• Kompyuter qurilmalari.
  • Tarmoq xavfsizligi




    Download 0.79 Mb.
    bet3/20
    Sana22.12.2023
    Hajmi0.79 Mb.
    #126641
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Asrorxonova Dilnavozxon KI 14-20 S 2-mustaqil ish
    Voleybol 2222, Mavzu quritish jarayoni, 2-mavzu Quduqlarning turlari-fayllar.org (1), Shablon, ГПП-2, 3- mavzu Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari-azkurs.org, BTIMO MUSTAQIL ISH 165-21 Choriyev Sardor, Choriyev Sardor IMT 165-21 guruh ABN kurs ishi, Биология-, kollektivnyj-dogovor-Blank, 2 5463153754326962040, 2 5474346988856153403, 2 5467407318138228622, 2 5474346988856153404
    Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki hatto kontinent masshtabida foydalanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikasiya kompaniyalari ko‘pincha foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning harajati barcha foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi, natijada, abonent to‘lovi unchalik yuqori bo‘lmaydi.
    Simsiz tarmoqlarning tashkil etilishi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi, faqat axborot havo muhiti orqali uzatishga yaroqli ko‘rinishga o‘zgartirilishi lozim. Simsiz tarmoqlarda ishlatiladigan komponentlar qatoriga kompyuter qurilmalari, tayanch stansiyalar va simsiz infratuzilma kiradi.
    Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (ba’zida ularni
    «mijozlar» deb atashadi) ko‘pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlay oladi. Ba’zi kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo‘lsa, boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi.
    Mobil ilovalar ishini ta’minlash va odamlarga o‘zlari bilan uzoq vaqt mobaynida olib yurishlarida qulaylik tug‘dirish uchun kompyuter qurilmalari ixcham bo‘lishi lozim. Odatda, ular katta bo‘lmagan ekranga, kam sonli tugmachalarga va o‘lchamlari kichik batareyaga ega. Simsiz tarmoqlarning kompyuter qurilmalari serverlar, ma’lumotlar bazasi va Web-uzellar kabi oxirgi tizimlarni ham o‘z ichiga oladi.
    Foydalanuvchilar mavjud kompyuter qurilmalarini simsiz tarmoqda ishlatish uchun (masalan, simsiz tarmoq interfeysi platasini noutbukka o‘rnatish orqali) moslashtirishlari mumkin. Tarmoq interfeysi platasi yoki tarmoq adapteri (network interface card) kompyuter qurilmasi va simsiz tarmoq infratuzilmasi orasida interfeysni ta’minlaydi. Bu plata kompyuter qurilmasi ichiga o‘rnatiladi, ba’zida tashqi tarmoq adapteri ham ishlatiladi. Bunday adapterlar, ishga tushirilishi bilan kompyuter qurilmasi tashqarisida qoladi.
    Kompyuter qurilmalari Windows-XP, Linux yoki MAC OS kabi operasion tizimga ham ega bo‘lib, bu operasion tizim simsiz tarmoq ilovalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishga tushiradi.

    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0.79 Mb.