• Tayanch iboralar
  • Tarmoq xavfsizligi




    Download 0,79 Mb.
    bet1/20
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,79 Mb.
    #126641
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Asrorxonova Dilnavozxon KI 14-20 S 2-mustaqil ish




    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TATU QARSHI FILIALI
    KI 14-20 S GURUH TALABASI
    ASRORXONOVA DILNAVOZXONNING
    TARMOQ XAVFSIZLIGI” FANIDAN TAYYORLAGAN




    Mavzu. Simsiz tarmoq infrastrukturasi.


    Reja:



    1. Simsiz shaxsiy va lokal tarmoqlari

    2. IEEE 802.11 standartining oilalari

    3. IEEE 802.11 standartida kanal satxi


    Tayanch iboralar


    Simsiz tarmoq, IEEE 802.11, Havo muhiti, , PAN (Personal Area Networks), Ad- Hoc, Infratuzilmali ulanish, Mijozlik nuktasi, Kuprik ulanishi.
      1. Simsiz shaxsiy tarmoqlari


    Simsiz tarmoqlarning asosiy vazifasi kompyuter qurilmalari orasida bog‘lanishni amalga oshirishdan iborat. Kompyuter qurilmalariga noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar kiradi.


    Simsiz tarmoqlarning quyidagi turlari mavjud:

    • simsiz shaxsiy tarmoq;

    • simsiz lokal tarmoq;

    • simsiz regional tarmoq;

    • simsiz global tarmoq.

    Uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan ajralib turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning uzatish tezligi odatda 1,5-2 Mb/s oshmaydi.
    Simsiz shaxsiy tarmoqlarning imkoniyatlari uzatuvchi-qabul qiluvchilarning (transceiver) kam quvvat is’temol qilishi va ixchamligi maxsus prosessorlar bilan belgilanadi. Kam quvvat iste’mol qilinish simsiz shaxsiy tarmoqlarda ishlovchi mobil telefonlar, PDA lar va naushniklar uchun muhim ko‘rsatgich hisoblanadi.
    Simsiz shaxsiy tarmoqlar foydalanuvchiga yaqin masofada ishlaydi. Shunga qaramay, simsiz shaxsiy tarmoqlar Internetdan birgalikda foydalanish maqsadida noutbuklar va shaxsiy kompyuterlarning o‘zaro aloqasini ta’minlashi mumkin.
    Ofislarning ichida, ishlab chiqarish va ma’muriy binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar, odatda, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli qurilmalarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo‘la turib foydalanishi mumkin. Bu xizmatchiga o‘z vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Bajaradigan amallari bo‘yicha bunday tarmoqlar Ethernet kabi an’anaviy simli lokal tarmoqlariga o‘xshash.



      1. Download 0,79 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,79 Mb.