- rasm. Intranet va extranet tarmoqlarining tuzilishi




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

3.3.1- rasm. Intranet va extranet tarmoqlarining tuzilishi 
Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga 
ega. Bular: 
• Boshqaruv 
va 
yuridik 
shaxs 
faoliyati 
yo’nalishlarini 
avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi uzida odatda bir-biriga zid 
bo’lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va 
taqsimlanganlik (Aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga 
imkon beradi; 
• Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash 
tamoyili ko’proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, 
axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;
• Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer 
vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo’shimcha qulayliklar 
tug’diradi. 
• Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan xolda, Web -
serverlarda saklanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo’yiladi, 
axborot himoyasi osonlashadi


143 
• Intranet o’ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va aloqa 
muhitini o’zida mujassamlantirgan; 
• Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video ko’rinishida bo’lgani 
uchun guruhiy faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yo’lga 
qo’yilishi oson; 
• Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni 
mavjud turli-tuman vositalar, Aloqa kanallari asosida xam tez yo’lga 
qo’yish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi. 
Intranetdan 
yuridik 
shaxslar 
quyidagi 
yo’nalishlarda 
foydalanadilar: 
• Yuridik shaxs xujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet 
serverlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, aksiyalar ro’yhati, ichki 
ma’lumotnomalar, standartlar, qoidalar va umuman yuridik shaxsning 
e’lon qilinadigan xar qanday xujjati Web - sahifalar tarzida chiqarib 
turiladi. Shunday qilib yuridik shaxsning barcha xodimlari va 
mexmonlar uchun zarur axborot Web -sahifalarda yuritilib boriladi. 
• Yuridik 
shaxsning 
ma’lumotlar 
bazasi(jamgarmasi)dan 
foydalanish. Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi 
ma’lumotlar bazasi bilan tula ishlay oladi: server bazasidagi 
ma’lumotlarni uzgartish, ulardan foydalanish uchun uning HTML 
shaklini olib ishlab, sungra serverga qaytarish kifoya. Server tegishli 
uzgarishlarni ma’lumotlar bazasiga o’zi kiritib qo’yadi. 
• Xat-xabar, xujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail va 
UseNet xizmatlarini ishga tushirib qo’yish kifoya. 
• Interaktiv (o’zaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv 
munosabatlarni amalga oshiruvchi Web -sahifalarni tegishli dasturlar 
bilan ta’minlab qo’yish kifoya. 
• Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. Xozirgi kunda xujjatlar 
oqimini Intranet asosida yo‘lga ko‘yishda marketing, buxgalteriya, reja 
bo‘limi, moliya bo’limi omborxona ishlari va boshqa bo’limlar ishini 
avtomatlashtirishda Intranet texnologiyalari keng qo’llanilmoqda. 
• Ta’lim va malaka oshirish. Yuridik shaxsni ta’lim va ilmiy-texnik 
axborot bilan ta’minlashda Intranetga muqobil yechim topish qiyin. 
Universitet, kollej, ilmiy muassasalarning talaba, professor – o’qituvchi 
va boshqa xodimlari uchun Intranet muhitining qulayliklari haqida 
ortiqcha so’zga xojat xam yo’q. 
Intranet texnologiyasi yuridik shaxsning mavjud maxalliy(lokal) yo 
mintaqaviy (keng makonli - global) kompyuter tarmog’i negizida tez va 
eng kam sarf-xarajatlar evaziga Intranet hosil qilish imkonini beradi. 


144 

Download 7,35 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Intranet va extranet tarmoqlarining tuzilishi

Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish