|
Tarmoq parametrlari
Tarmoq ulanishi turlari
|
bet | 7/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 463,51 Kb. | | #239635 |
Tarmoq parametrlari
Tarmoq ulanishi turlari
Quyidagi ulanish turlaridan foydalanish mumkin.
Ethernet aloqasi
Printerni Ethernet kabeli bilan xab uyasiga ulang.
Aloqador ma’lumotlar
& “Tarmoqning qo‘shimcha parametrlarini sozlash” - 31-sahifada
Wi-Fi ulanishi
Printer va kompyuter yoki smart qurilmani kirish nuqtasiga ulang. Bu kompyuterlar Wi-Fi orqali kirish nuqtasiga ulanadigan uy yoki ofis tarmoqlari uchun xos bo'lgan ulanish usulidir.
Aloqador ma’lumotlar
& “Kompyuterga ulash” - 23-sahifada
& “Smart qurilmasiga ulash” - 24-sahifada
& “Wi-Fi sozlamalarini printerda qo‘yish” - 24-sahifada
Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi
Uyda yoki ofisda Wi-Fi dan foydalanmayotganingizda yoki printerni kompyuter yoki smart qurilmasiga to'g'ridan-to'g'ri ulamoqchi bo'lsangiz, shu ulash usulidan foydalaning. Bu usulda printer kirish nuqtasi vazifasini bajaradi va standart kirish nuqtasidan foydalanmasdan printerga torttagacha qurilmalarni ulashingiz mumkin bo'ladi. Biroq printerga to'g'ridan-to'g'ri ulangan qurilmalar printer orqali bir-birlari bilan aloqa qila olmaydilar.
Eslatma:
Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi Maxsus rejimning o'rnini olishga mo'ljallangan ulash usulidir.
Printerni Wi-Fi yoki Ethernet va Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi orqali bir vaqtda ulash mumkin. Biroq agar printer Wi-Fi orqali ulanganda tarmoq ulanishini Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishida boshlasangiz, Wi-Fi vaqtinchalik uzib qo'yiladi.
Aloqador ma’lumotlar
& “Wi-Fi Direct (Oddiy AP) ulanish parametrlarini sozlash” - 30-sahifada
Kompyuterga ulash
Printerni kompyuterga ulash uchun biz o'rnatish dasturidan foydalanishni tavsiya qilamiz.Siz o'rnatish dasturini quyidagi usullardan biridan foydalangan holda ishga tushirishingiz mumkin.
❏ Veb-saytdan o'rnatish
Quyidagi veb-saytga kiring va keyin mahsulot nomini kiriting.Sozlashga o‘ting va sozlashni boshlang. http://epson.sn
❏ Dasturiy ta'minot diskidan o'rnatish (faqat dasturiy ta'minot diski bilan kelgan modellar va disk o'qish qurilmalariga ega bo'lgan foydalanuvchilar uchun)
Dasturiy ta'minot diskini kompyuterga soling va keyin ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling.
|
| |