• Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari
  • Axborot hisoblash tizimlarining asosiy vazifalari
  • Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash –




    Download 44.28 Kb.
    bet2/2
    Sana29.11.2022
    Hajmi44.28 Kb.
    #32178
    1   2
    Bog'liq
    Tarmoq – maqsad va vazifalari
    Документ Microsoft Word, Diyorbek Abdiraimov FE 2, 2 ТЕМА БИОТЕХНОЛОГИЯ, 5-SINF ADABIYOT 1-chorak yangi darslik asosida, Anora, Nursultan Dasturlew 6, Tema13-14, 1-Labaratoriya jumisi (1), Investitsiyalar Referat mavzulari, Abduvaliyev diplom ishi, Informatika. 10-sinf (2017, N.Taylaqov, A.Ahmedov), Javoblar varaqasi 2023-2024 milliy test, 202 zuxra, Annaeva Gulbahor
    Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash – hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko‘risnishiga ega bo‘lib, bir biriga bog‘liq bo‘lmagan, lekin o‘zaro bog‘langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.
    Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko‘p mashinali hisoblash tizimlari bo‘lgan edi.
    Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari – bu axborot hisobash tizimi bo‘lib, ularda, aloqa kanallari bo‘yicha qayta ishlash markaziga kelib turuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.
    Ko‘p mashinali hisoblash tizimlari – bu bir necha bir hil yoki mustaqil ravishda turli hil kompyuterlarni o‘z ishiga olgan tizm bo‘lib, unda kompyuterlar bir biri bilan ma’lumotlarini almashish qurilmasi, hususan, aloqa kanallari bo‘yicha bog‘langan. Aloqa kanallari bo‘yicha bog‘langanda gap ma’lumot – hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi.
    Axborot hisoblash tarmoqlari (mumkin bo‘lgan nomi hisoblash tarmoqlari) ma’lumotlarini uzatish kanallari bilan birlashtirilgan kompyuter tizimi ko‘rinishiga egadir.
    Axborot hisoblash tizimlarining asosiy vazifalari
    Axborot hisoblash tarmoqlarining (AHT) asosiy vazifasi – tarmoqdan foydalanuvchilarga turli hil axborot hisoblash xizmatlarini etishni ta’minlashdir, bu esa foydalanuvchilarning bu tarmoqda taqsimlangan resurslarga qulay va ishonchli murojat qilishinin tashkil etish yo‘li bilan bajariladi.
    Ohirgi yillarda ko‘pchilik tarmoqlar xizmatining aksariyat ko‘p qismini aynan axborotli xizmat ko‘rsatish sohasi tashkil etmoqda.
    AHT asosida qurilgan axborot tizimlari hususan, qo‘yidagi masalalarni samarali bajarilishini ta’minlaydi:

    • Ma’lumotlarni saqlash

    • Ma’lumotlarni qayta ishlash

    • Foydalanuvchilarni ma’lumotlarga murojat qilishini tashkil etish

    • Ma’lumotlarni va ma’lumotlarni qayta ishlash natijalarini foydalanuvchilarga uzatish

    Ko‘rsatilgan masalalarni samarali hal etish qo‘yidagicha ta’minlanadi:

    • Tarmoqda taqsimlangan apparatli dasturli va axborotli resurslar bilan

    • Foydalanuvchilarning bu resurslarning istalgan turiga masofadan turib murojat qilishi bilan

    • Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bilan bir qatorda markazlashgan ma’lumotlar bazasi borligi bilan

    • Tizim elementlarini zahiralash bilan ta’minlanadigan tizim ishsining yuqori ishonchliligi bilan

    • Qizg‘in, tig‘iz davrlarda vazifalarni tezkor qayta taqsimlash imkoniyati bilan

    • Murakkab masalalarni tarmoqning bir nechta uzellarining birgalikda ishlash orqali echishdir

    • Mijozlarga tezkor, masofadan turib axborotli xizmat ko‘rsatish bilan.

    Lokal hisoblovchi tarmoq (LHT) bu kabel (angl. Wireless-simsiz) orqali maxsus komponentlar yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy kompyuter (ShK) va atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.
    LHT ning oddiy formasi ikkita ShK. Ular o‘zaro tarmoqli kabel (yoki radio) orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, o‘zining resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, skaner, dasturlar, modem va h. k.).
    Pereklyuchatel tufayli birinchi marta atrofdagi qurilmalarni birga ishlatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bir nechta personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin edi. Bu prinsip bugungi kunda ham qo‘llanib kelinadi.
    Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Server) yaratildi. Bu markaziy kompyuter bo‘lib, bir nechta ishchi stansiyalar bilan ulangan. Markaziy kompyuterda operatsion tizim o‘rnatildi va bu bir nechta ishchi stansiyalarga (clients) bir vaqtda kirish imkoniyatini yaratdi.
    Disk Server ishchi stansiyalarning ma’lum bir qurilmalardan foydalanish imkoniyatini chegaralab qo‘ya olish imokoniyatiga ega bo‘ldi.
    Ishchi stansiyalar boshqargani uchun, bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat ko‘rsatish katta xarajatlar talab qilinar edi.
    Keyinchalik disk-serverlarni faylli serverlar (File-Server) bilan almashtirishdi. Bunda boshqarish vazifalarini server o‘ziga oldi.
    Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka ShK afzalligi shundaki u ko‘p sonli amaliy dasturlar bilan avtonomli ishlay olishidir. Yakka ShK uchun markaziy kompyuter resurslaridan foydalanish kerak emas.
    Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan ma’lumotlarni saqlash lokal tariqasida bo‘ladi. Ya’ni, bu ma’lumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi bo‘lsa, ularni avval saqlash kerak yoki disketaga nusxa ko‘chirish kerak.
    Birinchi kompyuterlar katta xarajatlar talab qilar edi, atrof qurilmasi va xotira uchun ancha-muncha mablag‘ kerak edi. O‘sha vaqtda har bir hisoblash mashinalari orasida ma’lumotlar bilan almashish zarurligi paydo bo‘lgan. Shu sabab bilan kompyuterlar tarmoqga birlashtirila boshlandi.
    LHT ga birlashtirilgan kompyuterlaning, yakka ishchi kompyuterlarga qaraganda afzalligi quyidagicha:
    · Dasturlar va malumotlarni markaziy boshqarilishi (dasturiy markazlashtirish).
    · Ma’lumotlar fondidan birgalikda foydalanish (dolzarb ma’lumotlarni).
    · Ma’lumotlarni yuqori darajada himoyalash va saqlash.
    · Unumdorlikning oshishi (masalan, ancha tez kommunikatsiya).
    · Resurslardan birgalikda foydalanish, xarajatlarni kamaytirish (atrofdagi).
    Download 44.28 Kb.
    1   2




    Download 44.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash –

    Download 44.28 Kb.