• Nasrullayeva Fatima Azatovna “Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/z enodo.7927558
  • Kalit so‘zlar
  • Texnologiyalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana05.02.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #151706
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy


     
     “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
    ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
    231
    O‘QUVCHILARNING ROBOTOTEXNIGA OID BILIMLARINI 
    O‘ZLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 
    Nasrullayeva Fatima Azatovna 
    “Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7927558
     
    Annotatsiya. Maqolada o‘quvchilarning robototexnikaga oid bilimlarini oְzlashtirishning 
    pedagogic shart-sharoitlari haqidagi tushunchalar bayon etilgan. Robotexnika sohasi hamda 
    turli robot turlari tushuntirib berilgan.
    Kalit so‘zlar: Robototexnika, robot, robot tuzilishi, mexanika, elektronika, masofadan 
    boshqarish, gibrid.
    Bugungi kunda axborot texnologiyalarining kelajagi porloqligiga hech qanday shubxa 
    yo‘q. Hamma buni ko‘rib, guvohi bo‘lib turibdi. Ota-onalar bolasining «IT»chi bo‘lishini istaydi. 
    Yoshlarning o‘zi ham bu sohani ikkilanmay tanlamoqda.
    Axborot texnologiyalari dunyosida ilm egallash, bu orqali rivojlanishga o‘z hissasini 
    qo‘shish borasida ayni damda nimalar qilinyapti? Masalan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
    informatika hamda texnologiya fanlari qay darajada o‘qitilyapti? O‘zbekistondagi umumiy o‘rta 
    ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida axborot texnologiyalariga doir birorta fan yo‘q 
    lekin texnologiya fani to‘liq o‘qitiladi. 5-sinfdan 11-sinfgacha haftasiga 2 marta «Informatika», 
    5-sinfdan 9-sinfgach esa texnologiya fani o‘tiladi. Faqat xususiy maktablar o‘z qaroriga ko‘ra 
    «Kompyuter savodxonligi», «Robototexnika» kabi fanlarni kiritganlar. Xususiy maktablarning 
    qamrovi ozligi bois bu yaxshi natija bermaydi.
    Qo‘shni Qozog‘istonda bu yildan birinchi sinf o‘quvchilarining dars jadvaliga «Raqamli 
    savodxonlik» fani kiritildi. Maktablar dars jadvallarida avvaldan mavjud «Axborot-
    kommunikatsion texnologiyalar» va «Informatika» fanlaridagi ta’lim berish jarayonini qayta 
    ko‘rib chiqib, o‘quvchilarga dasturlash tilini ko‘proq o‘qitishga kelishib olindi. Yuqori sinf 
    o‘quvchlari IT-startup, sun’iy intellekt, mobil ilovalar yaratish bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lishi 
    rejalashtirildi. Shuningdek, internetda axborot xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
    odobi, mualliflik huquqi kabi masalalarni chuqur singdirish niyatidalar.
    Bu borada Rossiya va Belarusyadagi ahvol unchalik yaxshi emas. Ushbu mamlakatlarda 
    1-6-sinflarda «Informatika» fani umuman yo‘q. 7-sinfdan boshlab 11-sinfgacha bu fan haftada 
    atigi 1 martagina o‘tiladi. Holat bir necha marotaba soha mutaxassislari e’tirozi, jurnalistlarning 
    tanqidiga sabab bo‘lgan, lekin o‘zgarish kiritilmadi.
    Ukrainada ba’zi maktablarda birinchi, ayrim maktablarda ikkinchi sinfdan axborot 
    texnologiyalari o‘rgatiladi.
    Germaniyada ikkinchi sinfdan «Texnologiya va kommunikatsiya» fani dars jadvaliga 
    kiritilgan. Bunda darslar ancha yengil o‘tilib, asosan virtual va real olam o‘rtasidagi farq 
    tushuntiriladi. 3-6-sinflardan o‘quvchilar murakkab IT loyihalarni o‘rganishga o‘tishadi. 7-10-
    sinflarda dasturlash tili chuqur o‘rgatiladi.
    Finlyandiya, Avstraliya, Angliyada birinchi sinfdanoq axborot texnologiyalariga oid fan 
    kiritilgan. 7-9-sinflarda ushbu dars soatlari ko‘paytiriladi. Amerikada fanlarni o‘quvchilarning 
    o‘zi tanlash tamoyili bor. Lekin yuqori sinflarga kompyuter grafikasi, veb-dizayn, informatika, 
    robototexnika fanlari o‘tilmay qolmaydi.
    Janubiy Koreyada «Informatika» fani o‘rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida 
    majburiy tartibda o‘qitiladi. Sinf yuqorilagan sari soatlar oshiriladi va mavzular 



    Download 0.55 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish