|
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnaliBog'liq ozon-qatlami-va-uning-insoniyat-uchun-ahamiyati“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№16
49
Ozon qatlamini olimlar “biologik qalqon” deb ham ataydilar.Taassufki, bu
qalqonning yemirilishiga inson omili katta rol oʻynayapti.
Kosmik parvozlar, reaktiv samolyotlar parvozi, avtomobillar va boshqa
manbalardan chiqayotgan gazlar, ayniqsa, sovitish tizimlaridagi freon gazi bu qatlam
holatiga aks taʼsir koʻrsatmoqda.
Hozirda eng katta ozon tuynuklari yer sharining
janubiy va shimoliy qutblarida paydo bo‘lgani taassuf va xavotir bilan aytilmoqda.
1985 yili Antarktida, 1992 yili Arktikada ozon tuynugi hosil bo‘lganligi qayd etildi.
Quyosh ultrabinafshanurlarining hech qanday to‘siqsiz yerga yetib kelishi havo
haroratining ko‘tarilishi va asriy muzliklarning erishiga sabab bo‘lmoqda. Suv ostida
yashaydigan planktonlar, mayda qisqichbaqalar, krablar, suv o‘tlariga bu o‘zgarish,
ayniqsa, halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, iqlimning o‘zgarishi,
cho‘llanish, aholi o‘rtasida turli xastaliklarning tarqalishi, global isish jarayoni sodir
bo‘ladi.
Keyingi yillarda yurtimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarga ekologik bilim berish
borasida koʻpgina ijobiy ishlar qilinmoqda.Oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida talabalarga
ekologiya fani boʻyicha bilim berilmoqda. Bundan tashqari, gazeta va jurnallar, radio
televizorlar orqali ekologiyaning dolzarb masalalariga oid, maqolalar berilyapti,
koʻrsatuvlar uyushtirilyapti. Shunga qaramay, biz yosh avlodga qoniqarli darajada
ekologik tarbiya beryapmiz deb ayta olmaymiz. Xususan, soha uchun kadrlar
tayyorlash borasida qilinadigan ishlar koʻp. Toʻgʻri, mustaqillik sharofati bilan
mahalliy olimlar, soha mutaxassislari yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yaratishdi.
Bu darsliklarda respublikamiz iqlimiy sharoitlari, unda mavjud oʻsimliklar va
hayvonot dunyosi, uchrab turgan ekologik muammolar oʻz aksini topgan. Ular
yoshlarga ekologik tarbiya berishda yaqindan koʻmakchi boʻlishi mumkin.
Mutaxassislar malakasini oshirish borasida esa ayrim xorijiy mamlakatlarning
tajribalarini namuna tariqasida oʻrgansak foydadan xoli emas. Masalan,
Germaniyadagi tabiati goʻzal maskanlarda maxsus ekologik tarbiya berish joylari
tashkil etilgan. Ularda yoz oylarida mutaxassis oʻqituvchilar ekologiya boʻyicha oʻz
malakalarini oshiradilar, maktabga qaytgach, olgan bilimlarini, tajribalarini amalda
qoʻllaydilar. Zero, bolalarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir
ermak uchun qilinadigan ish emas. Bu davlat ahamiyatiga ega dolzarb masaladir. Biz
sogʻlom, mehnatsevar, dunyoqarashi keng yoshlarni tarbiyalab, voyaga
yetkazsakgina kelajagimiz nurli boʻladi.
Shu oʻrinda respublikamiz, jumladan, Buxoro viloyatida ham atmosfera havosini
muhofaza qilish sohasida bir talay ishlar amalga oshirilganini taʼkidlamoqchimiz.
Viloyat hududidagi bir qancha korxona va tashkilotlarga zamonaviy usuldagi chang-
gaz tozalash qurilmalari oʻrnatildi. Shuningdek, "Toza havo" tadbiri doirasida 20
mingdan ortiq avtotransport vositasi koʻrikdan oʻtkazildi. 1200ta avtotransport
vositasi meʼyoridan oshiq CO2 ajratayotganligi aniqlandi va joyida sozlandi. Natijada
|
| |