• Bo‘sh prezentatsiya hosil qilish
  • Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish




    Download 1,93 Mb.
    bet23/80
    Sana12.12.2023
    Hajmi1,93 Mb.
    #117182
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
    Bog'liq
    Axborot texnologiya

    Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish.
    Odatda Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Пуск» tugmasi bosiladi, menyuning «Программы» bandidan Microsoft Power Point nomli qismi ishga tushiriladi.
    Microsoft Power Point ishga tushganda quyidagi oynani ko‘ramiz.



    «Strelka» orqali ko‘rsatilgan oynachada Power Point prezentatsiya yaratishning to‘rt xil variantidan birini tanlashni taklif etayapti:


    1. Power Point Masteri orqali prezentatsiya hosil qilish; (Bu variant tanlanganda so‘rovlar orqali qanday prezentatsiya hosil qilinishi kerakligi master orqali aniqlanib, shu talablarga javob beradigan prezentatsiya hosil qilinadi.)
    2. Biror shablon ko‘rinishidagi prezentatsiya hosil qilish; (Bu variantda esa, tayyor prezentatsiyalar shablonidan birortasi tanlanishi talab qilinadi. Tanlangan shablon ko‘rinishida perezentatsiya hosil qilib, foydalanuvchiga havola etiladi. Shablonlarning ham bir nechta turi bor, ular: «Общие», «Web-страницы», «Презентации», «Дизайны», «Презентаций». Masalan Web-sahifa hosil qilmoqchi bo‘lsak, «Web-страницы» bandidagi biror shablonni tanlaymiz va hokazo).
    3. Bo‘sh prezentatsiya hosil qilish; (1 ta slayddan iborat prezentatsiya hosil qilib beradi).
    4. Oldin hosil qilingan prezentatsiyani ochish. (Oldin yaratilgan prezentatsiyalar ro‘yxatidan keraklisini ochish imkonini beradi.)


    Bo‘sh prezentatsiya hosil qilish
    Yuqoridagi tartibda bo‘sh prezentatsiya hosil qilish uchun «Пустую презентацию» bandi tanlanib, OK tugmasi bosilsa, Power Point bo‘sh prezentatsiya hosil qilib, uning birinchi slaydining ko‘rinishini taklif etadi.



    «Выберите авторазметку» bandidan kerakli ko‘rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:


    - qatorli matndan iborat bo‘lgan slayd tanlanadi.
    - sarlavha, chap tomondan diagramma va o‘ng tomondan matndan iborat bo‘lgan slayd tanlanadi
    Agar biz bo‘sh slayd hosil qilmoqchi bo‘lsak, bandi tanlanib, OK tugmasi bosiladi. quyidagi oyna hosil bo‘ladi:



    Bu slaydda kerakli ko‘rinishni hosil qilish mumkin.


    Yangi slayd qo‘shish lozim bo‘lsa «Стандартный» panelidan

    «Создать слайд» tugmasi bosiladi, yuqorida aytib o‘tilgan tartibda kerakli turdagi slayd tanlanib, yangi slayd hosil qilinadi.



    Download 1,93 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




    Download 1,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish

    Download 1,93 Mb.