oqirn ishlab chiqarishni boshqarishning markaziy tizim idan
keladigan buyruq bo'yicha qabul qiluvchiga «itarib chiqarilganday»
boladi.
Kafolatlangan (sug‘urta) zaxiralar
—
ta ’minot
jarayonidagi
uzilishlar yoki ishlab chiqarish hajmidagi o'zgarishlar vujudga
kelgan holatlarda korxonaning ishini ta’minlash uchun zarur. Bu
zaxiralar yordamida haqiqiy talab bashorat qilinganida ishlab
chiqarilayotgan mahsuiotning haqiqiy
hajmini rejalashtirilgandan
va har xil operatsiyalar bajarilishining haqiqiy m uddatlarini
rejadagilardan chetlanishlari qoplanadi.
«
KANBAN
»
tizimi
— dastlab yapon menejerlari tomonidan
ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur tizim o'zagini
zarur mahsuiotning
talab etilgan miqdorda va belgilangan muddatda yetkazib berilishini
nazarda tutuvchi « 0 ‘z vaqtida» (Just in time) t izimi asoslari tashkil
etadi. Ushbu tizim ishlab chiqarishni tezkor boshqarishga xizmat
qilgan holda o‘z tarkibiga
nafaqat maxsus kartochkalami, balki
transport vositalarini, texnologik va
operatsion xaritalami ham
kiritadi.