|
Tarmoq ulanishi holatini tekshirish
|
bet | 15/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 463,51 Kb. | | #239635 |
Tarmoq ulanishi holatini tekshirish
Tarmoq ulanishi holatini quyidagicha tekshirish mumkin.
Tarmoq tasvirchasi
Tarmoq ulanishi holati va radio to‘lqin kuchini printer bosh ekranidagi ikonkadan foydalangan holda tekshirishingiz mumkin.
Aloqador ma’lumotlar
& “LCD ekranda ko‘rsatilgan tasvirchalar” - 17-sahifada
Boshqaruv panelidan tarmoq batafsil ma’lumotini tekshirish
Printeringiz tarmoqqa ulanganida, tekshirmoqchi bo‘lgan tarmoq menyularini tanlab, tarmoqqa bog‘liq boshqa ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.
Bosh ekranda Sozlamalar bandini tanlang.
Bandni tanlash uchun, udlr tugmalaridan foydalangan holda kursorni ushbu bandga tushiring va so‘ngra OK tugmasini bosing.
Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Tarmoq holati-ni tanlang.
Ma'lumotni tekshirish uchun kerakli menyularni tanlang.
❏ Simli LAN/Wi-Fi holati
Ethernet yoki Wi-Fi ulanishlari uchun tarmoq ma’lumotini (qurilma nomi, ulanish, signal kuchi, IP manzilini olish va boshqalar) ko‘rsatadi.
❏ Wi-Fi Direct holati
Wi-Fi Direct ulanishlari uchun Wi-Fi Direct parametri o‘chirilgan yoki yoqilganini ko‘rsatadi.
❏ Holat varag‘ini chop etish
Tarmoq holati varag'ini chop qiladi.Ethernet, Wi-Fi, Wi-Fi Direct va boshqalarga oid ma’lumot ikki yoki undan ortiq betga chop etiladi.
Tarmoq ulanishi hisobotini chop qilish
Printer bilan kirish nuqtasi o'rtasidagi holatni tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop qilishingiz mumkin.
Qog‘ozni soling.
Bosh ekranda Sozlamalar bandini tanlang.
Bandni tanlash uchun, udlr tugmalaridan foydalangan holda kursorni ushbu bandga tushiring va so‘ngra OK tugmasini bosing.
|
| |