|
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA FANLARNI O'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
|
bet | 50/80 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #117182 |
Bog'liq Axborot texnologiyaBOSHLANG'ICH TA'LIMDA FANLARNI O'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va o‘qitishning texnik vositalarini tanlash.
2. Ta’lim vositalari turlari va ularga tavsiflar.
3. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash.
4. Texnik vositalardan foydalanish.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘quv maqsadi: Talabalarda ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish.
Aniq maqsadlar: Talabalar modulni o‘rganish natijasida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar:
ta’lim vositalarini turlari bo‘yicha ajrata oladi;
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini tushuntirib bera oladi;
texnik vositalardan samarali foydalana oladi.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyasi, multimedia, Microsoft Power Point, slayd.
Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim vositalari – o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir.
Ta’lim vositalarini foydalanilishi jihatidan quyidagi 3 qismga ajratish mumkin:
13.1-chizma. Ta’lim vositalarini tanlash
Ba’zi hollarda ta’lim oluvchi uchun mo‘ljallangan ta’lim vositasi ta’lim beruvchi uchun ham, dars o‘tkazish uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldirishi kerak. Bundan tashqari ta’lim vositalarining xususiyatlariga ko‘ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik va real vositalar. quyidagi chizmada (3.2-chizma) ta’lim vositalarining turlari keltirilgan.
13.2-chizma. Ta’lim vositalarining turlari
Ta’lim vositalari olti turga bo‘linadi:matnli vositalar; tasvirli vositalar; audiovizual vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; haqiqiy vositalar.
MATNLI - Ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun o‘quv dasturlari, maxsus adabiyot (darslik),ma’ruza matnlari.tarqatma materiallar, imtihon va nazorat varaqalari.
TASVIRLI - Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun fotosuratlar, eskiz, chizma, sxemalar, tasvirlar, jadvallar, simvollar,plakatlar
AUDIOVIZUAL - Jarayonlar va ishlash mexanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun videofilmlar, kompakt disklar, audiokassetalar, PowerPoint materiallari, elektron darsliklar
YORDAMCHI (JIHOZLI) - Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun doskalar (bo‘r doska, oq doska, magnit doskasi), «Pinbord» doskasi, videoproyektor, videoproyektor ekrani, kodoskop, kompyuter, flipchart, audiomagnitafon, videomagnitafon, televizor
MODELLI - O‘rganilayotgan obyektning modeli orqali u haqda tasavvur hosil qilish uchun modellar, maketlar, trenajyorlar, mulyajlar.
HAQIQIY - O‘rganilayotgan obyektlar haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun asbob-uskunalar, stanoklar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, xom-ashyolar.
TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROTTEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
|
| |