• Samarqand
  • Markaziy Osiyo
  • Yaponiya va Janubiy Koreya
  • Hindiston
  • Ozarbayjon , Armaniston
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti
  • Orol dengizi
  • Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




    Download 60.75 Kb.
    bet2/3
    Sana24.12.2019
    Hajmi60.75 Kb.
    #4803
    1   2   3
    mahsulotlarini istemol qilish darajasining keskin tushib ketishining oldini olish.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Ikkinchi bosqich (1995-1999-yillar), aholini yoppasiga ijtimoiy himoya qilish tizimidan uni maqsadli himoyalash tizimiga o‘tish. Dolzarb ekologik muammolarni yechishda davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati. Sog‘liqni saqlash va va aholining sog‘lig‘ini himoya qilish tizimining yangi sifatli pog‘onasiga o‘tish. Uchinchi bosqich (2000-yildan – bugungi kunga qadar), aholini aniq yo‘naltirilgan himoya qilishning chuqurlashuvi. Xalqning, ayniqsa qishloq aholisi turmush farovonligining yaxshilanishi, mehnat bozorini rivojlantirishdagi faol siyosatning amalga oshirilishi, ish o‘rinlarining yaratilishi. V BOB. O‘ZBEKISTONNING MANAVIY VA MADANIY RIVOJLANISHI (B1 5 soat, B1 11 soat) 16-mavzu. Ma’naviy merosning tiklanishi (B1 1 soat; B1 3 soat) Manaviyat – insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi. Manaviyatni anglash. Manaviy meros tushunchasi. Mustaqillik – manaviy tiklanish va yuksalish. Milliy g‘oya va madaniy hayot. Manaviyat va jamiyatning yangilanishi. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlari tushunchasi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi. Xalqning manaviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasi. Mustaqillik-yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan etibor. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz)ning yubileylarining jahon miqyosida nishonlanishi.
    Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob-Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Sh. jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    17-mavzu. O‘zbekistonda ilm-fan, sanat va madaniyat (B1 1 soat; B1 2 soat). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi Qarorining ahamiyati. O‘zbekistonda fanning rivojlanishi. O‘zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari. Fanlar akademiyasi faoliyatining takomillashtirilishi. 18-mavzu. O‘zbekistonda talim tizimi islohotlari (B1 1 soat; B1 2 soat) Mustaqillik-yillarida talim tizimi islohotlari. Talimning asosiy turlari. Talim tizimini isloh qilish zaruriyati. “Talim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi (1992-yil 2 iyul). Talim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining “Talim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning (1997-yil 29-avgust) qabul qilinishi va uning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari. Talim tiziminini rivojlanishi va xalqaro amaliyot. Talim sohasidagi asosiy muammolar Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Talim sohasini qayta shakllantirish. 19-mavzu. Mustaqillik-yillarida jismoniy tarbiya va sport (B1 1 soat; B1 2 soat) Sog‘lom turmush tarzining amalga oshirilishi. Mustaqillik-yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilgan ishlar. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari hamda ularning ahamiyati. O‘zbekistonlik sportchilarining erishgan muvaffaqiyatlari. Xalqaro musobaqalar va ularda O‘zbekistonning ishtiroki. 20-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1 2 soat). VI BOB. O‘ZBEKISTONDA ETNIK VA KONFESSIYALARARO MUNOSABATLAR (B1 3 soat, B1 5 soat) 21-mavzu. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik (B1 1 soat; B1 2 soat). O‘zbekiston Respublikasi aholisining etnik tarkibi va tarixiy transformatsiyasi. Etnik mojaro – etnoslararo munosabatlar va etnik jarayonlar ko‘rinishi misolida. Etnik ziddiyatlarni oldini olish masalalari. Islom Karimovning millatlararo nizolarni bartaraf etish va ularning oldini olishdagi o‘rni va roli. Mustaqillik-yillarida O‘zbekiston Respublikasidagi millatlaro munosabatlar sohasida amalga oshirilgan siyosat. Etnik va milliy siyosatning huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi baynalmillal madaniyat markazi va Milliy madaniy markazlarining millatlararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati. Tolerantlik va barqarorlik – jamiyatni demokratlashtirishning muhim omili. 22-mavzu. Diniy siyosat va konfessiyalararo munosabatlar (B1 1 soat; B1 2 soat). Respublikadagi asosiy konfessiyalar. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik. Sovet va mustaqillik davrlarida islom dini.
    Islom (arab. - boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi.
    O‘zbekistonda diniy siyosat va uning huquqiy asoslari. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” qonun (1991, 1998 yy). Din ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasining faoliyati. Konfessiyalararo munosabatlar. Diniy bag‘rikenglikning rivojlanishi. 23-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1 2 soat) VII-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSATI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH BORASIDAGI FAOLIYATI (B1 6 soat, B1 11 soat) 24-mavzu. O‘zbekiston va xalqaro hamkorlik (B1 1 soat; B1 2 soat) O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi – davlat suvereniteti va mustaqillikni mustahkamlash, milliy manfaatlarni himoya qilish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taminlash, O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish, uning xalqaro obro‘sini mustahkamlash. 25-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi tashqi asosiy tamoyillari (B1 1 soat; B1 2 soat). Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, vazifalari hamda ustuvor yo‘nalishlari. 26-mavzu. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari (B1 1 soat; B1 2 soat). O‘zbekistonning BMT va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyo davlatlari, MDH ning boshqa davlatlari bilan aloqalari va hamkorligi.
    Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
    27-mavzu. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli aloqalari (B1 1 soat; B1 2 soat). O‘zbekiston Respublikasining AQSh bilan aloqalari va hamkorligi. O‘zbekiston – Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar.
    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
    Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh.
    O‘zbekistonning Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya kabi mintaqaviy davlatlar bilan aloqalari. O‘zbekistonning yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari.
    Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.
    Yevropa ittifoqi (YI) - oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati ("Umumiy bozor") nomi bilan atalgan. YEI toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 y.
    28-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni taminlash borasidagi faoliyati (B1 2 soat; B1 3 soat). O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, NATO va boshqa tashkilotlar bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taminlash bo‘yicha hamkorligi. O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosini hal qilishdagi tashabbuslari. Markaziy Osiyoning yadro qurolidan holi hudud deb elon qilinishi. O‘zbekistonning ekologik siyosati. O‘zbekiston Respublikasining terrorizm, giyohvandlik va odam savdosi illatlariga qarshi kurashdagi faoliyati. 2012-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining yangi konsepsiyasi. Jami: B1 34 soat; B1 68 soat. Umumiy mavzu: 28 ta. Takrorlash: (B1 1 soat; B1 2 soat). Yakuniy dars: (B1 1 soat; B1 2 soat). Nazorat ishi: (2 soat). O‘quvchilarda fanga oid quyidagi kompetensiyalar shakllanadi: Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi: B1; B1 O’zbekiston tarixiga oid davr va-yillarni o’zlashtiradi. Tarixiy va geografik makon, tarixiy davr haqida ma’lumot bera oladi; Mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ma’lumot bera oladi; Mustaqil O’zbekiston tarixiga doir muhim voqelik va jarayonlarni tahlil qila oladi; mamlakatimizda mustaqillik-yillarida erishilgan ilm-fan yutuqlarini ko’rsatib bera oladi; Mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan voqea va jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1; B1 tarixiy manbalar ustida ishlay oladi; Mustaqil O’zbekiston tarixida sodir bo‘lgan tarixiy voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay oladi; Quyidagi atamalar mazmunini biladi: Deklaratsiya, suvirenitet, senat, parlament, palata, Oliy Majlis, Oliy Kengash, Vazirlar Mahkamasi, Prezident, vitze-prezident, infratuzilma, “o’zbek modeli”, memorandum, bozor iqtisodiyoti, fraksiya, partiya, Ekologik harakat, vazirlik, qo’mita, konfessiya, mahalla, evolyutsiya, konstitutsiya, kodeks, davlat ramzlari, madhiya, gerb, bayroq, hujjat, konferensiya.
    Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.
    O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
    Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: Behbudiy, Fitrat, Islom Karimov, A.Saidov, E.Xalilov, A.Qosimov, U.Ashirbekov, D.Toshmuhamedova, B.Yoqubov, U.Vafoev, U.Muhammadiev, I.Saifnazarov, R.Ermatov, R.Chagaev, M.Abdullaev. Quyidagi sanalarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida ma’ulmot bera oladi. 1991-yil 31-avgust “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 1991-yil 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami. 1991-yil 6-sentabr Prezidentning O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risidagi Farmoni elon qilindi. 1991-yil 18-noyabr Oliy Kengash «O‘zbekistan Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘pisida»gi Qonunni kuchga kiritish haqida qaror qabul qildi. 1991-yil 21-dekabr Almati shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xamda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladilar.
    Armaniston Respublikasi (Hayastani Hanrapetutyun) - Zakavkazyening jan. qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor .
    Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), - Kavkazortining jan.-sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti - Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi.
    Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) - Oʻrta Osiyoning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013).
    1991-yil 29-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga birinchi yashirin ovoz berish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy va muqobillik asosdagi saylovda Islom Karimov ko‘pchilik ovozni oldi va nomzodi xalqning to‘la ishonchiga ega ekanligi yana bir karra namoyon bo‘ldi. 1992-yil 18-fevral Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Davlat Fan va texnika qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. 1992-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) azoligiga qabul qilindi.
    Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) - yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan.
    1992-yil 23-mart O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga azo bo‘ldi. 1992-yil 27-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti kunlarini dam olish kuni deb elon qilish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi 1992-yil 31-mart Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. 1992-yil 2-iyul “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunni kuchga kiritish tartibi haqida Oliy Kengash qaror qabul qildi. Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi Qonunga imzo chekdi. 1992-yil 19-iyul O‘zbekiston Milliy gvardiyasining Qasamyodi matni tasdiqlandi. 1992-yil 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Qo‘shilmaslik harakatiga azo bo‘ldi. 1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimnini tasdiqladi. 1993-yil 20-iyul BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xolid Bashir Malik Prezident Islom Karimovga ishonch yorlig‘ini topshirdi. 1993-yil 28-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida nutq so‘zladi. 1993-yil 24-oktyabr O‘zbekiston Respublikasida BMTning vakolatxonasi ochildi. 1993-yil 26-oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO)ga azo bo‘ldi. 1994-yil 11-yanvar Nukus shahrida Rossiya delegatsiyasi ishtirokida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining Orol dengizi muammolari bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
    Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.
    1994-yil 5-may O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvonini hamda “Oltin yulduz” medalini tasis etish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. 1994-yil 6-may O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat fuqarolari – fashizm bilan urush qatnashchilari va 1941-1945-yil frontorti mehnatkashlarini g‘alaba kuni munosabati bilan «Jasorat» va «Shuhrat» medallari bilan mukofotlash to‘g‘risida Farmon chiqardi.
    Medal (frans. medaille, lot. metallum - metall) - biror voqea, arbob yoki joy sharafiga chiqariladigan, odatda 2 tomoniga tasvir tushirilgan va (yoki) yozuvi boʻlgan, koʻpincha, doyra, tuxumsimon yoki koʻpburchakli shakldagi, har xil oʻlchovli metall nishon.
    1994-yil 1-iyul O‘zbekistonda milliy valyuta - so‘m muomalaga kiritildi. 1994-yil 15-avgust Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori chikdi. 1994-yil 13-14-oktyabr Buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 600-yilligi munosabati bilan Toshkentda xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 1995-yil 26-mart O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha davom ettirish to‘g‘risida umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 1995-yil 19-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida” Farmon chiqdi. 1995-yil 6-may O‘zbek-Amerika “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. 1995-yil 22-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etildi. 1995-yil 10-12-oktyabr Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixida birinchi-marta Toshkent shahrida xristian va musulmonlarning qo‘shma konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
    Musulmon (arab.: مسلم; fors.: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, „oʻzini Allohga topshirgan“) - Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan „musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi.
    1995-yil oktyabr-noyabr YuNESKO 28-assambleyasida buyuk vatandoshimiz Sohibqiron Amir Temurning 660-yilligi yubileyi xalqaro miqyosda nishonlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 1995-yil 21-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunini (yangi tahrirda) tasdiqladi. 1995-yil 26-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “1996-yilni “Amir Temur yili deb e’lon qilish to‘g‘risida” Farmon chiqardi. 1996-yil 3-yanvar Vazirlar Mahkamasi “Buxoro shahrining 2500-yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qildi, Vazirlar Mahkamasi “Xiva shahrining 2500-yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi. 1996-yil 25-mart Asakadagi avtomobil zavodi konveyridan dastlabki avtomobillar chiqa boshladi. Ushbu kun mamlakatimiz tarixida avtomobil sanoati tug‘ilgan sana bo‘lib qoldi. 1996-yil 17-aprel Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining “Kamolot” yoshlar jamg’armasi to‘g‘risida”gi Farmon chiqardi. 1996-yil 26-aprel O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Amir Temur” ordenini tasis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1996-yil 13-may Prezident Islom Karimov Tajan-Seraxs-Trans-osiyo temiryo’l magistralining ochilishida ishtirok etdi. 1996-yil 21-22-iyun Mamlakatimiz raxbari Islom Karimovning Italiyaga tashrifi hamda “O‘zbekiston Respublikasi bilan yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik va sheriklik to‘g‘risida shartnomaning imzolanishi.
    Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) - Yevropa jan. da, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Mayd.
    1996-yil 19-iyul Asakadagi “O‘zDEUavto” korxonasi ishga tushdi. 1996-yil 1-sentyabr Toshkent shahrida Xalqaro olimpiya shuhrati muzeyi ochildi. 1996-yil 18-oktyabr Toshkentda Temuriylar tarixi Davlat muzeyi ochildi. Samarkand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. 1996-yil 24-oktyabr Toshkent shahrida «Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 1996-yil 6-dekabr Prezident Islom Karimov1997-yilni «Inson manfaatlari-yili” deb elon qildi. 1996-yil 26-dekabr Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi Qonuniga imzo chekdi. 1997-yil 7-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning iqtidorli yoshlarning chet ellarga o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Umid” jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida Farmoni elon qilindi. 1997-yil 10-yanvar Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik Shartnomasi imzolandi. 1997-yil 23-yanvar Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Kamoliddin Bexzod nomidagi Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. 1997-yil 21-fevral Vazirlar Mahkamasi “Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponniig 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror chiqardi. 1997-yil 24-aprel “Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (ombudsman) to‘g‘risida” Qonun elon qilindi. 1997-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yangi tahrirdagi “Talim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qildi. 1997-yil 11-noyabr “Xorazm Mamun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqdi. 1997-yil 27-noyabr “Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200-yilligini nishonlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori chiqdi. 1997-yil 5-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining besh-yilligiga bag‘ishlangan majlisda Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil «Oila-yili» deb elon qilindi. 1998-yil 12-yanvar “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni elon qilindi. 1998-yil 13-yanvar “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori elon qilindi. 1998-yil 26-mart “O‘zbekiston teatr sanatini rivojlantirish to‘g‘risida” Farmon elon qilindi. 1998-yil 26-may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori matbuotda elon qilindi. 1998-yil 25-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iftixori” ordenini tasis etish to‘g‘risida” Farmoni elon qilindi. 1998-yil 24-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori chiqdi. 1998-yil 7-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-yilligiga bag‘ishlangan majlisda Prezident Islom Karimov taklifiga binoan 1999-yil “Ayollar yili” deb elon qilindi. 1999-yil 17-fevral 16 fevral kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkentda qabih niyatli kuchlar tomonidan terroristik xurujlar sodir etildi. Oqibatda, begunoh odamlar halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan, Prezident Islom Karimov 1999-yil 18 fevralni O‘zbekiston Respublikasida “Motam kuni” deb elon qilish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi. 1999-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-mayni Xotira va qadrlash kuni deb elon qilish to‘g‘pisida”gi Farmoni elon qilindi. 1999-yil 1-2-may Toshkentda dunyoning 48 davlatlari sportchilari ishtirokidagi milliy kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 1999-yil 10-iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tasis etish to‘g‘risida”gi Farmoni elon qilindi. 1999-yil 19-20-iyul Toshkentda BMT homiyligidagi Afg‘oniston bo‘yicha “6 2” guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 1999-yil 6-noyabr Prezident Islom Karimov “Alpomish” dostonining 1000-yilligiga bag‘ishlab Termizda o‘tkazilgan tantanalarida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. 2000-yil 9-yanvar Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2000-yil 4-mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilarining o‘g‘irlanishi va noqonuniy ravishda chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni elon qilindi. 2000-yil 21-aprel Terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik va boshqa mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun tahdidlarga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va

    Download 60.75 Kb.
    1   2   3




    Download 60.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari

    Download 60.75 Kb.