• Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar
  • MAVZU-9. OQUVCHILARDA INTIZOMLILIKNI TARBIYALASHNING USUL VA METODLARI
  • A s o s i y t u sh u n ch a l a r
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi




    Download 206,92 Kb.
    bet9/21
    Sana16.12.2023
    Hajmi206,92 Kb.
    #120634
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
    Bog'liq
    Tarbiyaviy ishlar metodikasi-www.hozir.org

    Sharqning faylasuf shoiri Shayx Sa'diy:
    Agarda muallim bo'lsa beozor,
    Bolalar sinfni qilishar bozor, deb bejiz aytmagan.
    Yana shuni ham aytish kerakki, intizom deganda bolalarning partada qimirlamay o'tirishini emas, balki ongli intizomni tushunish kerak. Ko'pgina o'qituvchilar o'zicha intizom o'rnatmoqchi bo'ladilar. Sinfga qosh-qovog'idan qor yog'dirib kiradilar, dag'-dag'a qilib bolalarni siquvga oladilar, gah desa qo'lga qo'nadigan qilmoqchi bo'ladilar. Bu bilan mutlaqo kelishib bo'lmaydi. Zo'ravonlik asosiga qurilgan tartib yaxshilikka olib bormaydi. Bu murg'aqk qalblarga adovat urug'ini sochadi, ularni sovuqqon, qo'rqoq, jur'atsiz, yolg'onchi, ozurda qilib qo'yadi.
    Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o'quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg'in, ijodiy, ko'rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va hayratini uyg'otish, lol qoldirish, dars o'tilgach birorta ham o'quvchini «beish» qoldirmaslik – har biriga o'ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir.
    Intizomli bo'lish nafaqat maktabda, balki o'quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega.

    Talabalarning o’z-o’zini tekshirishi uchun savollar:
    1.O’quvchilar bilish faolligini oshirishda sinf rahbarining vazifalari qanday ?

    2.O’quvchilar bilish faoliyatini takomillashtirish yo’llari haqida gapiring ?

    3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quvchilarning ishonchini qanday qozonish mumkin?

    MAVZU-9. O'QUVCHILARDA INTIZOMLILIKNI

    TARBIYALASHNING USUL VA METODLARI
    Reja:

    1.O’quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda sinf rahbarining maqsadi va vazifalari.

    2. Har bir o’quvchining bilimdonligi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash.

    3. Intizomlilikni tarbiyalashda no’ananaviy dars turlaridan foydalanish.



    A s o s i y t u sh u n ch a l a r: intizomlilik, ijodiy imkoniyat, no’ananaviy dars…
    Sinf rahbari o'z o'quvchisini doimo o'rganib borishi uchun faqat o'quvchilar bilangina emas, balki o'qituvchilar bilan, o'quvchilarning ota-onalari bilan ham ish olib borishi kerak. Sinf xonasining jihozi va ko'rinishi o'quvchilarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Sinf rahbarining ko'rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o'quvchilarni darsdan bo'sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o'quvchilarning jamoat toshiriqlarini bajarishini, to'garaklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak.
    Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yaxshi xislatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar o'qituvchi o'z o'quvchilariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo'lsa, bunday o'qituvchini o'quvchilar hurmat qilmaydi va obro'si tushib boradi.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo'nalishlarini topib joriy etishga bog'liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holda keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. O'zbekistonda yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ular ongiga umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy, ahloqiy qadriyatlarni singdirishi talab etiladi.
    O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda sinf rahbari o'z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'yadi:
    yosh avlodni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy tarxiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishidir;
    shaxsning aqliy, ahloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishi;
    yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash hayot mazmunini tushunib olishga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi 'issini uyg'otish;
    o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o'stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
    har bir o'quvchini bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarda joriy qilib ko'rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlar uchun shart-sharoitlar yaratish;
    insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish, birg'birini tushunadigan, mehribonlik, shaftaqlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik, muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg'onchilik, tuxmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo'llanilishi lozim;
    vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o'zaro munosabat – muloqotni o'rganish, o'z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo'lib turish, O'zbekiston Resublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O'zbekiston Konstitutsiyasiga, bayrog'iga, gerbiga, madhiyasiga, prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
    qonuniy jamoa ahloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o'zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta'lim-tarbiya berish;
    mustaqil respublikamiz O'zbekistonning ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va holisona baho berishga o'rgatish, uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ochiq-oshkora tashqi siyosatiga va o'z xalqining turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatni to'g'ri tushuntirmog'i kerak.
    turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
    sog'lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo'lish istagini shakllantirish;
    yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o'rgatish;
    barkamol avlodga xos odoblilik san'ati va madaniyatini o'rgatish;
    o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish;
    insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma'naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-ahloq haqidagi bilimlardan boxabar etish;
    marakaziy Osiyo mutafakkir va ma'rifatparvarlarning asarlaridagi xikmat, o'git va nasihatlarni o'rgatib, ularga amal qilishni uqtirish;
    tabiatga to'g'ri munosabatning mohiyatini, tabiyatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligini, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash va baholash bo'yicha bilimlar berish;
    ota-ona va vatan oldidagi burchni va unga sodiqlik nima ekanligini anglatish;
    o'z-o'zini anglash shart-sharoitlarini, inson qadri va xurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umuminsoniy madaniyatini, ona tilishini saqlash, ma'naviy taraqqiyotni bozor iqtisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushuntirib berish;
    yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo'lish, yaxshini-yomondan ajrata olish bilimiga ega bo'lishini tushuntirish;
    ta'lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy, ma'naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish;
    o'quvchilarni bilim olish bilan birgalikda yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib amal qilishga o'rgatish;
    darslarda ma'naviy, ma'rifiy, iqtisodiy, huquqiy, kasbiy tushunchalarning mohiyatini uzluksiz anglatib borishi muhimdir;
    odob-ahloqqa xos sifatlarni o'quvchilarning kundalik ehtiyojiga aylantirish;
    o'quvchilarda mehnat ko'nikmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va atrof olamga ongli munosabatni hosil qilish;
    ahloqiylikning oddiy hayotiy qoidalari bo'lishi kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, oilada bir-birini e'zozlash, mehmon kutish va boshqalarni kundalik turmushga singdirib borishi. Bolalarni tarbiyalashda (o'quvchi) o'qituvchi quyidagilarni hisobga olishi kerak;
    tarbiyaning o'quvchilar ruhiyati va yosh xususiyatiga mosligini hisobga olish;
    o'quvchilarning aqliy-ma'naviy munosabatlari ta'sirini o'rganish;
    o'qituvchi-tarbiyachining savodxonlik darajasi, san'at va mahorati;
    O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda darslarni ijodiy, noan'anaviy, suhbat, o'yin, tabiatda, baxs-munozara, uchrashuv shaklida bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
    Pedagogik texnologiyalarni qo'llashda o'qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:
    1. Zamonaviylik – ta'lim-tarbiya amaliyotga asoslangan tajriba, sinovdan o'tgan didaktika sohasidagi yangiliklarni joriy etish.
    2. Tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish.
    3. Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi-yangi ijodlarni o'rganib borish.
    4. Tarbiya jarayonida o'quvchi bilan o'quvchi faoliyatini optimal-lashtirish, faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish.
    5. Ilmiylik – yangi usul, vosita muammosi holatlaridan foydalanib, o'quvchilarni mustaqil fikrlash va o'zini anglashga o'rgatish.
    6.Buning uchun bolalarni rejadagi mavzular asosida amaliy faoliyatga jalb etish muhimdir.
    7. Ilg'or tajribalarga suyanish.
    8. Tarbiyaning maqsadini aniqligi, mazmunining zamonaviyligi, milliy ma'naviy qadriyatlar bilan boyitilishi, o'quvchining ijodiy mustaqil faoliyati, tarbiya jarayonida maqol, matal, ertaklardan o'rinli foydalanish, o'yin teks savollari, ko'rgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish.
    9. Yangi pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun o'qituvchi nazariy chuqur bilimlarga ega bo'lishi kerak.
    1-2-3-4 sinflarda darslarni turli shakllarda tashkil etish lozim:
    1. O'yin, suhbat, bahs, uchrashuv, ertalik, oilada, jamoat joylarda, mahallalarda har bir dars maqsadining aniqligi, tarixiyligi va zamonaviyligi bilan odob-ahloq tushunchalarini tarbiyalashga qaratilishi.
    2. O'quv mashg'ulotini rang-barang usullar: audio, video, ko'rgazmalilik, jonli so'z ta'sirida tashkil etilishi.
    3. O'qituvchini yangi texnologik mahoratga ega bo'lishi va ijodkorligi.
    Tarbiyaviy soatlarni maqsadiga ko'ra xilma-xil shakllarida tashkil etish:
    1. Ijodiy dars.
    2. Ertalik darsi.
    3. Baxs.
    4. Suhbat.
    5. Siyohat darslari.
    6. Uchrashuvli dars.
    Yangi o'quvchilarni mustaqil fikrlashga odatlantirish maqsadida kino, televidenie,ma'naviy o'yinlar, mushoiralar qo'llanilishi mumkin. Kishilik jamiyatining har bir sohasi u yoki ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda insondan mahorat talab etishini xalq og'zaki ijodiyotida, yozma yodgorliklarida, afsona, doston, ertak, hissa, hikoyat, rivoyatlarda hamda hurfikrli, dono, ma'rifatparvar, mutafakkirlarimizning asarlarida atroflicha talqin etilgan. Shu asarlardan o'quvchilarni ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda bu asarlardan keng foydalanish mumkin.Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyasi odobligi, uning muomalasida namoyon bo'ladi.

    Download 206,92 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




    Download 206,92 Kb.