• Low Latency Queuing (LLQ)
  • CBWFQ-Class Based Welghted Sair Queuing




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/59
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #239987
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
    Bog'liq
    Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov

    CBWFQ-Class Based Welghted Sair Queuing
    sinflar asosidagi 
    navbatlarga xizmat ko‘rsatish mexanizmiga to‘g‘ri keladi. Quyidagi ko’rsatkichlar 
    asosida barcha trafik 64 ta sinfga bo‘linadi: kirish interfeysi, kira olish listi (aceess 
    list), protokol, DSCP ni qiymati, QoS MPLS belgisi. 
    Chiqish interfeysining umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati sinflar bo‘yicha 
    taqsimlanadi. Har bir sinfga ajratiladigan o‘tkazish yo’lagi absolyut qiymad 
    (bandwith kb/s)da yoki foiz (bandwith percent)da interfeysda nisbiy o‘rnatilgan 
    qiymatda aniqlanishi mumkin. 
    Konfiguratsiyalangan sinflarga tushmagan paketlar default sinfiga tushadi. 
    Uni qo‘shimcha sozlash mumkin va kanalning bo‘sh o‘tkazish yo’lagini oladi. Har 
    qanday sinfning navbatini to‘lishida shu sinfning paketlari yo’q qilinadi. 
    Low Latency Queuing (LLQ)
    - past kechikishli navbat. LLQ ni imtiyozli 
    navbatli PQ (LLQ=PQ + CBWFQ)li CBWFQ mexanizmi sifatida qarash mumkin.
    LLQ da PQ LLQ ovoz (VoIP) trafigi mavjud bo’lganda tavsiya qilinadi. 
    Videoanjumanda yaxshi ishlaydi.


    152 
    5.4.
    Monitoringda qo‘llaniladigan tarmoq protokollari 
    Ishlab turgan tarmoqni monitoring qilish tarmoq administratoriga tarmoqni 
    samarali boshqarish va boshqa mutaxassislar uchun tarmoqdan foydalanish 
    to‘g‘risida statistik hisob yaratish uchun axborotni taqdim etadi. Kanallarni holati 
    va xatolarni paydo bo‘lish chastotasini va aktiv ulanishlarni ko‘rinib turishi, 
    tarmoq administratori uchun tarmoqdan foydalanish holatini baholashni 
    osonlashtiradi. Qandaydir vaqt oralig‘ida bu axborotlarni yig‘ish va ko‘rish
    tarmoqni taxlil qilishga va loyihani o‘sishini bashorat qilishga, shuningdek nosoz 
    qurilmani batamom ishdan chiqquncha uni aniqlab, almashtirish imkoniyatini 
    beradi.
    Administrator tarmoqni monitoring qilishda 3 ta protokoldan foydalanishi 
    mumkin. Syslog, SNMP va NetFlow eng ko‘p qo‘llaniladigan protokollar bo‘lib, 
    har biri o‘z kamchiligiga ega. Ularni birgalikda ishlashi tarmoqni holatini taxlil 
    qilishda samarali usul hisoblanadi. NTP (Network Time Protocol — «tarmoqning 
    vaqt protokoli»)protokoli barcha qurilmalardagi vaqtlarni sinxronizatsiyasini 
    ta’minlash uchun ishlatiladi. Bu esa har xil qurilmada jurnallar faylini 
    solishtirishda muhim hisoblanadi.
    Tarmoqdagi qurilmada qandaydir hodisani sodir bo‘lishida ishonchli 
    mexanizmlarni ishlatish orqali administratorni tizimli xabar orqali ogohlantiradi. 
    Bu xabarlar juda muhim bo‘lishi mumkin. Administratorlarni ishlarida bunday 
    xabarlarni saqlash va ko‘rsatishni har xil usullari bo‘lishi mumkin. Xabar 
    to‘g‘risida ogohlantirishni jo‘natish usullari tarmoq infratuzilishsiga kam ta’sir 
    qilishi kerak.
    Tarmoq qurilmalari beradigan eng keng tarqalgan tizimli xabarni olish 
    usuli bu syslog protokoli hisoblandi.
    Syslog termini standartni tavsiflash uchun ishlatiladi. Syslog protokoli 
    UNIX tizimi uchun 80 yillarda ishlab chiqilgan, lekin IETF jamiyati tomonidan 
    RFC 3164 nomi bilan birinchi marta 2001 yilda xujjatlashtirilgan. Syslog IP 
    tarmoq bo‘yicha hodisalar to‘g‘risidagi ogohlantirishli xabarni jo‘natish uchun 


    153 
    UDP 514 portini ishlatadi (5.22 - rasm). 
    5.22 – rasm. Tarmoq tuzilishi 
    Syslog protokolini tarmoqning ko‘p qurilmalari tushunadi, ya’ni 
    marshrutizatorlar, kommutatorlar, ilovalar serverlari, tarmoqlararo ekranlar va 
    boshqalar. Syslog protokoli tarmoq qurilmalari uchun tizimli xabarlarni tarmoq 
    bo‘yicha Syslog serveriga jo‘natishni ta’minlaydi. Shu maqsadda maxsus ajratilgan 
    tarmoq (out-of-band, OOB)ni yaratish mumkin.
    Windows va UNIX operatsion tizimlar uchun Syslog serverining dasturiy 
    ta’minotida har xil paketlar mavjud. Ularning ko‘plari bepul.
    Syslogni jurnallashtirish xizmati 3 ta asosiy imkoniyatlarga ega: 
    -
    monitoring va qayta tiklash uchun jurnalga axborotlarni yig‘ish; 
    -
    yig‘ish kerak bo‘lgan axborot turini tanlash; 
    -
    yig‘ilgan Syslog xabarini qabul qiluvchilarini aniqlash .

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish