www.
kokanduni.uz
institutini yanada rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har qaysi insonning baxtu
saodati,
kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada mustahkamlash va
farovonligini oshirish, bu borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi bosqichga
ko’tarishdek olijanob rejalarni amalga oshirish ko’zda tutilgani hammamizga yaxshi ayon.
Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo’lib
yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan
Davlat Dasturi asosida
hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham
tashabbuskorligi va o’zaro hamjihatliligi talab etiladi. Oila kabi mahalla ham jamiyatini
shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz
tarixi guvohlik beradiki, o’zbek jamiyatida
jamoa bo’lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so’zi arabcha „Mahallun"
so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma’noni
anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo’lib, o’tmishdan meros bo’lib
kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz Mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va
barqarorlik hukm suradi, deb ta’kidlamagan. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan naqldan
kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berish jarayonini amalga oshirish
borasida kichik Vatan bo’lmish mahallaning oldida quyidagi vazifalar turadi: mahalla faollari
tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi
kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona
yechimlarini topishda
faollik ko’rasatilishi, mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni
aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh
bo’lishi,ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan
jamoatchilik choralarini ko’rish, mahalla hududidagi o’quv-tarbiya
muassasalariga iqtisodiy
va ijtimoiy yordam ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash, ota-onalar orqali bolalarni
tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik,
milliy odob, mafkuraviy
onglilik, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag’batlantirish;yoshlarga
diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri anglab yetishiga ota-onalar
orqali ta’sir ko’rsatish, ulug’ ajdodlarimizning tarbiyaviy o’gitlarini singdirib borishga
jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik
va milliy mafkura
g’oyalarini, respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil
qilishdir.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bolanitarbiyalashda, maktab, mahalla, oila
hamkorligi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va oldimizga
qo’ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Qush uyasida ko’rganini
qiladi” deganidek bola ham oilasida qanday tarbiya ko’rsa jamiyatda ham mahallada ham
shuni ko’rsatadi. Ulug’ bir donishmandlardan biri “Agar sen bir yilni o’ylasang bug’doy ek,
hosini kuzning o’zidayoq olasan. O’n yildan keyinni o’ylasang, bog’ yarat, uch to’rt yil o’tib,
meva beradi. Agar sen kelajak tashvishing bilan yashasang farzandlaringga
yaxshi tarbiya
ber”- degan ekan. Bu bilan nima demoqchi ya’ni kelajaging bolang qolida sen unga qanday
tarbiya bersang shuni o’zingga qaytaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. R. Mavlonova, K. Xoliqberdiyev, "Pedagogika". T: "O’qituvchi nashriyoti". 2002- yil
2. R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonqulovalarning
TARBIYAVIY ISHLAR
METODIKASI
3. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o’quvchilarning
vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish. Academic research in educational sciences, 2(3),
4. Umumta’lim fanlar Metodikasi jurnali