• Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari
  • Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
  • Taqdimot nutqi




    Download 1,28 Mb.
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,28 Mb.
    #246398

    Taqdimot nutqi

    REJA :

    • Taqdimot nutqi haqida umumiy tushuncha.
    • Og’zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari.
    • Adabiy tilni o‘rganish va egallash usullari.

    Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:

    • Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:

    Og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir.
    Og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud, ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
    Og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi
    Og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqiy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq.
    Kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi.

    Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:


    1) kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi (adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
    3) radio va televideniya nutqi (tili) (diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
    4) sahna nutqi (aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
    2) lektorlar nutqi (pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari, bu monologik xarakterdagi nutq).
    Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:
    1) tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi;
    2) tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi;
    3) mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish:
    a) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,
    b) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni) o‘qish hamda radio, televideniya eshittirishlarini tinglash va she’r yodlash orqali.
    4) nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil shug‘ullanish orqali amalga oshadi.

    Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.

    • Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
    • Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi.

    So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim:
    jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi)
    havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik)
    chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish)
    ixchamlik, harakatchanlik
    suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash orqali tinglovchiga ta’sir qilish xususiyati)
    moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi)
    qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi)
    keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi)

    Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.

    • Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
    • Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

    • НУРМОНОВ.A .ТАНЛАНГАН АСАРЛАР III ЖИЛДЛИК Т:,2012 “Академнашр”
    • Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.
    • Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.
    • Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ. Дадабоев. –Тошкент, 2004.
    • Халилова М. Ўзбек тили стилистикаси асослари. –Фарғона, 2009.
    • Taqdimot nutqi haqida. ” Til va adabiyot ta’limi” jurnali. 2015.

    ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


    Download 1,28 Mb.




    Download 1,28 Mb.