• 4. Boshlang`ich sinflardagi darslarda geometric materiallarning berilishi Tayanch iboralar: Ta’limiy, tarbiyaviy, amaliy arifmetika, algebra, geometriya.
  • 2. Kognitiv kompetensiya
  • GEOMETRIK MATERIALLARNI O'RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH




    Download 1,93 Mb.
    bet58/80
    Sana12.12.2023
    Hajmi1,93 Mb.
    #117182
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
    Bog'liq
    Axborot texnologiya

    GEOMETRIK MATERIALLARNI O'RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
    Reja:
    1. Boshlangich sinflarda matematika ukitish vazifalari.
    2. Boshlangich matematika kursining tuzilishi, mazmuni.
    3. Geometrik materiallarni o`rganish
    4. Boshlang`ich sinflardagi darslarda geometric materiallarning berilishi

    Tayanch iboralar: Ta’limiy, tarbiyaviy, amaliy arifmetika, algebra, geometriya.
    Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
    A1
    berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi; sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi; sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi; tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va
    tasvirlay oladi; ob’ektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi; sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.
    A1+
    arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi; bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometric masalalarni yecha oladi; sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi; elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.
    2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
    A1
    ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi; zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi; o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi; matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi; mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.
    A1+
    o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi; o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini toppish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
    Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
    Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi.
    Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi.
    Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
    1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan;
    2) Pedagogika;
    3) Psixologiya;
    4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
    Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan.
    Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari:
    1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,
    2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
    3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak;
    4) ta’limni insonparvarlashtirish;
    5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi;
    6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V–VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi.
    Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan “o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.
    Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
    1.Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
    2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
    3.Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
    Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
    a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak.
    Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.
    b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo‘ladi;
    Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
    d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish.
    Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
    Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
    a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
    b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
    d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.
    Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
    Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
    a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
    b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
    d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.
    O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
    O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.
    Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
    Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.
    Matematika o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.
    Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi.
    Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.
    Geometrik material boshlang‘ich sinflar uchun mustaqil bo‘lim sifatida o‘quv dasturiga kiritilmaydi. O‘quv jarayonida geometriya elementlarini o‘rganish bilan bevosita bog‘lab olib boriladi.
    Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o‘rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o‘quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.
    Geometrik materiallarni o‘rganish:
    – Geometrik figuralar haqidagi tasovvurlar zahirasini to‘plashga (kengaytirishga);
    – fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur etish ko‘nikmalarini shakllantirishga;
    – muhim amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga;
    – bolalarni keyinchalik geometriyani o‘rganishga tayyorlashga xizmat qiladi.
    «10 gacha bo‘lgan raqamlarni raqamlash» mavzusini o‘rganishda bolalar nuqta va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to‘rtburchak, beshburchaklar va boshqa ko‘pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi.
    «100 raqamigacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish» mavzusini o‘rganishda esa to‘g‘riburchak, to‘g‘riburchakli to‘rtburchak, kvadratlar, ko‘pburchaklarning bir ko‘rinishi sifatida o‘rganadilar .
    2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
    a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o‘rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o‘zaro farqlash ko‘nikmalari shakllanadi.
    b) Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarni yasash.
    d) Figuralarni guruhlarga ajratish.
    e) Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash.
    f) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish.
    g) (3-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qiy olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
    Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida ma’lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.
    Geometrik elementlarni o‘rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar, plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog‘ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo‘ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, to‘g‘riburchakli to‘rtburakni o‘rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to‘rtburchak ekanligi va burchaklari to‘g‘ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.
    Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sinfga o‘tgan sari o‘zgarib boradi, Masalan, «kesma», «burchak»,»ko‘pburchak» kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol berish noto‘g‘ri bo‘lar edi.Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o‘z bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).
    Quyi sinf o‘quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo‘lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan birga materialni noto‘g‘ri o‘zlashti-rishga qadar xatolarga yo‘l qo‘yishga, masalan,o‘quvchilar kvadratning to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak ekanligini sezmaydilar, ko‘pburchakli figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli figuralarni kiritadilar.
    Boshlang‘ich sinflarda geometrik materialni o‘rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to‘g‘ri va to‘g‘ri bo‘lmagan burchaklar, ko‘p burchakli figuralar (burchaklar soniga ko‘ra uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar.
    Mashg‘ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to‘g‘ri to‘rtburchak, to‘rtburchak yoki ko‘pburchakli figura deb atay olsinlar.
    Geometrik materialni o‘rganishda chizma va o‘lchov asboblarini qo‘llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog‘liq bo‘lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so‘zlar bilan tariflay olish, dasturda ko‘zda tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo‘llay olish muhim ahamiyatga egadir.
    Shuni ham nazarda tutish g‘arurki, boshlang‘ich sinflarda olingan geometrik figuralarni yasash va o‘lchashga doir ko‘nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi.
    Qurilmalarning aniqligi va o‘lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang‘ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o‘quvchilari chizg‘ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o‘lchash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo‘ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo‘yish kerak.
    Chizish va o‘lchashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san’at, tabiatshunoslik mashg‘ulotlaridan ham foydalanish lozim.
    O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi.
    1.Nuqta, kesma, burchak, ko‘pburchak, to‘g‘riburchak, kvadrat kabi geometrik figuralar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish.
    2.Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash uchun amaliy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirish.
    3.O‘quvchilarning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish.



    Download 1,93 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




    Download 1,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    GEOMETRIK MATERIALLARNI O'RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

    Download 1,93 Mb.