|
Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar
|
bet | 6/21 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 206,92 Kb. | | #120634 |
Bog'liq Tarbiyaviy ishlar metodikasi-www.hozir.orgTalabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar:
1. O’quvchilarning hayoti va faoliyatini qanday kuzatiladi ?
2. O’quvchilar mehnatini ilmiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz ?
3. Rejaning qanday turlari mavjaud?
4. Rejaning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
5. Ish o’rniga qo’yiladigan talablar ayting?
6-MAVZU. SINF JAMOASINI TASHKIL ETISH VA UNI TARBIYALASH METODIKASI
Reja:
1.Sinf rahbarining sinf jamoasini shakllantirisdagi vazifalari.
2.Sinf jamoasini tashkil etishda foydalaniladigan usullar.
3.Sinf jamoasini tarbiyalashda ota-onalarning o’rni.
A s o s i y t u sh u n ch a l a r: sinf jamoasi, usul, tarbiya…
1. Sinf rahbari ishida o'quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning etakchi prinsipidir.
Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to'liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish; faollarni aniqlash, o'quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish, va ko'paytirish.
Ta'riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo'llanma bo'lib hisoblanadi.
Bolalarning jamoa turmush, normalari va qoidalarining intizomini bo'zilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzulishi ta'sirchanligi ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo'lib, ularda yakdil fikr va sinf raxbari tayanishi mumkin bo'lgan ta'sirchan faollar bo'lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo'lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo'llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo'lsa, uning ayrim o'quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo'yishini kuzatish mumkin.
Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri – o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog'oz yoki metallolom to'plash, kechaga tayyorgarlik ko'rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko'zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o'quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo'ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo'lmaydi.
Sinf rahbari ishining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o'quvchilar jamoasini shakllantiradi. O'quvchilarning asosiy vazifasi o'qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o'qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o'zlarini darsda qanday tutishlarni, o'zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi – ularning o'qishdagi muljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
8–«B» sinfda shpargalkalar, aytib turishlar ko'chirib yozishlar avj olgan edi. O'quvchilar buni tan olishdan ham uyalishmas, bunday holni o'ziga xos do'stlik jamoatchilik deb hisoblashishar edi. Aksincha savollarga javob olishda «Sen shpargalkaga qanday munosabatdasan?» degan savolga faqat bir o'quvchi – Nargiza bunday deb yozdi: «Aytib turishni va aytib turishdn foydalanishni o'ziga ep ko'rmayman». Anketa savollariga javob qaytarish natijalarini muhokama qilish chog'ida ko'pchilik Nargizaning tutgan yo'lidan g'azablanishdi: Qaranglar qanday mag'rurlanib ketibdi! Qadr- qimmat bizda ham bor, lekin u algebra bo'yicha kontrol ishga nisbatan ancha muximroq ishlarda namoyon bo'ladi. Sinf rahbariga bu sinfda ishlash juda qiyin edi. Bu erda ko'pgina qobilyatli va yaxshi o'zlashtiradigan ayni paytda qoloq o'quvchilar ham bor edi. Darsdan tashqari payitlarda turli tadbirlar-kechalar, uchrashuvlar, ekskursiyalar o'tkaziladi. Lekin, bularning hammasi eng muhim narsaga – o'quvchilarning ta'lim jarayoniga, munosabatiga va bu jarayondagi o'zaro munosabatiga ta'sir ko'rsatmasdi. Ko'pchilik 8–sinf o'qituvilari: o'qish har bir kishining shaxsiy ishi, degan prinsipga amal qiladilar. Yuqorida bayon etilgan sinf jamoasi rivojlanish darajasining pastligidan dalolat beradi. Mana shunday holatlar ro'y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak buning eng ishonchli usuli – o'quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o'zaro faol hamkorlik qilish jarayonida ko'zatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar. Masalan: anketa, tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish, boshqalardan ham foydalanish mumkin.
Lekin, bu usullar guruhni juda ehtiyotkorlik bilan katta pedagoglik odobi bilan qo'llash lozim. O'quvchilarni o'rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi o'qituvchilar uchun qonun bo'lishi kerak.
2.Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab
o'qituvchisini o'z-o'zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga bo'yini yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar – bu albatta, yomon o'zlashtiruvchilar emas, holbuki ular orasida odatda ular ko'pchiligi ana shunday bolalardir. Zamonaviy sinf rahbar o'quvchidar yomon xulq atvorining, past o'zlashtirishning sabablarini puxta o'rganadi. Bunda o'quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma'naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari – dastavval muayyan prinsiplarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan maqsadlar yo'naltirib turadigan o'zaro ma'suliyatli munosabatlardir.
Sinf o'qituvchilari ko'p bo'lgan sharoitda har bir bola yakka tartibda yondashish, har bir bola qalbiga to'g'ri yo'l topish juda qiyin. Agar o'quvchilar jamoasi qo'llab quvvatlasa, har xolda bunday yo'lni topish mumkin.
Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o'quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o'quvchi bilan qiziqtirib qo'yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo'ladi, lekin «ajratib qo'yilgan» bolalar bo'lmaydi.
O'quvchilarning xulq atvori, o'quvchining muntazam o'rganishni o'z oldiga maxsus maqsad qilib qo'ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o'zgarishi mumkin. Bunday o'rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani tashlantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o'quvchilarning rivojlanishga ta'sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo'lishi kerak.
3.Sinf rahbari o'quvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan tarbiyalashda ota -onalar bilan o'zaro hamkorlikda bo'ladi.Ota-onalarga pedagogik bilim berishni uyushtirishda sinf rahbariga muayyan tarzda yordam beradigan asosiy manba «Ota-onalarga pedagogik bilim berishning namunaviy dasturi»dir. Mazkur dastur o'quvchilarning ota-onalari bilan xilma-xil mashg'ulotlarni birga qo'shib olib borishni ko'zga tutadi.
Dasturda o'quv yili mobaynida ikkita umumta'lim mashg'ulotni va har bir sinf ota - onalari uchun 6 tadan 9 tagacha mashg'ulot o'tkazish ko'zda tutilgan. Mashg'ulotlar shunday tarzda quriladiki, ota-onalar pedagogika, psixologiya va fiziologiya asoslari izchil kursini o'zlashtirib, farzandlari bilan sinfdan-sinfga o'tgandek bo'lishadi. Kurs bolalarning yosh xususiyatlariga muvofiq va ta'limining har bir yildagi ta'lim-tarbiya vazifalarini hisobga olib qurilgan.
Ota-onalarning yuksak ta'limiy va madaniy darajasi pedagogik va psixologik ta'sir etish sifatini oshirish uchun ular bilan bevosita muomalada, o'qituvchilarning bu yo'nalishidagi ijodiy jamoa ishida o'rganish mumkin.
Ota-onalar bilan ish olib borishning an'anaviy tarkib topgan shakl bu ota-onalar yig'ilishlaridir. Ota-onalar majlislari turli xil ko'rinishda bo'ladi:
1)Tashkiliy yig'ilishlar ota-onalar komiteti saylanadi.Bunda asosan jamoatchi o'qimishli kishilar (hisoblanadi) saylanadi.
2)Chorakdagi yakunlovchi sinf majlislari ota-onalarning e'tiborini o'quvchilarning bilishga doir qiziqishlari, axloqiy qobilyatlari, irodali fazilatlari, rivojlantirishdagi yutuqlari, kamchiliklari, foydalanilmagan imkoniyatlarga qaratish maqsadini ko'zda tutadi. Agar har bir ota-ona majlisdan keyin o'z bolasiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish sistemasiga to'zatishlar kiritishning asosiy yo'llarini aniq
tasavvur etsagina, sinf rahbari o'tkazilgan majlislardan qanoat hosil qilishi mumkin.
3)Biror mavzuga bag'ishlangan yig'ilishlar, tarbiyaning eng dolzarb muammoalari yuzasidan o'tkaziladi.
Agar maktab sinf rahbarlari orqali ota-onalarga ularning pedagogik bilimini oshirishda yordam berar ekan o'z navbatida ota-onalar ham maktabga bolalarni tarbiyalashni tashkil etish ishda har tomonlama yordam berishlari mumkin va lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar komiteti bilan mohirona, yaxshi uyushtirilgan va yo'lga qo'yilgan ishi, bolalar bilan olib boriladigan butun tarbiyaviy ishlarning muvafaqqiyatli bo'lishiga garov hisoblanadi. Tashabbuskor, ijodiy ishlaydigan ota-onalar komiteti sinf rahbariga, sinf jamoasini tashkil qilishdagi bebaho yordamchisidir.
Yakka tartibdagi pedagogik suhbat sinf rahbarining o'quvchilar ota-onalari bilan olib boriladigan ishining eng ommalashgan qulay va samarali shakli hisoblanadi.
Suhbat yordamida vujudga keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan ishonchli munosabatlar o'rnatish, o'quvchilar oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo'shimcha ma'lumotlar olish, ota-onalarga pedagogik bilim berish, bolaning yakka tartibdagi rivojlanish dasturini birgalikdagi pedagogik xarakatlar sistemasini ishlab chiqish, ota-onalarning tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishlarini va tarbiyasi qiyin bola hulqini tuzatish va o'quvchilar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish, kabi keng ko'lamdagi ta'lim-tarbiya vazifalari hal qilinadi.
O'qituvchilar u yoqi bu o'qituvchining biror o'quvchi uning darsida intizomni buzganligi xususidagi shikoyatga javoban ota-onani maktabga chaqirtiradilar. Sinf rahbari hamma narsani sinchiklab o'rganib chiqishi kerak. Ba'zan o'quvchilarning darsda yomon ishlashga, gap qaytarishga va hakozolarga o'qituvchining o'zlari aybdor bo'ladilar. Bunday holda o'qituvchida pedagogik odobning yo'qligi yoki uning darsdan, sinfdan tashqari ta'lim-tarbiya jarayonini yomon tashkil etganligi uchun ma'suliyatni o'qituvchi va ota-onalarga ag'darish noto'g'ri bo'lur edi. Agar o'quvchi bir muncha tarbiyasiz intizomsiz bo'lsa ham sinf rahbari ota-onalarga faqat uning kamchiliklari haqida gapirmasligi kerak. Bu ularning yoqimsiz bo'lib, ular va pedagog o'rtasida ishonchli munosabatlar o'rnatishiga yordam bermaydi.
Har bir ota-ona o'z farzandini yaxshi ko'radi, shuning uchun ular, o'z farzandida hosil bo'lgan yangi, ijobiy kurtaklar xususida quvonchni o'rtoqlashadigan va bolalarning xulqidagi ijobiy jihatlarni mustahkamlash yuzasidan ehtimol tutilgan, birgalikdagi harakatlar xususida maslahatlashishni muhim deb hisoblaydigan sinf rahbariga samimiy hurmat va ishonch bilan qaraydilar. Bunday sharoitda ota yoki ona juda hayrixoh bo'ladi va sinf rahbari bilan bajonidil aloqa bog'laydi.
Sinf rahbarining o'quvchilar oilalarida bo'lishi maktab va oila o'zaro hamkorlikning muhim shakli hisoblanadi. Oilada bo'lishning maqsadini aniq vaziyat belgilab beradi. Sinf rahbari nima maqsadda oilaga berishga muvofiq tarzda unga oldindan tayyorgarlik qo'radi (O'qituvchilar bilan maslahatlashadi, o'quvchining o'zlashtirishi xulqini aniqlaydi, avvalgi borishi natijalari to'g'risidagi mavzularni ko'rib chiqadi, suhbat mazmunini va shaklini belgilaydi, muhokama qilish ota-onalar bilan kelishish uchun masalalarni tanlaydi, yaqin kelajak uchun ota-onalarning tarbiyaviy vazifalarni, tavsiyanomalarni va hakazolarni belgilab oladi).
Oilada bo'lganda faqat maslahatchi bo'lib qolmasdan, o'zi ham ota-onalarning fikri va takliflariga quloq solishlari kerak, chunki ular farzandlarining muvofaqqiyati-dan bizga nisbatan kam manfatdor emaslar. Yuqori sinf o'qituvchilarining oilalariga borishni zarur deb hisoblaydigan sinf rahbari nohaqdir. Yuqori sinf o'qituvchilari oldida kasb tanlash mummosi turadi, ota-onalar esa bunga o'z farzandlarining u yoki bu faoliyatiga qiziqishi va qobilyatini inkor etib, o'z hayotiy tajribalari asosida yondoshadilar. Bu jihatdan sinf rahbari tamonidan odob bilan yordam berishi zarurligi ravshandir.
Nobop oilalar bilan ishlash sinf rahbari uchun alohida qiyinchilik tug'diradi. Odatda bola oilaviy notinchlikning qurboni bo'ladi, binobarin uni pedagogikaga zid oilaviy munosabatlardan asrash – maktabning vazifasidir.
9 – sinf o'qituvchisi Javlonning ota-onasi o'zaro qattiq ziddiyatda edilar. Otasi muhandis, spirtli ichimlikka berilib, rafiqasini haqoratlardi. Hattoki munosabatlarini yumshatishni istab uning bu qilmishlariga chidab kelardi. Lekin o'g'li Javlon aralashib otasidan onasini taqqirlashni bas qilishini talab qiladi. Ish mushlashishgacha borib etadi.
Shundan so'ng Javlon darslarga bormay qo'yadi. Sinf rahbari shoshilincha chora ko'radi, ya'ni Javlonning otasi ishlaydigan joyga borib tushuntirish ishlarini olib boradi. Shundan so'ng oilada vaziyat asta sekin yaxshilana boradi. Ona ham, o'g'il ham o'qituvchining ota bilan suhbatlashganini bilishmaydi.
Jamoatchi va bilimli sinf rahbari har qanday vaziyatdan juda ustalik bilan chiqib ketadi va har tomonlama rivojlangan sinf jamoasini tashkil qiladi.
5. Maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta'sirini muvofiqlashtirishda – oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta'sir ko'rsatishga qodir va odatda ta'sir ko'rsatadi,
Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqiyosi uning mafkuraviy va psixologik ta'sir ko'rsatishining chuqur o'ziga xosligi bilan uyg'unlashib ketadi. Bu esa uni oila darajasida ta'sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shahsiy tiklantirish jarayoninig zarur bo'g'iniga aylantiradi.
Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy jamoa, guruh va individual shakllarda tashkil etiladi. Tabiyki individual shakllar muammolash nazarda tutmaydi.
Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya'ni ularda o'quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi), o'z mohiyatiga ko'ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadiga (masalan, leksiya, konsert va hokazo) erishish uchun qatnashchilarning o'zaro muammosini nazarda tutmaydi.
Jamoa tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir bunda mazkur ish bolalarning tarkib jihatdan (eng ko'pi bilan besh kishi) guruhlarda amalga oshiriladi. Shunday kichik guruhlarda barcha a'zolar bir-birlari bilan bevosita muomilada bo'ladilar va bir-birlariga bevosita ta'sir ko'rsatadilar.
O'qituvchilar guruhlarda muammolarning o'ziga xos husuiyatini o'rganish uning guruhlarni o'quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga aylantiriladigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Maktablarda guruhiy ishlarni tashkil etishning turli usullari qo'llaniladi: bir xil ishlar: unda jamoani tashkil etgan barcha guruhlar bir xil topshiriqlarni bajaradilar; tabaqalashtirilgan guruhiy ishlar; unda guruhlar individual topshiriq oladilar. Tashkil etishning guruhiy shakllari amalda o'quvchilar faoliyatining barcha sohalarida qo'llaniladi. Masalan: sinfdagi darsdan tashqari bilish faoliyatida «topilgan va topilmagan sirlar kechasi» o'tkaziladi. Sinf bir necha guruhga bo'linadi, ulardan har biri o'z «siri»ni belgilab va uni sinfga taqdim etadi. Darsda bilish faoliyatini masalan 8-sinfdagi tarix darsida o'quvchilar guruhlarga bo'linadilar, ularning har biri topshiriq oladi. Guruhlarning vakillari topshiriqlarning bajarilish yakunlarini butun sinfga ma'lum qiladilar, sinf ular muhokama qilib, tuzatishlar kiritadi.
Jamoa tashkil etganda o'quvchilar muhitida mavjud bo'lgan haqiqiy guruhlarni tutish, bir-biriga va o'zaro do'stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo'nalishi, qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Ikkinchi tomondan bu hol guruhdagi muammolarni jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomila sohasiga olib kiradi.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o'qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo'lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a'zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o'rtasiga muomalaga ta'sir ko'rsatish imkonini beradi.
|
| |