INTERNETda elektron pochta bilan ishlash




Download 1,93 Mb.
bet47/80
Sana12.12.2023
Hajmi1,93 Mb.
#117182
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
Axborot texnologiya

INTERNETda elektron pochta bilan ishlash.
Elektron pochta (E - Mail) - Internetning eng ko‘p tarqalagn xizmatlaridan biri. Elektron pochtani jo‘natish va ularga javob berish qulayligi tufayli, u oddiy bir guruh olimlar orasida axborot almashishdan butun dunyo bo‘yicha tarqalib ketdi.
Elektron pochtaning boshqa turdagi axborot almashinishidan ko‘p afzallik tomonlari bor. Elektron pochta orqali jo‘natilgan xat 5-10 minut ichida (muvaffakiyatli holda) dunyoning xoxlagan burchagiga yetib borishi mumkin. Bu uning oddiy pochtadan ancha tezligini ko‘rsatadi. Oddiy telefondan afzallik tomoni esa uning nisbatan juda arzonligidir.
Ko‘p hollarda rasmlar GIF - grafik tasvirlarni almashish formatida jo‘natiladi. Faqat u holda uni tarkibida avtomatik ravishda faylni siqishda dastur mavjud bo‘lgani uchun (PKZIP turidagi arxivator) u zip fayli sifatida tashkil topadi. Shuning uchun bunday faylni o‘qish uchun uni arxivdan chaqirib olish, keyin o‘qish lozim bo‘ladi.
Biror bir odamga E-mail orqali xat jo‘natish uchun uning adresini bilish zarur. Buning uchun bir necha yordamchi dasturlar bor. Bularga Finger, WHOIS, Netfind va boshqalar kiradi.
Internetning xoxlagan abonentlari to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan X.500 katalogi paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Internet Network Information Center - Internetning tarmoq axborot markazi va AT&T kompaniyasi InterNIC markaziy katalogi yaratildi. Hozirda siz bu kataloglardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun ds.internic.net serverida guest nomi bilan registratsiyadan o‘tish zarur bo‘ladi. Bunda bu servis bajaradigan ishlar bilan tanishib chiqish mumkin. InterNIC to‘g‘risida ma’lumotni info@internic.net adresiga xat yuborib, olishingiz mumkin. O‘zingizning adresingizni bu katalogga qo‘shish uchun admin@ds.internic.net adresiga xat yuborib sizning ma’lumotlaringizni katalogga qo‘shib qo‘yishni so‘rang. E-mail adreslarini aniqlashning bir necha turlari mavjud. Ularning ba’zilari bilan tanishamiz.
FINGER
Finger dastursi orqali tizim ro‘yxatida bor bo‘lgan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Bu dastur foydalanuvchining tizimdagi nomi va agar kiritilgan bo‘lsa, uning ismi sharifi va qachon oxirgi marta tizimda ishlaganligi haqida, hamda agar bu kishi shu vaqtda tizimda ishlayotgan bo‘lsa, uning qancha vaqt davomida ishlayotganligi haqida ma’lumot beradi. Albatta, bu ma’lumotlarning hammasini olish uchun siz yetarlicha huquqga ega bo‘lishingiz kerak.
Fingerni ishlatish uchun quyidagi komandani kiritish kerak:
Finger username@domian.name
Bunda username foydalanuvchining tizimdagi nomi bo‘lsa, domian.name Internetdagi serverning nomi. Yuqoridagi misolda ko‘rinib turibdiki, bu foydalanuvchi to‘g‘risida ma’lumot olish uchun siz uning tizimdagi nomini hamda tizimning nomini bilishingiz zarur.
Hozirda juda ko‘plab elektron serverlar mavjud bo‘lib, ularda xar bir mijoz uchun 1mb dan 10 mb gacha axborotni saqlash imkoni mavjud. Elektron serverlarda o‘z manzilingizga ega bo‘lishingiz uchun Internet tarmog‘i orqali elektron serverga o‘zingiz hakingizdagi ma’lumotlarni kiritishingiz lozim. O‘z login va parolingizni tasdiqdan o‘tkazib, aniq manzilga ega bo‘lasiz. Internetdagi pochta manzilgohi bir-biridan @ (ampersand) belgisi bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo‘ladi, @ gacha turgan pochta manzilgohi – bu pochta qutisini bildiradi, @ dan keyingisi esa – xost kompyuter manzilgohidir. Elektron pochta manzilgohi shakli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
Masalan: NNORALIEV@Yandex.ru
Safarov-l@mail.ru
Ushbu pochta manziliga xabar jo‘natib ko‘ring?
(xabar modul bo‘yicha savol yoki fikr muloxazalar bo‘lishi ham mumkin)
NORALIEV@Yandex.ru
Jo‘natilgan xabarga javob olishingiz ham mumkin. Natijada elektron pochtadan foydalanishni amalda sinab ko‘rasiz.
Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo‘lgan ma’lumot xisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan Word) tayyorlab, keyin elektron pochta orqali jo‘natishi maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o‘zining matn terish oynachasiga ham ega bulib, xabarni shu oynada yozish mumkin.
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko‘rinishida shakllantiriladi va u o‘zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( ______ @ ________.__ ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.
Xabarlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma’lumotlar. Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma’lumotlarning hajmi bo‘yicha ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi o‘zining siyosatiga ega bo‘lib bitta xabarning 2, 5, 10Mb hajmgacha bo‘lgan xabarlarni yuborishni ta’minlaydi. Agarda bu hajm oshib ketsa katta hajmdagi xabarlarni Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
Elektron manzil @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. Elektro manzilga misol tarikasida. tuit@tuit.uz, tuit@inbox.uz larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar “tuit” nomli ishlatuvchining http://mail.tuit.uz, http://inbox.uz pochta serverida joylashgan pochta kutisi xisoblanadi.

Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.


Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo‘natish ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz: dastlab, mail.ru Web sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo‘lgan ishchi oynaning Imya darchasida foydalanuvchi elektron manzili va Parol darchasida paroli kiritiladi va Voyti tugmachasi bosiladi. Komu darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzil, Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo‘sh oynaga yoziladi va Otpravit tugmachasi bosiladi. Agar xat to‘g‘ri jo‘natilgan bo‘lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen ma’lumoti paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo‘natishi mumkin. Buning uchun Prikrepit tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo‘natish kerak bo‘lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko‘rishi uchun Vxodyashiye buyrug‘i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o‘lchami to‘g‘risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o‘qishi uchun, Tema bandida sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi va agar zaruriyat bo‘lsa Fayl(Pechat buyrug‘i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o‘chirish uchun dastlab u belgilanadi va Udalit tugmachasi bosiladi. o‘chirilgan fayl Korzinaga borib tushadi. Korzinani tozalash Ochistit Korzina buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.
Ma’lum bir sabablarga ko‘ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo buladi. Shunda, Komu darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzillar “ ; ” (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi, masalan: (tuit@tuit.uz; tuit@inbox.uz; va boshka manzillar), Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror elon yoki yangilikni ko‘pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi.
Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma’noni anglatadi. Spamlar 1993-yilda paydo bo‘lgan. Usenet kompyuter tarmog‘i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 1993-yil 31-mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo‘natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda - «spam» degan nom topdilar. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra, spam - bu so‘ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.

Spam (foydalanuvchi tomonidan so‘ralmagan axborot) jo‘natuvchining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab tijorat axborotiga ega bo‘lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi mumkin. Shunday qilib, mazmuniga qarab, xabarlarning «tijorat» spami - «unsolicited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi - UCE) va «notijorat» - «unsolicited bulk e-mail» (UBE) turlari mavjud.


Anonim: barcha ko‘pincha aynan yashirin yoki qalbakilashtirilgan qayta aloqa manzili ko‘rsatilgan avtomatik tarqatmalardan jabrlanadi.
Ommaviy: ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina shular spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun haqiqiy muammo hisoblanadi.
So‘ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferensiyalar bizning tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli. Har bir elektron pochta xizmati o‘zining foydalanuvchilariga spamdan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi. YA’ni spamga taalluqli bo‘lgan elektron manzillar spam filtriga kiritiladi va ushbu manzillardan kelayotgan spamlar xabarlar vaqtincha saqlanuvchi katalogga avtomatik tarzda joylashtiriladi va 30 kundan keyin o‘chirib tashlanadi.
Filtrlar asosan kelayotgan xatlarni saralash, tartiblash funksiyasini bajaradi. Qora ruyxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maksadida ishlatiladi.
Xozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormokda. O‘zbekistondagi har bir Internet provayder o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bulib, asosan o‘zining mijozlariga xizmat ko‘rsatadi, ularning ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochik hisoblanadi va bu tizimdan hohlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo‘natib qabul qilishlari mumkin.
Xalkaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com. Elektron pochta orqali ma’lumot yuborish uchun ikki yo‘nalish mavjud, bulardan biri bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun Internetda ma’lum bir Web sahifalari mavjuddir. Bular mail.ru, yahoo.som, mail.uz, gmail.com va hokazo. Foydalanuvchi dastlab, pochta manziliga ega bo‘lishi kerak. Pochta manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dasturining asosiy oynasiga ushbu Web sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi.
Hayotdagi etika kabi elektron pochtada ham etika mavjud. Ularning ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz:
- Pochtangizni tez-tez o‘qib turing. Ko‘pchillik foydalanuvchilar o‘z xatlarini faqatgina bo‘sh vaqtlaridagina o‘qiydilar. Bu korrespondentlarga nisbatan bo‘lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida siz juda ham muhim bo‘lgan axborotni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o‘z vaqtida o‘qib borishi lozim.
− Xatda albatta sarlavha (subject) ko‘rsatish zarurdir. Bu mijozlarni ortiqcha ishlardan qutqaradi.
− Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling.
− Xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan yozilgan xat jo‘natuvchi to‘g‘risida yaxshi taassurot qoldirmaydi.
− Qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizni mazmunini qisqa va aniq ko‘rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketishlik birinchi o‘rinda xatingizni emas, balki sizning o‘zingizni xarakterlaydi.
− O‘z xatingizni boshqa manzillarga ko‘chirishlikdan saqlaning. O‘z xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo‘lgan manzillarga jo‘nating. Aks holda, xatlarni ko‘p manzillarga jo‘natish hamkorlaringizda yaxshi taassurot uyg‘otmasligi mumkin.
− Kerak bo‘lmagan taqdirda o‘z xatingizga javob va so‘rovlar yo‘llamang. Kerak bo‘lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so‘rovlarni yo‘llamang.
− So‘rovlarga to‘liq javob bering. So‘rovlarga javob berishda qisqa «ha» yoki «yo‘q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.


Download 1,93 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Download 1,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERNETda elektron pochta bilan ishlash

Download 1,93 Mb.