• FANIDAN 2–MUSTAQIL ISHI Bajardi: NASIMOV O Qabul qildi: UZAQOV O. SH
  • Simsiz tarmoqlarning asosiy vazifasi kompyuter qurilmalari orasida bog‘lanishni amalga oshirishdan iborat. Kompyuter
  • 2–mustaqil ishi bajardi: nasimov o qabul qildi: uzaqov o. Sh




    Download 77.29 Kb.
    bet1/4
    Sana13.04.2024
    Hajmi77.29 Kb.
    #194742
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Nasimov O Tarmoq xavfsizligi 2-mustaqil ish
    CKVsaDs2BfJ5G7NHibWU4vsV0QkwYq1GlUPimVzN, Shaxtali pechlar jasur akaga, TEST FALSAFA, 3-amaliy, 3-BT guruh Ona tili, tarjima turt, GUMANITAR INSITUT USTI, 651d9507a202b, Статья СКОПУС Мелибаев И, 1 - 2 Lab, Сабақты жобаластырыу хам оқытыушының сабаққа тайарлығы, 2.10. ozbek tili fonetikasi , HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma, 3 мавзу test 18 talik, Bozor iqtisodiyoti va manaviyat

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI
    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    KI-17-21 (S) GURUH TALABASINING


    TARMOQ XAVFSIZLIGI
    FANIDAN


    2–MUSTAQIL ISHI

    Bajardi: NASIMOV O
    Qabul qildi: UZAQOV O. SH
    Reja:
    1 .Simsiz tarmoq infrastrekturasi.
    2.Tarmoq xavfsizligi standartlari.
    3.Simsiz local tarmoq arxetekturasi va komponentlari.
    4 .WiMax texnalogiyasi.
    5.Tarmoqdagi asosiy tahdidlar.
    6.Asosiy tarmoq hujumlari.

    Simsiz tarmoqlarning asosiy vazifasi kompyuter qurilmalari orasida bog‘lanishni amalga oshirishdan iborat. Kompyuter qurilmalariga noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar kiradi.
    Simsiz tarmoqlarning quyidagi turlari mavjud:

    • simsiz shaxsiy tarmoq;

    • simsiz lokal tarmoq;

    • simsiz regional tarmoq;

    • simsiz global tarmoq.

    Uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan ajralib turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning uzatish tezligi odatda 1,5-2 Mb/s oshmaydi.
    Simsiz shaxsiy tarmoqlarning imkoniyatlari uzatuvchi-qabul qiluvchilarning (transceiver) kam quvvat is’temol qilishi va ixchamligi maxsus prosessorlar bilan belgilanadi. Kam quvvat iste’mol qilinish simsiz shaxsiy tarmoqlarda ishlovchi mobil telefonlar, PDA lar va naushniklar uchun muhim ko‘rsatgich hisoblanadi.
    Simsiz shaxsiy tarmoqlar foydalanuvchiga yaqin masofada ishlaydi. Shunga qaramay, simsiz shaxsiy tarmoqlar Internetdan birgalikda foydalanish maqsadida noutbuklar va shaxsiy kompyuterlarning o‘zaro aloqasini ta’minlashi mumkin.
    Ofislarning ichida, ishlab chiqarish va ma’muriy binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar, odatda, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli qurilmalarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo‘la turib foydalanishi mumkin. Bu xizmatchiga o‘z vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Bajaradigan amallari bo‘yicha bunday tarmoqlar Ethernet kabi an’anaviy simli lokal tarmoqlariga o‘xshash.


    1. 802.11 – dastlabki asosiy standart. Radiokanal bo‘yicha 1 va 2 Mbit/s tezlik bilan ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega.

    2. 802.11a – katta tezlikli WLAN standarti. 5 GGs chastotali radiodiapazonda 54 Mbit/s tezlikli kanal xosil qila oladi.

    3. 802.11b – eng keng tarqalgan standart. 2,4 GGs diapazonida radiokanal bo‘ylab 11 Mbit/s tezlik bilan ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega.

    4. 802.11s – simsiz tarmoq ko‘priklarining (most) ishlashini belgilab beruvchi standart. Ushbu spesifikasiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan kirishga ijozat nuqtalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

    5. 802.11d – standart simsiz tarmoq uskunalari va kanalning fizik

    parametrlariga (nurlanish quvvati va chastota diapazoni) turli mamlakatlarning me’riy-xuquqiy talablarini belgilab beradi.
    6.802.11ye – ushbu standartning yaratilishi multimedia vositalaridan foydalanish talabi bilan bog‘liq. U audio va videotrafiklarga nufuzni berish mexanizmini belgilab beradi. So‘ralgan ma’lumot sifatini talab qilish xar bir IEEE WLAN radiointerfeyslari uchun zaruriy.

    1. 802.11f – autentifikasiya bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu standart mijozning tarmoq segmentlari bo‘ylab siljib yurishida turli aloqa nuqtalarining o‘zaro bog‘lanish mexanizmini belgilab beradi. Standartning boshqacha nomi Inter Access Point Protocol va u bir xil saviyaga ega bo‘lgan kirishga ijozat nuqtalari orasidagi bog‘lanish mexanizmini belgilab beradi.

    2. 802.11g – 2,4 GGs chastotasida signalni modulyasiyalovchi qo‘shimcha texnikani o‘rnatadi va shu chastotada radiokanal bo‘ylab 54 Mbit/s tezlikka ega ma’lumot uzatishga mo‘ljallangan.

    3. 802.11h – ushbu standartning ishlab chiqilishi 802.11a standartining Yevropada qo‘llanilish muammolaridan kelib chiqqan. Chunki, Yevropada ba’zi yo‘ldoshli aloqa tizimlari 5 GGs diapazonida faoliyat yuritadi. O‘zaro xalaqitlarni kamaytirish uchun 802.11h standartida ma’lumotlarni uzatish chastotasini tanlash va nurlanish quvvatini boshqaruvchi “kvaziintellektual” mexanizm yaratilgan. Ushbu standart 5 GGs chastota spektrini boshqarishni belgilab beradi va Yevropa xamda Osiyo uchun mo‘ljallangan.

    4. 802.11i (WPA2) – ushbu spesifikasiyaning yaratilishidan asosiy maqsad, simsiz tarmoqlarning xavfsizligini oshirishdir. Bunda, bir qator ximoya funksiyalari qo‘llanilgan bo‘lib, simsiz tarmoq orqali axborot almashinuvi vaqtida AES texnologiyasi yordamida 128, 192 va 256 bit uzunlikli kalitlar yordamida shifrlash algoritmi qo‘llanilgan. Xozirgi kunda qo‘llanilayotgan barcha uskunalarning 802.11i standarti bilan, jumladan Intel Centrino ning xam moslashganligi xisobga olingan. Bu standart 802.1X, TKIP va AES protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi.

    5. 802.11j – standart Yaponiya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 802.11a ni 4,9 GGs chastotada ishlaydigan qo‘shimcha kanal bilan kengaytiradi.

    6. 802.11n – istiqbolli standart bo‘lib, xozirgi kunda ishlab chiqish jarayonida xamda radiokanalning o‘tkazuvchanlik kengligini 100 Mbit/s gacha yetkazishga mo‘ljallangan.

    7. 802.11r – ushbu standart universal va moslashgan rouming tizimini yaratishga qaratilgan xamda mijozlarning bir tarmoq xududidan ikkinchisiga o‘tish imkonini yaratadi.

    Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo‘yicha shaharga teng bo‘lgan hududga xizmat qiladi. Aksariyat hollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur bo‘ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki ishlab chiqarish korxonasi bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan buyurtmalarning bajarilishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to‘playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o‘rnatishga imkon beradi.
    Simsiz regonal tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo‘lishini ta’minlaydi. Regional simsiz tarmoqlar yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lib IEEE 802.16 Wi-Max texnologiyasi asosida ishlaydi.

    Download 77.29 Kb.
      1   2   3   4




    Download 77.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2–mustaqil ishi bajardi: nasimov o qabul qildi: uzaqov o. Sh

    Download 77.29 Kb.