Tarmoq xavfsizligi




Download 0,79 Mb.
bet4/20
Sana22.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#126641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Asrorxonova Dilnavozxon KI 14-20 S 2-mustaqil ish

Havo muhiti. Havo kompyuter qurilmalari va simsiz infratuzilmaga orasida axborot oqimini uzatish kanali hisoblanadi. Simsiz tarmoqlar orqali aloqani nutq orqali muloqotga o‘xshatish mumkin. Agar suhbatdoshlar orqasidagi masofa oshaversa, ular bir-birlarini yomon eshita boshlaydilar.
Simsiz tarmoqlarning axborot signallari ham havo orqali tarqaladi, ammo o‘zining xususiyati evaziga nutq signallariga qaraganda anchagina katta masofaga tarqalishi mumkin. Bu signallar odamga eshitilmaydi, shu sababli ularni, yanada yuqori sathlargacha kuchaytirish mumkin. Ammo aloqa sifati to‘siqlarning mavjudligiga bog‘liq. To‘siqlar signallar tarqalishiga xalaqit qiladi yoki ularni susaytiradi, natijada signallar sathi pasayadi, ularning tarqalish uzoqligi kamayadi.
Simsiz tarmoq infratuzilmasi foydalanuvchilar va oxirgi tizimlarning o‘zaro simsiz aloqalarini ta’minlaydi. Uni tayanch stansiyalar, foydalanish kontrollerlari, ulanish o‘rnatilishini ta’minlovchi ilovalarning dasturiy ta’minoti va taqsimlovchi tizim tashkil etishi mumkin.
Tayanch stansiya infratuzilmaning tarqalgan komponenti hisoblanadi. U havo muhiti orqali tarqaluvchi simsiz tarmoqqa uzatilishini ta’minlaydi. Tayanch stansiyani ba’zida «taqsimlovchi tizim» deb ham yuritishadi, chunki tayanch stansiya Web-sahifalarni ko‘zdan kechirish servislari, elektron pochta va ma’lumotlar bazasi kabi tarmoq xizmati yo‘nalishidan foydalanishni ta’minlaydi. Tayanch stansiyada ko‘pincha simsiz tarmoq interfeysi platasi bo‘lib, bu plata foydalanuvchi kompyuteridagi simsiz tarmoq interfeysi platasining ishlash prinsipidan foydalaniladi. Bazaviy stansiya “nuqta -nuqta” yoki “nuqta-bir necha nuqta” kabi ulanishlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Simsiz tarmoqning misoli sifatida shaxsiy tarmoqlarda qo‘llanadigan Bluetooth arxitekturasini ko‘rib chiqamiz.
Shaxsiy tarmoq PAN (Personal Area Networks) uncha katta bo‘lmagan bir necha metr radiusda joylashgan qurilmalarning o‘zaro aloqasi uchun mo‘ljallangan. Bunday qurilmalar - mobil telefon, printer, noutbuk, televizorlar bo‘lishi mumkin. Shaxsiy tarmoqlar qaydlangan erkin foydalanishni, misol uchun uy hududida aloqani ta’minlashi kerak.
Shaxsiy tarmoqlar ko‘p jihatdan lokal tarmoqlarga o‘xshab ketadi, ammo ularning o‘ziga yarasha muhim jihatlari mavjud.

    1. Shaxsiy tarmoqqa kiruvchi ko‘pgina qurilmalar odatdagi lokal tarmoq qurilmalariga nisbatan bir muncha soddaroq. Bundan tashqari bunday qurilmalar hajm va narxi jihatdan uncha katta bo‘lmaydi, shuning uchun PAN standartida ko‘p mablag‘ talab qilinmaydi.

    2. Lokal tarmoqqa nisbatan PAN kichik hududni qamrab oladi, ularda aloqa uchun bir necha metr yetarli hisoblanadi.

    3. Xavfsizlikka yuqori talab qo‘yilgan. Shaxsiy qurilma o‘zining egasi bilan birga harakatlanib turli xil muhitlarga duch keladi. Ayrim hollarda ular boshqa shaxsiy tarmoq qurilmalari bilan aloqa qilishga majbur, shuning uchun PAN

protokollari mobil sharoitda turli xil qurilmalar autentifikasiyasi va ma’lumotlarni shifrlash usullarni qo‘llab quvvatlashi zarur.

    1. O‘lchami jihatdan kichik bo‘lgan qurilmalarni bir-biri bilan bog‘laganda kompyuterni printer yoki konsentrator bilan bog‘laganga nisbatan kabellardan qutilishga xohish kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun shaxsiy tarmoqlar lokal tarmoqlarga solishtirganda simsiz texnologiyalardan foydalanadi.

Hozirgi vaqtda PAN tarmog‘ining ommabob texnologiyasi bu Bluetooth. U 2,4 MGs diapazondagi ajratiladigan muhitda ma’lumot uzatish tezligi 723 Kbit/s bo‘lgan 8 tagacha bulgan qurilmalarning aloqasini ta’minlaydi.



Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 0,79 Mb.