• Texnologiyaviy masallar.
  • 3.3.3. Mavjud kompyuter tarmog’i asosida Intranet yaratish
  •  Intranetni yaratish texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    3.3.2. Intranetni yaratish texnologiyalari 
    Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy 
    masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim. 
    Tashkiliy masalalar. 
    Avvalo, Intranet strategiyasini belgilovchi qarorlar qabul qiluvchi 
    mas’ul shaxs - Intranet rahbari tanlanadi va uning ixtiyoriga 
    maslaxatchilar, va ishchi guruh biriktiriiladi. Maslahatchilar sifatida 
    Intranet yaratish tajribasiga ega mutaxassis-ekspertlar tanlanadi. Ishchi 
    guruhga tarmoq tizimi ma’muri, Web -masterlar, tarmoq xavfsizligi 
    bo’yicha mutaxassis, axborot ta’minoti bo’yicha mutaxassis, 
    dasturlovchilar va foydalanuvchilar vakillari kiritiladi. Intranetdan 
    foydalanuvchilar vakillari uchun qisqa muddatli o’qish tashkil etiladi. 
    Texnologiyaviy masallar. 
    Intranet yaratishda quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:
    – Mavjud kompyuter tarmog’i (agar u mavjud bo’lsa) yoki unga 
    tegishli qismlardan imkoni boricha to’la foydalanish; 
    – Sinovdan o’tgan mavjud texnologiyalarni qo’llash; 
    – Tayyor dastur ta’minotlarini qo’llash; 
    – Internetning ochiq standartlaridan foydalanish. 
    • Intranetning bosh texnologiyasi - Web texnologiyasidir. Chunki, u 
    axborotni nashr qilish va undan birgalikda foydalanish uchun juda qulay 
    bo’lib, tarmoqning asosiy tuguni Web -server xosil qilish uchun katta 
    mablag’ talab qilmaydi.
    • Yuridik shaxs xududida Intranet yaratilishi oldidan ishlab turgan 
    kompyuter tarmogi bor – yo’qligi Intranet yaratish bo’yicha 
    bajariladigan ishlar ko’lami va tartibiga, yechimlar mazmuniga va ish 
    muddatlariga juda katta ta’sir ko`rsatadi. 
    3.3.3. Mavjud kompyuter tarmog’i asosida Intranet yaratish 
    Mavjud kompyuter tarmogida Intranet yaratishda uni quyidagi 
    tarkibiy qismlardan tashkil topgan deb qarash mumkin: 
    • Kompyuter tarmogi; 
    • Tarmoq amal tizimi; u TCP/IP protokolini qo'llab-quvvatlaydigan 
    bo'lishi lozim; 
    • Kompyuter-server; bu kompyuter tarmog’idagi mavjud yo unga 
    qo'shimch kompyuter bo'lishi mumkin; 
    • Serverning dasturiy ta’minoti; u Web-tarmoq yaratishga, shu 
    jumladan, mijozlardagi brouzerlarning HTTP formatidagi su'rovlarini 
    qo’llab-quvvatlaydigan bo’lishi lozim; 


    145 
    • Kompyuter-mijozlar; bular kompyuter tarmogida mavjud yo unga 
    qo’shimcha kompyuterlar bo’lib, ularda TCP/IP protokolini qo’llab-
    quvvatlovchi brouzer o’rnatilib, tarmoq dasturiy ta’minoti sozlab 
    qo’yilgan bo’lishi lozim; 
    • Axborot xavfsizligi tizimi; mavjud himoya tizimi boshqatdan qayta 
    qurishni talab qiladi. 
    Intranetning asosiy qismi Web-tarmoqni yaratish uchun odatda 
    quyidagi amallarni bajarish kifoya: 
    • Kompyuterlarni TCP/IP tarmogiga birlashtirish
    • Tarmoq serverlaridan biri asosida Web-server xosil qilish; 
    • Web-serverda barcha zarur xujjatlarni, audio-, video-fayllarni, 
    ma’lumotlar jamg‘armalarini joylashtirish
    • Xar bir mijoz kompyuterda Web-brauzer o’rnatish. 
    Agar fayl serveri sifatida kompyuter tarmog’ida Windows NT 
    Server amal tizimi ishlatilayotgan bo’lsa Web-server urnatish juda oson 
    ko’chadi. Buning uchun Microsoft Book Officeli li kompakt-diskdan 
    Microsoft Internet Information Server (MIIS)ni unga yuklash kifoya. 
    Uni 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish