147
uchun server dastur ta’minoti Intranet Wareni ni ishlatish mumkin.
Bunda IP - manzil xar bir mijozga taqdim etilishi shart bo’lmasada Web-
serverga berilishi shart. Bunda IPXni IP ga va teskari yo’nalishda
ugirish muammosi o’z-o’zidan xal bo’ladi.
NetWare tizimi unchalik tez va tadbiqiy jarayonlar uchun unchalik
baquvvat server emas. NetWare tarmoq amal tizimidan Intranet
yaratishda foydalanish faqat agar mavjud kompyuter tarmogi – NetWare
asosida qurilgan bo’lsagina o’zini oqlashi mumkin. Lekin u
foydalanuvchilarning ko’pgina tadbiqiy
dasturlardan foydalanish
imkoniyatlarini cheklab qo’ygani uchun xam, bir kuni kelib, kelajakda
baribir TCP/IP protokolini qo’llab-quvvatlaydigan tarmoq amal tizimini
o’rnatishga to’g’ri keladi. Amaliy tadbikiy dasturlar Windows
platformasi uchun ko’proq ishlab chiqilayotganligi juda ko’p korxonalar
tomonidan Windows platformasini tanlanishiga sabab bo’lmoqda.
Kompyuterga Windows NT Server ni o’rnatib bo’lgach,
Microsoft
TCP/IP protokolini o’rnatib (installyatsiya qilib) uning yaxshi ishlab
ketishi uchun kompyuterdagi xar bir tarmoq platasi uchun IP -manzil,
tarmoq qismi maskasi, shlyuz va uning DNS (Domain Name Systems)
nomi berilib, avtomatik yo qo’lda sozlab qo’yiladi. So’ngra
kompyuterga WINS (Windows Internet Naming Service) va DNS
serveri (agar lozim bo’lsa) qo’lda o’rnatilib, u konfiguratsiyalab
qo’yiladi, uning nomi va manzili o’z ona (shajara bo’yicha
yuqori
pogonadagi) serveridagi ro’yxatga kiritib qo’yiladi. DNS (tarmoqda
bo’lishi shart bo’lsa), WINS bilan birlashtiriladi. WINS Microsoft
kompaniyasi amal tizimlari boshqaruvi ostida ishlaydigan mijozlar
nomlarini IP – manzil (kompyuter nomi)ga aylantirish xizmatini bajarsa,
DNS bunday vazifani boshqa platformalarda ishlaydigan mijozlar va
tugunlar nomlari uchun bajaradi.
Kompyuter – serverning tarmoq platasi maxalliy tarmoqqa ulanadi
unga IIS o’rnatiladi. IIS 2.0 dan keyin ishlab chiqilgan IIS 3.0
avvalgi
server kabi uch asosiy server – Web-, FTP-, GOPHER serverlardan
tashkil topgan bo’lib, protokollarni taxlillashda multimediani (Microsoft
Netshow), foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash uchun SSL3.0
(Security Socket Layer 3.0) protokolini va Microsoft Front Page
qo’shimchalarini qo’llab-quvvatlovchi, ishlash uchun katta qulayliklar
yaratuvchi qo’shimcha vositalarga ega. Shundan sung Intranet xizmat
turlarini sozlab chiqiladi va konfiguratsiyalanadi.