• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №17




    Download 145,31 Kb.
    bet2/2
    Sana25.05.2024
    Hajmi145,31 Kb.
    #253205
    1   2
    Bog'liq
    oliy-o-quv-yurti-talabalarining-axborot-kompetentsiyasini-shakllantirish-usullari

    Tavsiyalar: Muhim kompetensiyalar to’plamini quyidagi bir nechta komponentalar orqali ifodalanishi mumkin:

    • kompetentsiyaning axborot tarkibiy qismi (axborot uzatishni tashkillash, saqlash va qabul qilish usullari);

    • kompetentsiyaning loyihalash tarkibiy qismi (maqsadlarni aniqlash usullari, resurslarga erishish manbalarini, harakatlar, muddatlarini aniqlash usullari);

    • kompetentsiyaning baholash tarkibiy qismi (natijalarni maqsadlar bilan taqqoslash, tasniflash, mavhumlashtirish, bashorat qilish, tizimlashtirish, konkretlashtirish usullari);

    • kompetentsiyaning bog’lovchi tarkibiy qismi (o'z maqsadlariga erishish uchun ma'lumotni uzatish va boshqa odamlarning resurslarini jalb qilish usullari).

    • kompetensiyaning samaradorligi (bilimni o’zlashtirish va tadbiq etish orqali aniqlash)

    Rossiyalik olim A. V. Xutorskoy ta'lim kompetentsiyalarining quyidagi asosiy ro'yxatini ajratib ko’rsatadi: qiymat-semantik, umumiy madaniy, o'quv-kognitiv, axborot, kommunikativ, ijtimoiy-mehnat va shaxsiy o'zini takomillashtirish kompetensiyalari [3]. Ta'limning har bir darajasida, umumta'lim maktabidan boshlab, o'quvchilar asosiy ta'lim kompetentsiyalarini universal bilim, ko'nikma, mustaqil faoliyat tajribasi va shaxsiy javobgarlik tizimi orqali shakllantirishlari kerak. Tashkilot va korxonalar uchun mutaxassislar etishmaydigan zamonaviy mehnat bozorida oliy ta’lim yosh mutaxassislarni raqobatbardosh bo'lishlarida asosiy ta'lim malakalari va kompotensiyalari yuqori darajada rivojlangan quyidagi talabalar bo’yicha tayyorlashlari kerak:[1,2]

    1. O'rganilayotgan fanning mazmunini tanlash metodologiyasi va strategiyasini takomillashtirish va mutaxassislikning o'quv dasturida nazarda tutilgan an'anaviy fanlarni o'qitish metodikasiga o'zgartirishlar kiritish.

    2. Talabalarning o'quv ma'lumotlarini uzatish hajmi va mazmunini o'zlashtirish samaradorligini oshirish.

    3. Ta’lim jarayonida o'zaro ta'sirning yangi usullarini tashkil etish, buning natijasida o'qituvchi va talaba faoliyatining mazmuni va xarakterini o'zgartirish mumkin.

    4. Talabalarning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo'shadigan ijobiy motivatsiyani amalga oshirish.

    5. Qo'shimcha ma'lumot manbalaridan foydalanish, bunda juda yuqori va




    Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №17


    ishonchli darajadagi bilim olish imkoniyati paydo bo’ladi.
    Axborotlashtirishning zamonaviy bosqichining mazmuni an'anaviy o'quv fanlariga axborot texnologiyalari vositalarini faol qo’llash va joriy etishdan iborat bo'lib, shu asosida pedagoglar tomonidan o'quv jarayonini yangi usullari va tashkiliy shakllarini o'zlashtirish, ta'lim mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqishdir. Bunda asosiy vositalar sifatida internet manbalari, shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy tizimlar, turli xil videolar, audio materiallar va talabalar uchun tahliliy matnlar qaraladi.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, ta’lim sifati samaradorlogini oshirishda oliy o’quv yurti talabalarining o’qitilayotgan fanlardan axborot kompetentsiyasini rivojlantirish bugungi asosiy vazifalardan biri xisoblanmoqda. Talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet resurslar asosiy vositalari sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada shu yo’nalishlar va savollar bo’yicha tavsiyalar ko’rsatib o’tildi.


    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Zееr E.F. Klyuchеviе kvalifikatsii i kompеtеntsii v lichnostno oriеntirovannom didaktika: Uchеb. dlya vuzov. SPb: Pitеr, 2001. 544 s.
    4.SHеltеn A. Vvеdеniе v profеssional’nuyu pеdagogiku. Еkatеrinburg: Izd-vo Ural. gos. prof.-pеd. unta, 1996. 288 s.



    Download 145,31 Kb.
    1   2




    Download 145,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali №17

    Download 145,31 Kb.