153
ta’minlash va tadbiqiy jarayonlararo ma’lumotlar uzatishni ta’minlash.
Seans qatlami xar bir Aloqa seansi uchun ikkinchi tomon (tarmoq
tuguni) bilan suhbat asosida turli tugunlar tadbiqiy jarayonlari bilan
ulanishlar o’rnatadi. Shuningdek seans
qatlami ulanishning ikkala
tomonining asli kimligini xam aniqlaydi. Shunday qilib seans qatlami
foydalanuvchilar va tarmoq ilovalari orasida bog’lanishlarni o’rnatadi va
ularni boshqaradi.
6-chi qatlam: Ifodalash qatlami. Vazifasi –
axborot ifodalash
shakllarini (tasvir, matn, qator va x.k.) muvofiqlashtirish va moslash;
ma’lumotlar, kodlar, alifbolar va grafika elementlarini shakllantirish. Bu
qatlam tarmoq tomonidan aloqa davomida bir necha bor ishlatilinadigan
umumiy funktsiyalar mavjud. Bular qatoriga
tarmoqni bosgich va
displeylarga ulash, fayllarni formatlash kiradi. Mazkur qatlam ko’p
formatli fayllar bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Uning vazifalari
odatda amaliy dasturlar vositasida bajariladi. Bu qatlam ba’zi
aloqa
xizmatlarini shifrlash va axborotlarni zichlash kabi xizmatlarni xam
amalga oshiradi.
7-chi qatlam: Tadbikiy qatlam. Vazifasi – tadbiqiy jarayonlar
bilan interfeys ta’minlab berish. Bu qatlamda muayyan ilovalar va
amaliy kompyuter tarmog’i dasturlari mavjud.
Web brauzer, FTP va
Telnet shunday standart dasturlar jumlasidandir.
7-chi qatlamdan tashki
yuqorigi qatlamda turli tadbiqiy jarayonlar sodir bo’ladi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Intranetga ta’rif bering?
2. Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli?
3. Intranetdan yuridik shaxslar qanday yo’nalishlarda
foydalanadilar?
4. Intranetni yangidan yaratish qanday bajariladi?
5. Intranetning axborot
xavfsizligi muammosi
6. Mijozning minimal ta’minoti nimalarga imkon beradi?
7. Intranetning ko’pqatlamli modeli
8. Serverning apparat platformasi