• OSPF aloqa xolati protokoli
  •   RIP masofa-vektor protokoli




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/59
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #239987
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
    Bog'liq
    Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov

     


    70 
    RIP masofa-vektor protokoli 
    RIP (Routing Information Protocol) protokolida hamma tarmoqlar raqamga 
    ega (raqam tashkil bo‘lish usuli, tarmoqda tarmoq pog‘onasining protokolini 
    ishlatilishiga bog‘liq), marshrutizatorlar esa, identifikatorlarga ega. RIP protokoli 
    keng “Masofa vektori” tushunchasini ishlatadi. Masofa vektori, bu tarmoq 
    raqamlari va uchastkalarida qadam (xop)larga bo‘lgan masofani hisoblovchi ikki 
    juft son. 
    Masofa vektori marshrutizatorlar tomonidan tarmoq bo‘yicha tarqatiladi va 
    bir necha qadamdan keyin har bir marshrutizator yetishadigan tarmoq va unga 
    bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Agar qaysidir tarmoq 
    bilan aloqa uzilsa, marshrutizator bu xolatni belgilab, vektor elementiga ushbu 
    tarmoqqacha bo‘lgan masofaga, “Aloqa yo‘q” maxsus ya’ni, maksimal belgi 
    qo‘yadi. RIP protokolida bu belgi 16 son hisoblanadi. 
    Aloqaning xolatiga va qurulmalarni o‘zgarishiga moslashish uchun 
    marshrutlash jadvalining har bir yozuviga taymer ulanadi. Agar taym-out davrida 
    ushbu yo‘nalishni tasdiqlovchi xabar kelmasa, unda u yo‘nalish jadvalidan olib 
    tashlanadi. 
    RIP 
    protokolidan 
    foydalanilganda 
    Bellman-Ford 
    dinamik 
    dasturlashining evristik algoritmi ishlaydi va uning yordamida topilgan yechim 
    optimalga yaqin hisoblanadi. 
    RIP protokolining ustunligi, uning hisoblashdagi oddiyligi, kamchiligi esa 
    keng ogohlantiruvchi paketlarni vaqti-vaqti bilan jo‘natadi va topilgan yo‘nalish 
    optimal ekanligi hisoblanadi. 
    OSPF aloqa xolati protokoli 
    OSPF protokoli quyidagi xususiyatlarga ega: 
    -
    sinfsizlik-protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni 
    ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi; 


    71 
    -
    samaradorlik-marshrutda o‘zgarish bo‘lsa marshrutizatsiyani yangilash 
    (doimiy bo‘lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‘lni to‘plash 
    uchun SPF qisqa yo‘lni izlash algaritmini ishlatadi; 
    -
    tez bir xillikka erishish-tarmoq o‘zgarganligini tez translyatsiya qilish; 
    -
    masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‘ljallangan. 
    Ierarxik tuzilishni qo‘llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area)ga 
    guruhlash mumkin; 
    -
    xavfsizlik - MD5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‘llab 
    quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‘lsa, OSPF marshrutizatorlar oldindan 
    berilgan bir xil parolli teng huquqli qurilmadan marshrutizatsiyaning faqat 
    shifrlangan xabarlarini qabul qiladi. 
    Administratoriy masofa (Administrative distance (AD)) (MM)- marshrut 
    manbasining ishonchlilik qiymatini ko‘rsatadi. OSPF protokolining MMsi 110 ga 
    teng.
    Hamma marshrutizatsiya protokollari o‘xshash komponentlarni ishlatadi. 
    Hamma protokollar marshrutizatsiyaning ma’lumotlarini almashish uchun 
    marshrutizatsiya protokolining xabarini ishlatadi. Xabar marshrutizatsiya algoritmi 
    yordamida qayta ishlashini ta’minlovchi ma’lumotlar tuzilishini qurishga yordam 
    beradi. 
    OSPF marshrutizatsiya protokolining 3 ta (3.1 - jadval) asosiy komponenti 
    mavjud. 
    1)
     
    Ma’lumotlarning tuzilishi. 
    OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko‘rsatadi:
    -
    qo‘shni qurilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi-qo‘shni qurilmalarning 
    jadvalini yaratadi; 
    -
    kanal xolati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (LSDB) - topologiya 
    to‘g‘risida jadval yaratadi; 
    -
    jo‘natmalarning ma’lumotlar bazasi- marshrutizatsiya jadvalini yaratadi. 
    Bu jadvallar marshrutizatorlar o‘rtasida ma’lumotlar almashishini bajaruvchi 
    qo‘shni murshrutizatorlar ro‘yxatidan iborat. 


    72 
    2)
     
    Marshrutizatsiya protokolining xabari. 
    OSPF protokoli marshrutizatsiya ma’lumotlarini uzatish uchun xabarlarni 
    almashishda 5 ta turdagi paketni ishlatadi. 
    -
    salomlashish paketi (hello); 
    -
    ma’lumotlar bazasini tavsiflovchi paket;
    -
    kanal xolati paketi; 
    -
    kanal xolatini yangilash paketi; 
    -
    kanal xolatini tasdiqlash paketi. 
    Bu paketlar qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to‘g‘risida 
    aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashish 
    uchun ishlatiladi. 
    3)
     
    Algoritm. 
    Markaziy protsessor Deykstra qisqa yo‘lni izlash algoritmini ishlatgan holda 
    topologiya jadvali va qo‘shni qurilmalar jadvalini qayta ishlaydi. Qisqa yo‘lni 
    izlash algoritmi ko‘rsatilgan joyga barcha kirishlarni narhi to‘g‘risidagi 
    ma’lumotga asoslanadi. 
    Qisqa yo‘lni izlash algoritmi SPF qisqa yo‘llar daraxtini har bir 
    marshurtizatorni daraxtning ildiziga joylashtirish orqali yaratadi va har bir 
    qurilmaga qisqa yo‘llarni hisoblaydi. Shundan keyin SPF qisqa yo‘llar daraxti 
    optimal marshurtni hisoblash uchun ishlatiladi. OSPF protokoli marshrutizatsiya 
    jadvalini yaratish uchun qo‘llaniluvchi jo‘natmalarni ma’lumotlar bazasiga optimal 
    marshrutni tanlash uchun kiritadi. 
    OSPF 
    protokolini 
    ishlatuvchi 
    marshrutizatorlar 
    marshrutizatsiya 
    ma’lumotlarini taqdim etishda marshrutizatorlar bir xil marshrutizatsiya jadvaliga 
    ega bo‘lish uchun kanal xolati bo‘yicha marshrutizatsiya jarayonining quyidagi 5 
    ta qadamini bajaradi: 


    73 
    3.1 – jadval.
    OSPF ma’lumotlarni tuzilishi 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish