Tamoyillari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/59
Sana17.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#239987
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov
e9c836cb-0efa-4972-bb1a-1b7cc007b5a7, Andijon viloyati-fayllar.org, Bosh gapdagi biror bo’lakni izohlovchi ergash gaplar-fayllar.org, Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov, 1 Mustaqil ish lz algoritmi asosida ma’lumotlarni siqish usullar, Mustaqil ishi Mavzu ip-tarmoqda marshrutizatsiya tushunchasi Ba, Signallarni filtrlash algoritmlari invariant chastotali xarakter, TURDIMURODOVBAXTISHOD, 1-2-3- AMALIYOT ISHI, Mustaqil ish 1-2-3-4, 1 -2-3-LABORATORIYA ISHI, keyngiii, NTP server, DHCP server
 
Yangi
 
tarmoq
 
xizmatlarini
 
taqdim etish uchun aniq hajmdagi zahiraning 
mavjudligi, tarmoqni qurish uchun foydalaniladigan qurilmalar ochiq arxitekturaga 
ega bo‘lishi kerak, ochiq arxitekturada chiziqli va foydalanuvchi interfeysini 
doimiy ravishda kengaytirish mumkin; 
5. Yangi texnologiyalarga mo‘ljallangan boshqarish tizimini qo‘llash 
bo‘yicha variantlarning mavjudligi; 
7. Tarmoq qurilmalarini amalda qo‘llashda tarmoq faoliyatida uchrashi 
mumkin bo‘lgan buzilishlar va rad etishlardan ichki va tashqi himoyaning 
mavjudligi – tarmoqda va tarmoq qurilmalarida bloklarni zahiralash, himoyaviy 
almashinuvni qo‘llash, oldindan marshrutlash va h.k;
8. Zahirada elektr manbaalarining, manbaaning kafolatlangan tizimlarining 
mavjudligi va h.k.;
9. Tarmoq narxi va amalda qo‘llash xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha 


22 
mexanizmlarining mavjudligi – qurilmaning optimal narxi, qurilmani amalda 
qo‘llashning osonligi, xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish uchun markaziy 
boshqaruv tizimining mavjudligi, barcha jarayonlarni maksimal avtomatlashtirish 
(uzatish, kommutatsiya, nazorat va boshqaruv). 
Har bir tizimni bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan tizimlar majmuasi 
ko‘rinishida tasvirlash mumkin. O‘z navbatida qism tizim komponentlar majmuasi 
hisoblanadi. Alohida olingan qism tizimda elektr signallarini uzatish, 
sinxronlashtirish jarayonini bajarish, fazalash, xatolardan himoya qilish
marshrutlash, kommutatsiya, aloqa o‘rnatish va h.k.larni bajaradi. 
Telekommunikatsiya tarmog‘idan bitta ma’lumot uzatish xizmati yoki bir 
nechta ma’lumot uzatish xizmatlari, ma’lumotni bitta yoki bir nechta 
telekommunikatsiya tarmog‘iga uzatishi mumkin. Bu turdagi xizmatlarga 
tarmoqning ma’lumot uzatish xizmati deb yuritiladi. 
Ma’lumot uzatish tarmog‘ini o‘zi ma’lumotni jixozlab tugatadi (beradi). Bu 
telekommunikatsiya tarmog‘ining funksiyalarini himoyalashda va abonentlar 
orasidagi ma’lumot uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladigan tarmoq 
hisoblanadi. 
Ma’lumot uzatish xizmatini bazasi o‘z ichiga telexizmatlarni, Ma’lumot 
uzatish xizmatini, tarmoqdagi telekommunikatsiya funksiyalarini himoyalash va 
abonent terminallarini qamrab oladi. Bu bazada istalgan ma’lumot uzatish 
xizmatini tashkillashtirishi mumkin. Misol uchun, kompyuter xizmatlari 
(kompyuterlar orasida ma’lumot almashish), telegraf xizmati va telematika 
xizmatlari kiradi. 
Milliy ma’lumot uzatish tarmog‘i asosida har xil ma’lumot uzatish 
tarmoqlari va xizmatlari o‘rtasida aloqani tashkil etishning asosiy maqsadi 
quyidagilardan iborat: 
1.
Ma’lumot uzatish xizmatlaridan va tarmoqlaridan foydalanishda 
foydalanuvchilarni va davlatning katta qismini qamrab olishi; 
2.
Foydalanuvchilar va aloqa operatorlari o‘rtasida ma’lumot almashilganda 
har xil ma’lumot uzatish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi; 


23 
3.
Zamonaviy talab darajasida ma’lumot uzatish xizmatini foydalanuvchiga 
taqdim etishda sifatli ko‘rsatkichlarga mos kelishini ta’minlashi; 
4.
Ma’lumot uzatish xizmatiga va tarmog‘iga asoslangan xizmatlarning 
yashovchanligini va ishonchliligini oshirishni; 
5.
Davlat organlarini ma’lumot uzatish xizmatlariga bo‘lgan extiyojini, 
shuningdek favqulodda vaziyatlarda ham ta’minlashi lozim. 
Ma’lumot uzatish xizmatini tashkil etish tamoyili bo‘yicha 2 ta guruhga 
bo‘linadi: 

ma’lumot 
uzatish 
xizmatlari 
kommutatsiyalanadigan 
va 
kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘ida tashkil etilishi ma’lumot 
uzatishni (maxsuslashtirilgan ma’lumot tarmog‘i bazasida) ta’minlashi uchun 
maxsus yaratildi;

ma’lumot 
uzatish 
xizmatlari 
maxsuslashtirilmagan 
kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘i 
asosida tashkil etildi. 
Ma’lumot uzatish xizmatiga kirish nuqtasini aloqa operatorlari nuqta deb 
nomlashadi va aloqa operatorlari foydalanuvchilarga ma’lumot uzatish xizmatlarini 
ma’lum sifatda taqdim etadi. Kirish nuqtalari hamma operatorlarni jixozlarida 
joylashgan bo‘ladi. Foydalanuvchining ma’lumotni ohirgi qurilmasiga taqdim 
qilishiga ko‘ra uzatish qarori kirish nuqtalarida amalga oshiriladi. Boshqa 
operatorlar xizmati orqali foydalanuvchini ma’lumotlar ohirgi qurilmasi (MOQ) va 
ma’lumot kanalining ohirgi qurilmasi (MKOQ)ga bog‘lashida, ma’lumot uzatish 
xizmati operatorini kirish nuqtasida hech qachon bir vaqtda yuz bermaydi. 
Telekommunikatsiya tarmog’ida ma’lumot uzatish xizmati chegaralari MOQ va 
MKOQlar orqali ulanishlarda, telekommunikatsiya tarmog’ini maxsuslashmagan 
baza kanallari ma’lumot kanalini tuzish orqali chegaralanadi. Bu xodisa, qachonki 
telekommunikatsiya 
tarmog’iga ulanishida MOQ loyiq yoki maxsus 
telekommunikatsiya bo‘lmay tarmoqqa ulansa MKOQ o‘zidan-o‘zi tarmoqdan 
ajraladi. 
Bunday ma’lumot uzatish xizmati maxsuslashmagan telekommunikatsiya 


24 
tarmog’ida xizmatlarni ko‘chirishdan hosil bo‘ladi. Abonentni texnik vosita guruhi 
yoki aloqa operatori yoki MKOQlar kirishda texnik vosita bo‘lib hisoblanadi. 
Ma’lumot uzatish xizmatini ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib: bazaviy va 
fakultativdir. Ma’lumotning xarakatini aniqlashda ko‘proq bazaviy xizmatlardan 
foydalaniladi. Fakultativ xizmat operator xizmatining buyumlaridan foydalanish 
tushuniladi. 
Bazaviy xizmat – ma’lumot uzatishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlaydi, tarmoq 
orqali o‘zgarishlarni taxlil qilishda qo‘llaniladi. 
Fakultativ xizmatda istalgan xizmat ma’lumot uzatish tarmog’iga beriladi, 
shuningdek kompyuterlarni ishlashini amalga oshirishda, tashqi uzatish 
protokolida, formatlashda, ma’lumotdan foydalanish mazmunini, ya’ni boshqa 
qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanishni ta’minlaydi yoki ma’lumotning 
xavfsizligidan o‘zaro foydalanish tushuniladi. 
Aksariyat hollarda fakultativ xizmat kompyuterni ishlab turishini amalga 
oshiradi. Bunday usul aniq chegarani, xizmat sifatini aniqlab javobgarlikni 
ta’minlovchi foydalanish xizmati va operatorlar orasida qo‘shimcha bitimlarni 
tuzadi. 
Bu xizmatlar vaqt usulida taqdim qilinadi: 

agar bu xizmatga foydalanuvchi a’zo bo‘lsa, har bir so‘rov uchun
avtomatik ravishda javob beradi; 

vaqt oraligida belgilangan xizmatga a’zo bo‘lishda har bir so‘rov uchun
avtomatik ravishda javob beradi; 

faqat so‘rov bo‘lganda o‘z vaqtida bog‘lanish o‘rnatilganda taqdim 
etiladi. 
Barcha turli tarmoqlarni belgilar guruhi bo‘yicha sinflash mumkin: 
-
terretorial tarqalganlik; 
-
idoraga tegishlilik; 
-
axborotni uzatish tezligi; 
-
uzatish muhiti turi. 
Terretorial tarqalganlik bo‘yicha tarmoqlar lokal, global va mintaqaviy 


25 
bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar bitta bino yoki bir nechta binolarni bitta 
tarmoqqa birlashtirilishi, mintaqaviy tarmoqlar – shaxar va viloyat xududida 
joylashishi, global tarmoqlar mamlakat va mamlakatlar guruhi xududini qoplashi 
mumkin, masalan butun dunyo Internet global tarmog‘i. 
Xudud bo‘yicha tegishlilik va hukumat tarmoqlari farqlanadi. Tegishlilik 
tarmoqlar birgina tashkilotga tegishli bo‘lib, shu tashkilot xududidagina joylashadi. 
Hukumat tarmoqlari – hukumat tuzilishlarida foydalaniladigan tarmoqlardir. 
Axborot uzatish tezligi bo‘yicha tarmoqlar past, o‘rtacha va yuqori tezlikli 
tarmoqlarga bo‘linadi. 
Uzatish muhitining turi bo‘yicha koaksial, juft simli, optik tolali, infraqizil 
diapazonda radiokanallar bo‘yicha tarmoqlarga bo‘linadi. 
Ma’lumot uzatishning har xil shartlari orqali xizmatlarni o‘zaro bog‘lashdan 
asosiy maqsad quyidagilar: 
-
ko‘plab mamlakatlar va foydalanuvchilar xududini egallash uchun barcha 
ma’lumot uzatish tarmoqlaridan va xizmatlaridan foydalanish; 
-
har xil ma’lumot uzatish xizmatlari va har xil aloqa operatorlarining 
ma’lumot uzatish xizmatlari foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashish 
imkoniyatini ta’minlash; 
-
foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan sifat tavsiflarini xalqaro standartlar 
talabiga mosligini ta’minash; 
-
ma’lumot uzatish xizmatlariga asoslangan kompyuter va boshqa 
telexizmatlarning yashovchanligini va ishonchliligini oshirish; 
-
hukumat organlari, jumladan favqulodda holatlar bo’lganda ma’lumot 
uzatish xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirish. 
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining barcha asosiy xususiyatlarini jamlagan 
harakterli, funksional, informatsion va tuzilishviy belgilari bilan sinflanadi. 
Bunday belgilarga quyidagilar kiradi: 
-
tarmoq foydalanuvchilarining (abonentlarining) tegishlilik kategoriyasi; 
- tashkillashtirish usullari; 
- kommutatsiya usuli; 


26 
- ma’lumot uzatish kanallari turlari; 
- tarmoq o‘lchami; 
- tarmoqda axborot uzatish tezligi
- tarmoq tuzilishsi; 
- boshqarish usuli. 
Kommutatsiya usullari bo‘yicha ma’lumot uzatish tarmoqlari quyidagilarga 
bo‘linadi: 

Download 2,86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish