IEEE 802.11 standartining oilalari




Download 0,79 Mb.
bet2/20
Sana22.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#126641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Asrorxonova Dilnavozxon KI 14-20 S 2-mustaqil ish

IEEE 802.11 standartining oilalari


Xozirgi kunda IEEE 802.11 standartining ko‘pgina oilalari mavjud.

  1. 802.11 – dastlabki asosiy standart. Radiokanal bo‘yicha 1 va 2 Mbit/s tezlik bilan ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega.

  2. 802.11a – katta tezlikli WLAN standarti. 5 GGs chastotali radiodiapazonda 54 Mbit/s tezlikli kanal xosil qila oladi.

  3. 802.11b – eng keng tarqalgan standart. 2,4 GGs diapazonida radiokanal bo‘ylab 11 Mbit/s tezlik bilan ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega.

  4. 802.11s – simsiz tarmoq ko‘priklarining (most) ishlashini belgilab beruvchi standart. Ushbu spesifikasiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan kirishga ijozat nuqtalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

  5. 802.11d – standart simsiz tarmoq uskunalari va kanalning fizik

parametrlariga (nurlanish quvvati va chastota diapazoni) turli mamlakatlarning me’riy-xuquqiy talablarini belgilab beradi.
6.802.11ye – ushbu standartning yaratilishi multimedia vositalaridan foydalanish talabi bilan bog‘liq. U audio va videotrafiklarga nufuzni berish mexanizmini belgilab beradi. So‘ralgan ma’lumot sifatini talab qilish xar bir IEEE WLAN radiointerfeyslari uchun zaruriy.

  1. 802.11f – autentifikasiya bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu standart mijozning tarmoq segmentlari bo‘ylab siljib yurishida turli aloqa nuqtalarining o‘zaro bog‘lanish mexanizmini belgilab beradi. Standartning boshqacha nomi Inter Access Point Protocol va u bir xil saviyaga ega bo‘lgan kirishga ijozat nuqtalari orasidagi bog‘lanish mexanizmini belgilab beradi.

  2. 802.11g – 2,4 GGs chastotasida signalni modulyasiyalovchi qo‘shimcha texnikani o‘rnatadi va shu chastotada radiokanal bo‘ylab 54 Mbit/s tezlikka ega ma’lumot uzatishga mo‘ljallangan.

  3. 802.11h – ushbu standartning ishlab chiqilishi 802.11a standartining Yevropada qo‘llanilish muammolaridan kelib chiqqan. Chunki, Yevropada ba’zi yo‘ldoshli aloqa tizimlari 5 GGs diapazonida faoliyat yuritadi. O‘zaro xalaqitlarni kamaytirish uchun 802.11h standartida ma’lumotlarni uzatish chastotasini tanlash va nurlanish quvvatini boshqaruvchi “kvaziintellektual” mexanizm yaratilgan. Ushbu standart 5 GGs chastota spektrini boshqarishni belgilab beradi va Yevropa xamda Osiyo uchun mo‘ljallangan.

  4. 802.11i (WPA2) – ushbu spesifikasiyaning yaratilishidan asosiy maqsad, simsiz tarmoqlarning xavfsizligini oshirishdir. Bunda, bir qator ximoya funksiyalari qo‘llanilgan bo‘lib, simsiz tarmoq orqali axborot almashinuvi vaqtida AES texnologiyasi yordamida 128, 192 va 256 bit uzunlikli kalitlar yordamida shifrlash algoritmi qo‘llanilgan. Xozirgi kunda qo‘llanilayotgan barcha uskunalarning 802.11i standarti bilan, jumladan Intel Centrino ning xam moslashganligi xisobga olingan. Bu standart 802.1X, TKIP va AES protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi.

  5. 802.11j – standart Yaponiya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 802.11a ni 4,9 GGs chastotada ishlaydigan qo‘shimcha kanal bilan kengaytiradi.

  6. 802.11n – istiqbolli standart bo‘lib, xozirgi kunda ishlab chiqish jarayonida xamda radiokanalning o‘tkazuvchanlik kengligini 100 Mbit/s gacha yetkazishga mo‘ljallangan.

  7. 802.11r – ushbu standart universal va moslashgan rouming tizimini yaratishga qaratilgan xamda mijozlarning bir tarmoq xududidan ikkinchisiga o‘tish imkonini yaratadi.

Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo‘yicha shaharga teng bo‘lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur bo‘ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki ishlab chiqarish korxonasi bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan buyurtmalarning bajarilishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to‘playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o‘rnatishga imkon beradi.
Simsiz regonal tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo‘lishini ta’minlaydi. Regional simsiz tarmoqlar yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lib IEEE 802.16 Wi-Max texnologiyasi asosida ishlaydi.

Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IEEE 802.11 standartining oilalari

Download 0,79 Mb.