|
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnaliBog'liq ozon-qatlami-va-uning-insoniyat-uchun-ahamiyati“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№16
50
atmosfera havosiga 1.1 tonna zararli tashlanmalar chiqishi oldi olindi. Bu tadbir
doimiy tarzda oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-
noyabrdagi “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan
mahsulotlarni
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston
Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 247-
sonli qaroriga asosan viloyatda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Atmosfera havosini musaffoligini saqlash uchun, avvalambor, barcha insonlarga
ekologik taʼlim-tarbiya berilishini yoʻlga qoʻyish, korxonalarda ekologik jihatdan
sogʻlom texnologiya yaratish, transport vositalarining chiqindisiz ishlashini
taʼminlash, oyida bir marotaba boʻlsa-da, “avtomobilsiz kunni”tashkil qilish, sovitish
texnikalari va yongʻin oʻchirish vositalaridan havoga chiqariladigan galogenlarni
atmosferani yaʼni ozon qatlamini siyraklashmasligiga olib kelmaydigan elementlar
bilan almashtirish chora- tadbirlarini koʻrish, shahar va qishloq koʻchalarida,
korxonalar atroflarida yashil iqtisodiyotni yaʼni koʻkalamzorlashtirishni yana-da
kuchaytirish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzgidromet hamkorligida “Xalqaro ozon qatlamini
himoya qilish kuni”ga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Seminarda ozon qatlami va
uni muhofaza qilish masalalari keng muhokama qilindi.
Bugun yurtimizda atmosfera qobigʻida joylashgan, yerdagi hayot davomiyligini
taʼminlashda oʻz hissasini qoʻshadigan, oʻzi yupqagina, biroq tarqalishi yerdan 10 km
masofadan 50 km.gacha boʻlgan oraliqni zabt etgan “ozon qatlami”ni muhofaza
qilish boʻyicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlar ichida Ozon qatlamini muhofaza
qilish boʻyicha Vena Konvensiyasi va Ozon buzuvchi moddalar boʻyicha Monreal
protokolining dunyodagi oʻrni beqiyos. Mazkur hujjatlar Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan va qoʻyilgan talablarga
asosan samarali ishlar yoʻlga qoʻyilgan muhim hujjatlar hisoblanadi.
2018-yilning 9-yanvarida Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar
va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini
tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul
qilindi. Ushbu qaror bilan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan
mahsulotlarni respublikamizga importi respublikamizdan eksportini davlat tomonidan
tartibga solishni taʼminlanib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida
ular boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston
Respublikasidan eksporti uchun ruxsatnoma olish boʻyicha 2237 ta elektron arizalar
|
| |