TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Tarmoqlar (Klaster) metodi
Pedagogik nashrlarda o’qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yo’ki bu maqsadni yechishda o’z o’rnida ishlatilsa, shubhasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda o’quvchi (talaba)lar faolligining yuqori darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shu boisdan bu faslda hali pedagogik amalio’t uchun notanish bo’lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi.
Amerikaning “Street law” (ko’cha qonuni) dasturi bugungi kunda yer yuzining ko’plab davlatlari tomonidan “asr”ga olingan va ta’lim makoniga o’rnashib qolayapti. Bunga sabab dasturdan o’rin olgan yuzlab o’qitish metodlarining faolligi, jozibaligi va ta’sirchanligidir. Ular o’rdamida o’quvchilar o’z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash, o’z mavqeini mustahkamlash, fikrlarini himoya qilish, haq-xuquqlarini anglab yetish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo’ladilar. O’qituvchi esa didaktik jarao’nni qurishda bu metodlardan oqilona foydalanmog’i, ularni mavzu bo’yicha o’quv elementlarining murakkabligi va vaqt tig’izligiga qarab chalg’ishtirmog’i lozim. quyida “Street law” dasturidagi ba’zi metodlar bilan tanishasiz, ularning siru-sinoati va sehridan voqif bo’lasiz.
“Aqliy hujum”.
|
“Aqliy hujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.
|
Dars jarayo’nida aqliy hujumdan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi.“Aqliy hujum”ni uyushtirish bir muncha sodda bo’lib, undan ta’lim mazmunini o’zgartirish jarayo’nida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishda ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo yechimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o’zga kishi g’oyalariga hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. Demak, “aqliy hujum” yo’li bilan qisqa minutlarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslini olganda g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladilar. Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta’sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak. Bildirilgan g’oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.
Shunday qilib, “aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:
- olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
- ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi;
- istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;
- muammo yechimidan uzoq g’oyalar ham qo’llab-quvvatlanadi;
- barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi (farazlari) qayd etish yo’li bilan o’zib olinadi;
- “hujum”ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
- beriladigan savollarga qisqacha ( asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutilishi kerak.
Vazifasi. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko’rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilliligini yo’qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o’tiladi va guruh (sinf) yanada jipslashadi.
Ob’ekti. qo’llanish maqsadiga ko’ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o’qitish jarayonida (o’quv materiallarini tezkor o’zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o’z-o’zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.
qO’llanish usuli. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar o’zib borildi va ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
Izoh: hurmatli kitobxon, mana, amerikacha “aqliy hujum” metodi bilan qisman tanishdingiz (siz, ehtimol, oldindan tanishdirsiz). Aytmoqchi bo’lgan fikrimiz inkor va ta’kid xususida: bu metod mualliflari bizning ajdodlarimizdir. hali Amerika kashf etilmagan bir davrda o’z aql mash’alasi bilan dunyoni yoritgan qomusiy olimlarimizni (Ahmad al Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa) olasizmi, yo’ki yetti iqlimni zabt etgan shohu-sultonlarimizni olasizmi, ular o’z muammolarini yechishda ana shu metoddan keng foydalanishgan. Bobokalonlarimiz bu metodni boshqacha nomlashgan, ya’ni: “kengash”, “mashvarat”, “maslahat” deb atashgan. Misol uchun ,Sohibqiron Amir Temur saltanat oldida turgan muammolarni yechishda mashvarat chaqirib barcha saroy ahlining, vaziru-ulamolarning, farzandlarining fikrlarini diqqat bilan eshitgan va ular asosida yagona hukm chiqargan. Bu holatlar ko’proq harbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratlarda namayon bo’ladi. “Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo’lsam, urush-yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarimning bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim, agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim”. Bugun ana shular haqida o’yga tolib, “g’arb sharqdan o’rganganligiga yuz foiz ishonch hosil qilamiz va yana bir karra yaratganga iymon keltiramiz.
“Ajurli arra”
|
“Ajurli arra” metodi tuzilish jihatidan o’zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
|
1.Topshiriqni bO’lish: Topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi.
2.Birlamchi guruhlar: har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni oladir va ekspertga aylanadir.
3.Ekspert guruhlari: qo’lida bir mavzuga oid o’quv topshiriqlari mavjud bo’lgan o’quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o’rgatish rejasini egallagash uchun ekspert guruhga birlashadilar.
4.Birlamchi guruhlar: o’quvchilar o’zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o’rganganlarini o’qitishadi.
Izoh: “Ajurli arra” mohiyatiga aniqlik kiritish uchun ba’zi bir tavsiyalarni yoritish lozim.
1.o’qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda o’quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o’zlashtirishlariga imkon tug’iladi.
2.U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun o’quvchilarga boshlang’ich axborotlarni uzatish zarurati tug’ilsa, ma’ruza o’rnini bosa oladigan samarali instrumentariy hisoblanadi.
3.O’qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo’yicha o’quvchilarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo’ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi. Unda darslikdan, qo’shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo’lishi kerak.
4.har bir o’quvchi 2 guruh tarkibida ishtirok etdi: dastlab “o’z uyi” (birlamchi) guruhiga, keyin esa “ekspert” guruhiga birlashib, o’quv elementlarini mustaqil o’rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil etish uchun o’quvchilar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir xil rangdagi qog’ozlarga yozilgan yoki rangli qalam bilan qog’ozning biror bir burchagi bo’yalgani ma’qul.
5.har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha kishi (o’quvchilar soniga qarab) bo’lishi mumkin. har bir o’quvchi “o’z uyi”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab olishi kerak.
6.O’qituvchi o’quvchilarni “rangli” topshiriqlar asosida guruhga birlashishini taklif etadi va ular alohida mavzular bo’yicha ekspertga aylanadi. Misol uchun, “qizil”larni sinf xonasi oxirida, “ko’k”larni esa maktab yo’lakchasida uchrashishi belgilanadi. har bir ekspert guruhda 3 tadan kam o’quvchi bo’lmasligi kerak.
7.Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. har qaysi guruh turli xil materiallar to’plamini olishlari va ularni o’qishi, muhokama qilishi, aynan shu axborotlar bo’yicha ekspertga aylanishi lozim. O’quv materiallari bo’yicha “ekspert” bo’lishi uchun o’quvchilarda vaqt yetarli bo’lishi kerak. Bu uchun agar materiallar murakkab va katta bo’lsa, ehtimol, bir dars to’liq talab qilinadi.
8.O’quvchilarga quyidagicha topshiriqlar beriladi:
- paketdagi materiallarni qunt bilan o’rganing va muhokama qiling;
- bir-biringizdan so’rang va o’quv materiallarini har biringiz tushunib olganingizga ishonch hosil qiling;
- o’z “uyingiz” guruhini o’qitish zarurligini hisobga olib materialning muhim o’quv elementlariga e’tiborni qarating.
9. O’quvchilarning o’z “uylariga” qaytishlarini iltimos qiling. har biri o’z “uyi”- guruhiga axborot beradi. Shaksiz, “uy” guruhida ekspert guruhlaridan bittadan o’quvchi bo’lish shart. o’quvchi o’rganib kelgan materiallarni o’z guruhi o’quvchilariga o’rgatish javobgarligini bo’yniga olish lozim. Bu jarayon o’quv materialining o’zlashtirish zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin.
10.O’quvchilar bir-birlaridan axborotlarni o’rganishib bo’lishgach, o’qituvchi oldindan rejalashtirgan faoliyat turini o’tkazishi mumkin.
“Munozara”
|
Bu metod yordamida o’quvchilarga muayyan muammo bo’yicha to’liq axborotlar yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni o’quvchilar ayovsiz “shturm” qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o’rganadilar
|
Munozarani O’tkazish metodikasi.
1. Munozara olib boruvchi - boshlovchi (o’qituvchi, jurnalist, boshliq va hokazo) mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taklif etadi.
2. Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” topshirig’ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi:
- “hujum”dan maqsad - muammo yechimiga oid variantlarni mumkin qadar ko’proq taklif etish;
- O’z aql-idrokingizni markazlashtirishga harakat qiling va diqqatni muammo yechimiga qaratgan holda fikrlar bildiring. Bildirilgan g’oyalar umumiy fikrga zid bo’lsada, hech biri rad etilmaydi;
- boshqa ishtirokchilar g’oyalarini ham rivojlantiring;
- taklif etilganlarni baholashga urinmang, bu ish bilan siz keyinroq shug’ullanasiz.
3. Boshlovchi kotibini tayinlaydi va u yuzaga kelgan barcha g’oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so’zga chiquvchilar tartibi o’rnatiladi, munozaraga barcha ishtirokchilar jalb etiladi va ularga o’z fikrlarini ifodalash uchun imkoniyatlar berildi. Agar biror bir kishi tomonidan “aqliy hujum”ni o’tkazish qoidalari buzilsa, boshlovchi zudlik bilan muhokamaga aralashadi. Birinchi bosqich yangi g’oyalar paydo bo’lguncha davom etaveradi.
4.Boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri “charxlanishi” uchun qisqacha tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. “Aqliy hujum” ishtirokchilari guruhlanadi va birinchi bosqichda bildirgan g’oyalarini mustahkamlaydilar. g’oyalar guruh bo’yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil qilishga kirishdilar va natijada o’rtaga qo’yilgan muammoning yechimiga tegishli bo’lgan fikrlargina ajratib olinadi.
Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi.
Izoh: Amerikacha munozara metodi turli shakllarda tashkil etilishi e’tirof etilgan. Bizning amaliyotda eng ko’p tarqalgan turi - bu “telemunozara” hisoblanadi yoki aniqroq aytadigan bo’lsak, jurnalist quddus A’zamning o’quvchilar bilan telemuloqoti ana shu metodning o’zginasidir.
Teleshou usulidagi munozara afzalliklari xususida ikki og’iz: bu shaklda tashkil etish bir vaqtning o’zida guruhda ma’ruza va munozara metodlarini qo’llash imkoniyatini beradi. 3-5 kishi bo’lgan guruh oldindan tanlangan mavzu bo’yicha boshqa qatnashchi (tomoshabin)lar ishtirokida munozara o’tkazadilar. Tomoshabinlar muhokamaga keyinroq qo’shilib o’z fikrlarini aytishadi yoki savol beradilar.
Teleshou shaklida tashkil etilgan munozarada berilgan mavzu bo’yicha turli fikrlarni birmuncha aniq ifodalashga imkoniyat tug’ildi. Albatta, bu yerda muhokamaga jalb etilganlar suhbatga puxta tayyorgarlik ko’rishlari yoki shu soha bilimdonlari bo’lishlari bilan birgalikda asosiy mavzudan chetga chiqib ketmasliklari kerak.
Teleshouda har bir ishtirokchiga o’z fikrini to’liq bayon qilishlari uchun keng imkoniyatlar berishi lozim (3-5 min). Boshlovchi munozara borishini kuzatib boradi, agar belgilangan mavzudan chetga chiqish hollari ro’y bersa, darhol munozaraga aralashish shart.
“Kichik guruhlarda ishlash”.
|
Kichik guruhlarda ishlash o’quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda o’rganishga imkoni tug’ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi.
|
QO’LLANISh USULI.
1. FAOLIYATNI TANLASh. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada o’quvchilar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi.
2.ZARURIY ASOS YARATISh. O’quvchilar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha ba’zi bilim, ko’nikma va malakalarni oldindan egallagan bo’lishlari kerak.
3.GURUhNI ShAKLLANTIRISh. Odatda har bir guruhda 3-5 o’quvchi bo’ladi, (ehtimol, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma hujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 2-3 kishili guruh tuzilgani ma’qul. Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, sinfdagi o’quvchilar soni, o’quvchilarning bir-biri bilan konstruktiv holatda o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishidir. (jinsi, o’zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruhda ishlash o’quvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi. (Misol uchun, bir o’quvchi munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini O’taydi va hokazo). Sinfni guruhlarga ajratish, hohish bO’yicha O’ki hisob bO’yicha amalga oshiriladi.
4.ANIQ YO’L-YO’RIQLAR KO’RSATISh. O’quvchilarga faoliyatni bajarish bo’yicha aniq va xajm jihatdan ko’p bo’lmagan tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarining ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi. O’quvchilar guruhda ishni boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib yetganligi tekshirib ko’riladi.
5.QO’LLAB QUVVATLASh VA YO’NALTIRISh. O’qituvchi zarurat tug’ilsa guruhlar o’niga navbatma-navbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayo’tganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga ta’zyiq o’tkazilmaydi.
6.MUHOKAMA QILISh VA BAHOLASh. Guruhlarda ish yakunlangach, ular natijalari bo’yicha axborot beradilar. Buning uchun har bir guruh o’z sardorini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan yozilib borildi. Muhimi, guruhning yechimining asoslanishini aniqlashtirib olishdi. Agar vaqt yetarlicha bo’lsa, u yoki bu fikrni argumentlashda guruhlar bir-biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to’g’ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.
TARQATMA MATERIALLAR
1-shakl
Nazariy bilimlarga asoslangan ma`ruzalar
Ilmiy-tadqiqot asoslari bo`yicha ma`ruzalar
Kutubxonalardan foydalanish
Amaliy mashg`ulotlar
Internet materiallariga yondashuv
Arxiv amaliyoti
TITI (talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari)
Maxsus kurslar
Mustaqil ish (referat)
Kurs ishi
Xorijiy adabiyotlar bilan ishlash
Bitiruv malakaviy ishi
Magistrlik dissertatsiyasi
2- shakl
|