, bunda bajarilayotgan aqliy mehnatning maxsuli va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlarni dars davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida ko‘zatish mumkin. Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi?
Aqliy mehnatning yuqori mahsuldorlini ta’minlovchi sharoitlar quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish;
- ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
- mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, bir ish to‘rini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish.
- muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish.
Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini ta’minlash, charchashni oldini olish choralari quyiidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1."O‘qituvchi yangi materialni o‘quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo‘lgan vaqtida tushuntirish;
2.Darsning birinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo‘llab, o‘quvchi, diqqatini o‘zoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuksak natijaga erishiladi.
3.Dars berish usulini o‘zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;
4.Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5.O‘quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o‘quv texnika vositalarini keng qo‘llash, ammo o‘quv texnika vositalaridan, televizordan, programmalashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafil’mlardan foydalanishning o‘zi asosiy gigiyena koidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
6.Dars materialini tushuntirishda ko‘rgazma quro’llardan (rasmlar namoyshi qilish, tajribalar ko‘rsatish) didaktiv o‘quv vositalardan maksimal foydalanish.
Dars oralig‘ida fizkulminutlar o‘tkazish. O‘qituvchining pedogogik mahorati, uning yangi materialni tushuntirish paytidagi ko‘tarinki kayfiyati, o‘qituvchining har-xil ohangda so‘zlashish. O‘qituvchi bir-xil ohangda so‘zlagan nutqi o‘quvchini zeriktirib, mudratib qo‘yadi, bunday payda o‘quvchi tomonidan dars materialini o‘zlashtirish qiyinlashadi, bosh miya yarim shartlari po‘stlog‘ida tarqoq tormozlanish jarayoni paydo bo‘lib, uyqu bosadi.
Gigiyenistlar o‘quvchilarning darsda toliqish sabablarini o‘rganib chiqib, qiziqarli ma’lumotlarni keltirdilar. Ular aniqlashicha, yuqori sinf o‘quvchilarining charchashiga asosiy sabab ko‘pincha ularning darsga qiziqmasliklari, o‘qishning og‘irligi, mashg‘ulot bajarishga layoqatsizlik, darsni zerikarli o‘tilishi, dars materialini tushunmaslik, mikromuhitning salbiy ta’siridir. Agarda charchash holati o‘z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa u o‘ta charchash holatiga o‘tadi. Bu organizm uchun kasallikdir.
O‘ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o‘zlashtirishlari pasayib ketadi. Maktab o‘quvchilarida o‘ga charchash, asosan o‘quv va o‘qishdan tashqari ishlarning me’yoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, ochik havoda yto’g’rili sayr qilmaslik, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
Sog’liq o’nta namunali indeksda bolalar va o’smirlar o’zlari sog’liqlari haqida qanday o’ylashlari asosida o’lchangan (Erhart et al. 2009; Ravens-Sieberer et al. 2010). Bu besh ballik tizimda o’nta savol berib ko’rib o’lchangan: "O’tgan hafta haqida o’ylash o’zingizni yaxshi va sog’lom xis qildingizmi? O’zingizni energiyaga to’la deb xis qildingizmi? Hafa bo’ldingizmi? O’zingizni yolg’iz xis qildingizmi? O’zingizga yyto’g’rili vaqt topdingizmi? Bo’sh vaqtingizda o’zingiz hohlagan ish bilan shug’ullanishga imkoniyatingiz bo’ldimi? Ota- onangiz sizga oqilona munosabatda bo’ldimi? O’rtoqlaringiz bilan vaqtingizni choq o’tkazdingizmi? Maktabda yaxshi baho oldingizmi? Diqqat qila oldingizmi?" (0 = hech qachon, 1 = ba’zan, 2 = tez tez, 3 = juda tez, 4 = har doim ).
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim olishi uchun mablag’ sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sog’liqni asrashda yaxshi omil hisoblanadi3.
O‘ta charchash natijasida nerv tizimida qo‘zg‘alish va tormozlanishning kelishib ishlash xususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi.
Nevroz yoki asab kasalligi quyidagi kamchiliklar tufayli vujudga keladi:
O‘ta charchash;
Aqliy mehnatning zo‘riqishi;
O‘quv yuklamasining ortib ketishi;
Turli yuqumli kasalliklardan so‘ng;
Vitamin etishmasligidan;
Oiladagi notinch hayot;
O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilikdan.
Nevrozga chalingan bolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo‘ladi;
Hayolparastlik;
O‘jarlik, qaysarlik;
Qo‘rquv;
Bu holatdagi bolalarda ishtaha yo‘qoladi, tez-tez shamollaydi, boshi og‘riydi, boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda, yig‘loqi, kamgap, besaramjon, injiq, serharxasha, uyqulari notinch, uyquda alahlaydigan ko‘p tush ko‘radigan bo‘ladilar.
Bu negativ holatlarni yo‘qotish uchun ota-onalar, vrachlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o‘quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o‘quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, aktiv dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofein, kofe ichmasliklari kerak. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim olishi uchun mablag sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sog’liqni asrashda yaxshi omil hisoblanadi4.
Ta’lim tarbiya ishlari gigiyenasi asosida о‘quvchilarning aqliy ishchanlik imkoniyatlarini о‘rganish asosida normadagi о‘quv yuklamalar miqdorini aniqlash lozim. Bunda: har-xil sinflarning dars jadvali, normani aks ettiruvchi ma’lumotlar.
Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta - sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor kamayadi, о‘zlashtirish pasayadi, mudraydi. Bu nerv markazlaridagi hujayralari qо‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga о‘tganligini, ya’ni ular charchaganligini kо‘rsatadi. Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susayishini, xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning buzilishi ham kiradi.
Dars vaqtida aqliy mehnatda charchashni oldini olish choralari:
1. О‘qituvchi yangi materialni о‘quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bо‘lgan vaqtida tushuntirish;
2.Darsning ikkinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qо‘llab, о‘quvchi diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirish;
3.Dars berish usulini о‘zgartirib turish;
4.Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5.О‘quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda о‘quv texnika vositalarini keng qо‘llash;
6.Dars materialini tushuntirishda didaktiv о‘quv vositalardan;
7.Dars oralig‘ida fizkulminutlar о‘tkazish;
8.Yuqori pedogogik mahoratda darsni tashkil etish, kо‘tarinki kayfiyatda tushuntirish va har-xil ohangda sо‘zlash.
Yuqori sinf о‘quvchilarining charchashiga asosiy sabab kо‘pincha ularning darsga qiziqmasliklari, о‘qishning og‘irligi, mashg‘ulot bajarishga layoqatsizlik, darsni zerikarli о‘tilishi, dars materialini tushunmaslik, mikromuhitning salbiy ta’siridir. Agarda charchash holati о‘z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa u о‘ta charchash holatiga о‘tadi. О‘ta charchagan bolalar darsni о‘zlashtirishi pasayib ketadi. О‘ta charchash, asosan о‘quv va о‘qishdan tashqari ishlarning meyoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, ochiq havoda to’g’ri sayr qilmaslik, ovqatlanishni tо‘g‘ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va gimnaziyalarda aqliy yuklama umumiy ta’lim maktablardagidan ortiq bо‘lib, ba’zan kuniga 10-12 soatgacha yetadi, о‘quvchi salomatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bolaning jismoniy va ruhiy salomatligiga maktabgacha va maktab yoshida asos solinadi, shu sababli ularni gigiyenik jihatdan tо‘g‘ri о‘qitish uchun aqliy mehnat gigiyenasining ilmiy asoslariga tayanish kerak.
Dars jadvali о‘quv jarayonining muhim qismlaridan hisoblanadi. Dars jadvalini tо‘g‘ri tuzish о‘quvchilarning aqliy charchashini oldini oladi. Dars jadvali bir necha gigiyenik talablarga javob berishi lozim. Bular:
- yoshga mos holda dars soatlarini qо‘yish:
- kо‘p aqliy mehnat talab etadigan predmetlardan sо‘ng jismoniy mehnat talab etadigan predmetlarni qо‘yish;
- dushanba kuni kо‘p aqliy mehnat talab etadigan predmetlarni kam quyish;
- shanba kuni kо‘p aqliy mehnat talab etadigan predmetlarni qо‘ymaslik.
|
| |