|
Tarmoq parametrlari
|
bet | 8/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 463,51 Kb. | | #239635 |
Ulash usullarini tanlash
Quyidagi ekran namoyish qilingunicha ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling va keyin printerni kompyuterga ulash usulini tanlang.
Ulash turini tanlang va keyin Keyingi-ni cherting.
Ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring.
Smart qurilmasiga ulash
Printerni bitta Wi-Fi tarmog'iga (SSID) smart qurilmasi sifatida ulaganda printerdan smart qurilmasidan turib foydalanishingiz mumkin. Printerdan smart qurilmasidan turib foydalanish uchun quyidagi veb- saytda o'rnating. O'zingiz printerga ulamoqchi bo'lgan smart qurilmasidan veb-saytga kiring.
http://epson.sn > Sozlash
Eslatma:
Agar kompyuter va smart qurilmasini printerga bir vaqtda ulamoqchi bo'lsangiz, kompyuterga birinchi bo'lib ulashni tavsiya qilamiz.
Wi-Fi sozlamalarini printerda qo‘yish
Printerning boshqaruv panelidan turib tarmoq sozlamalarlarini bir nechta usulda o‘rnatish mumkin.Sizdagi muhit va shart-sharoitga mos keladigan ulanish usulini tanlang.
Kirish nuqtasining SSID va paroli kabi ma’lumotlarni bilsangiz, sozlamalarni qo‘lda qo‘yishingiz mumkin. Agar kirish nuqtasi WPS bilan ishlasa, sozlamalarni bitta tugmani bosish orqali sozlash mumkin.
Printerni tarmoqqa ulagandan keyin o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan qurilma orqali (kompyuter, smart qurilma, planshet va hokazo) printerga ulaning.
Aloqador ma’lumotlar
& “Wi-Fi sozlamalarini qo‘lda kiritish” - 25-sahifada
& “Bosish tugmasini o'rnatish orqali Wi-Fi'ni sozlash (WPS)” - 27-sahifada
& “PIN kodni o'rnatish orqali Wi-Fi ni sozlashni (WPS) bajarish” - 28-sahifada
& “Wi-Fi Direct (Oddiy AP) ulanish parametrlarini sozlash” - 30-sahifada
& “Tarmoqning qo‘shimcha parametrlarini sozlash” - 31-sahifada
Wi-Fi sozlamalarini qo‘lda kiritish
Siz printerning boshqaruv panelidan kirish nuqtasiga ulash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘lda o‘rnatishingiz mumkin.Qo‘lda o‘rnatish uchun kirish nuqtasiga SSID va parolni kiritishingiz kerak bo‘ladi.
Eslatma:
Agar siz kirish nuqtasidan uning sukut bo‘yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo‘lsangiz, SSID va parol yorliqda bo‘ladi.Agar siz SSID va parolni bilmasangiz, kirish nuqtasini o‘rnatgan shaxsga murojaat qiling yoki kirish nuqtasi bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.
Bosh ekranda bandini tanlang.
Bandni tanlash uchun, udlr tugmalaridan foydalangan holda kursorni ushbu bandga tushiring va so‘ngra OK tugmasini bosing.
|
| |