637
www.
kokanduni.uz
TARBIYA JARAYONIDA OILA MAHALLA HAMDA TA’LIM MUASSASALARINING O’ZARO
HAMKORLIGI
Tojikarimova Moxira Anvarjon qizi
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1 bosqich talabasi,
Valiyeva Nargiza
Qo’qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yurt kelajagi boʻlgan yoshlarning, bolalarning mustaqil va
erkin shaxs sifatida shakllanishida oila , mahalla va maktab hamkorligi, taʼlim-tarbiya
jarayonini har tomonlama takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega, o’zaro hamkorlikni
yanada mustahkamlanishi samarali tashkil etilishi yoshlarni barkamol avlod sifatida kamol
topishi uchun zamin bo’ladi. Yurt kelajagi yoshlar qo’lida ekan ularga yoshligidan tarbiyani
yaxshi berish kerak ya’ni birinchi o’rinda oiladan boshlash kerak.
Kalit so’zlar: Ta’lim, o’qish, dars jarayoni, pedagogik texnologiyalar, kreativlik,
kengaytirilgan texnalogiyalar, hamkorlik, jamiyat, mustahkam, barkamol, tashabbus,
konsepsiya, oila, mahalla.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lini tanlagan mamlakatimizda oila,
mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi va unda shaxs tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatuvchi
milliy qadriyatlar yil sayin qadr topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi
davlatimiz tomonidan ijtimoiy institutlarga har tomonlama e’tibor qaratilayotgan bo’lsa,
ikkinchi tomondan mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo’lga kiritilgan milliy
qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy inostitutlar
va uning muammolari bo’yicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb
ahamiyatga molik bo’lib qolaveradi. Yosh avlodni tarbiyalashdek buyuk ishga
Prezidentimizning ta’lim sohasiga alohida e’tiborlarini qaratganliklari har bir fan
o’qituvchisidan o’z faoliyatiga jiddiy yondashishini talab etmoqda. Davlatimiz rahbarining
qator qarorlari asosida yoshlar bilan ishlash negizida mahalla maktab va oilaning o’rni haqida
fikr yuritilgan.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda
ishlab chiqilgan “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasi yoshlarni
istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar qilib tarbiyalashda keng
jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida dasturulamal bo’ldi. “Oila, mahalla, ta’lim
muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda o’zbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning
ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol
toptirishning ustuvorligini ta’minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy
hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy
tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir. Kontseptsiyada jamiyat taraqqiyotining
ma’naviy-axloqiy negizi bo’lgan milliy va umuman insoniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy
tarbiyaning o’zaro aloqasi hamda muhim yo’nalishlari belgilab olingan. Chunonchi, mahalla,
oila va ta’lim muassasasi hamkorligida milliy tarbiya yo’nalishda yoshlarning o’zlikni anglash,
vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik,
milliy odob, fidoyilik kabi fazilatlarni o’zlashtira olishlari zarurligi ko’rsatilgan bo’lsa,
umuminsoniy yo’nalishda hamkorlikdagi pedagogik faoliyatning huquq, iqtisodiy, jismoniy,
aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya sohalarini qamrab olishi muhim ekanligiga
e’tibor qaratilgan.
638
|