|
LCD ekrandan foydalanish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
|
bet | 2/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 463,51 Kb. | | #239635 |
LCD ekrandan foydalanish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
❏ LCD ekranida bir nechta mayda yorqin yoki qora dog'lar bo'lishi va o'zining xususiyatlari tufayli u notekis ravshanlikka ega bo'lishi mumkin. Bularning barchasi oddiy holdir va ular uning biror tarzda shikastlanganligini ko'rsatmaydi.
❏ Tozalash uchun faqat quruq, yumshoq lattadan foydalaning. Suyuqlik yoki kimyoviy tozalagichlardan foydalanmang.
❏ Agar unga qattiq ta'sir ko'rsatilsa, LCD ekranning tashqi qopqog'i sinishi mumkin. Agar ekranning yuzasi sinsa yoki darz ketsa, dileringizga murojaat qiling va singan bo'laklarga tegmang yoki ularni olib tashlashga urinmang.
Shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish
Printeringizni boshqa shaxsga berganingizda yoki chiqitga chiqarganingizda boshqaruv panelidagi Sozlamalar > Odatiy sozlamalarni tiklash > Barcha ma'lumot va sozlamalar tozalansin-ni tanlash orqali printer xotirasiga saqlangan barcha shaxsiy ma'lumotlaringizni o'chiring.
Boshqaruv paneli
A
|
Printerni yoqadi yoki o‘chiradi.
Quvvat chirog‘i o‘chganini tekshirgandan keyin ta’minot shnurini rozetkadan uzing.
|
B
|
Bosh ekranni namoyish qiladi.
|
C
|
Muammoning yechimlarini ko‘rsatadi.
|
D
|
Menyular va xabarlarni namoyish qiladi. Menyu tanlash yoki sozlamalar kiritish uchun boshqaruv panelidagi tugmalardan foydalaning.
|
E
|
Chop qilish uchun sahifalar sonini tanlang.
|
F
|
Joriy operatsiyani to‘xtatadi.
|
G
|
Avvalgi ekranga qaytadi.
|
H
|
u d l r tugmalaridan foydalangan holda kursorni ko‘zlangan joyga olib keling va tanlangan menyuni ochish yoki sozlamalar kiritish uchun OK ustiga bosing.
|
I
|
Holatga bog‘liq ravishda turli funksiyalarni qo‘llaydi.
|
J
|
Chop qilish yoki nusxa ko'chirish kabi operatsiyani ishga tushiradi.
|
|
| |