• OZON QATLAMI VA UNING INSONIYAT UCHUN AHAMIYATI Maxmudova Durdona Muxritdinovna
  • Kalit so‘zlar
  • “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali




    Download 482,81 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana06.02.2024
    Hajmi482,81 Kb.
    #152424
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ozon-qatlami-va-uning-insoniyat-uchun-ahamiyati



    “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
     

     
     
     
     
     
    №16
     
    48 
    OZON QATLAMI VA UNING INSONIYAT UCHUN AHAMIYATI 
    Maxmudova Durdona Muxritdinovna 
    Toshkent viloyati Angren Shahar 6 maktab geografiya o‘qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7500515
      
    Annotatsiya: ushbu maqola ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati 
    haqida yozilgan bo‘lib, tabiatni asrash va unga ehtiyotlik bilan muomalada bo‘lish 
    haqida ham ma’lumotlar mavjud. 
    Kalit so‘zlar: ozon qatlam, atmasfera, sayyoralar, osmon, tabiat, inson. 
     
    Atmosferaning ozon qatlami quyoshning ultra binafsha nurlarini ushlab 
    qoladigan qalqon hisoblanadi. Afsuski, sayyoramizda tabiiy muvozanat buzilishi 
    natijasida ozon qatlamining yemirilishi bilan bogʻliq ekologik xavf paydo boʻldi. Bu 
    esa kelajakda iqlimning bashorat qilib boʻlmaydigan oʻzgarishlariga, yaʼni inson 
    organizmi immun tizimining zaiflashishiga, onkologik kasalliklar sonining oshishiga, 
    oʻsimliklarning sekin oʻsishiga olib kelishi mumkin. 
    Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, ozon qatlamining yemirilishiga sovitish 
    texnikalari, yongʻin oʻchirish vositalari, tarkibida galogenlar (xlor, ftor va brom) 
    boʻlgan kimyoviy moddalarning sanoat va qurilish sohasida keng qoʻllanilishi asosiy 
    sabab sanaladi. 
    Ekologik xavfning oldini olish maqsadida 1985-yilda dunyoning 147 mamlakati 
    ishtirokida Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi qabul 
    qilindi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1987-yilning 16-sentyabrida ozon qatlamini 
    yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli imzolandi. Shu kundan eʼtiboran 
    ushbu sana ozon qatlamini himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi. 
    Ozon — (yunonchadan ozon – anqiydigan) ozon molekulalari(O3)dan hosil 
    boʻlgan, har biri kislorodning uchta atomlaridan iborat gaz. 
    Garchi, hozirda atmosfera havosidagi ozon juda oz qismni tashkil etsa – da, 
    uning ahamiyati benihoya kattadir. U oqsil va nukleinli kislotalarni yemiruvchi qatʼiy 
    ultrabinafsha nurlanishni ushlab qoladi. Taʼkidlash lozimki, stratosfera ozoni – ob- 
    havoning qisqa muddatli va lokal oʻzgarishlarini belgilaydigan muhim iqlimiy 
    omildir. Quyosh nurlanishini yuta turib va energiyani boshqa gazlarga uzata turib
    ozon stratosferani isitadi va bu bilan butun atmosferada sayyoraviy issiqlik va 
    sirkulyar jarayonlarning xususiyatlarini tartibga soladi. Ozonning oʻzgaruvchan 
    molekulalari tabiiy sharoitlarda, jonli va jonsiz tabiatning turli omillari taʼsirida hosil 
    boʻladi va parchalanadi, uzoq tadrijiy rivojlanish davomida ushbu jarayon birmuncha 
    dinamik muvozanatga keldi. 



    Download 482,81 Kb.
      1   2   3   4




    Download 482,81 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali

    Download 482,81 Kb.
    Pdf ko'rish