KVANT MEXANIKA NAZARIYASI




Download 8.05 Mb.
bet11/248
Sana27.07.2021
Hajmi8.05 Mb.
#16143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   248
2.3. KVANT MEXANIKA NAZARIYASI

1927 yilda elektronning ikki xil tabiatli ekanligi, ya‘ni uning zarracha va to’lqin xossalarga ega ekanligi tajribada tasdiqlanganidan keyin atomlar tuzilishi haqida to’lqin mexanikasiga asoslangan yangi nazariya – kvant mexanika nazariyasi yaratildi.

Kvant nazariyasi vodorod atomining tuzilishini birmuncha tushuntirib berdi, ammo uni ko’p atomli molekulalarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi.

Kvant mexanika nazariyasiga ko’ra, nur dualistak (qo’sh) tabiatiga, ya‘ni ma‘lum massaga ega bo’lgan, zarracha (korpuskulyar) tabiatiga va to’lqin tabiatiga ega. Bunday tabiat faqat nur uchun xos bo’lmasdan, balki elektron, proton, neytron singari elementar zarrachalarga ham xos ekanligi aniqlangan. Bu zarrachalar oqimi kristallarga yo’naltirilsa, ular difraktsiyaga uchraydi. Shunday qilib, ularning ham korpuskulyar (moddiy), ham to’lqin tabiatiga ega bo’lishi, ya‘ni dualistik tabiatda ekanligi tasdiqlangan.

Bu nazariyani yaratgan (1924 y.) fransuz olimi De – Broyl harakatning to’lqin uzunligi ( - lyamda) bilan zarra massasi o’rtasida quyidagicha bog’lanish bor ekanligini qayd etdi:

 = h\my (2.3.)

bu yerda:  - Plank doimiysi,

m – massa va

y – tezlik.

SHu bilan De – Broyl kvant mexanikasining asosiy nazariyasiga asos soldi. Keyinchalik Shredinger, Geyzenberg va Dirak bu nazariyani yanada mukammal o’rgandilar. Bu nazariyaga muvofiq, har qanday mikrozarrachaning harakatini qandaydir davriy (takrorlanuvchi) jarayonga o’xshatish, u bilan bog’lash mumkin.





Download 8.05 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   248




Download 8.05 Mb.