154
IV
BOB.
INTRENET-
GLOBAL
KOMPYUTER
TARMOGʻI
§ 4.1. Internet paydo bo’lishining tarixi
4.1.1 – mavzu. Internet tarixi
Axborot–kommunikasiya
texnologiyasi
muhitida
innovasiya
jarayoni juda yuqori suratlar bilan o’sayotgani odatiy holga aylanib
bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog’i uchun harakterlidir.
Hozir Internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo’lgan global
kompyuter tarmog’i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun
prinsipial yangi muloqot qilish muhitiga aylanib bormoqda. Internet
gorizontal usul deb atalishi mumkin bo’lgan yangi insoniy muloqot
usulini kashf etmoqda. U paydo bo’lgunga qadar muloqot va axborot
tarqalishi asosan vertikal tarzda bo’lgan. Masalan, avtor kitob yozadi,
o’quvchilar uni o’qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko’rsatuv
uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko’radi va tinglaydi, gazeta
yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o’qiydi va h.k. Unga talab juda
yuqori bo’lsada, teskari aloqa umuman yo’q edi. Gazetalarga
yuboriladigan xatlar, radio va teleko’rsatuvlardagi talab va mulohazalar
yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Konkret bir kitob
o’quvchilari o’rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o’rtasida axborot
almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Internet esa, son–
sanoqsiz iste’molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, ular osongina muhokamaga kirishishlari mumkin
bo’ladi.
Hozirgi vaqtda internet global tarmog’i gorizontal informasion
muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Internetni bizning
turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda xech qanaqa tashkilot
bo’lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi,
butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. Hozir internetning asosiy
g’oyasi–bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o’rtasida
aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o’rtasidagi diniy,
ideologik va har xil to’siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo’ldir.
Internet texnologik jarayondagi eng ahamiyatli demokratik ish
vositalardan biri hisoblanadi. paydo bo’lishi bilan axborot aksariyat
dunyo odamlarining potensial imkoniyatiga aylanib bormoqda.Telegraf,
telefon, radio, televideniya va kompyuter texnikalar chambarchas
bog’langan holda barcha global kommunikasiyalar yagona butunlikda
integrallashadi. Bu yerda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni
birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko’plab shunga o’xshash chegaralar
155
mavjudligidan qat’iy nazar ularning o’zaro muloqotda bo’lishlari
to’g’risida ketmoqda. Internet behisob miqdordagi axborotlarga ega
bo’lgan holda, iste’molchilarga katta informasion xizmat spektrini
taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo’lish mumkin:
tarmoq abonetlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq
ma’lumotlar bazasidan foydalanish.
Internet tarmog‘i XX asrning 60-70 yillarida atom yordamida
urush xolatida xam ishlaydigan kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil
qilishga qaratilgan mudofaa loyihasidan kelib chiqqan. Ishlab
chiqaruvchilar fikricha, tarmoqning eng muhim sifati – bu xujum ob’ekti
bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona boshqaruv markaziga ega emasligidir.
Anarxik tuzilmaga ega bo‘lgan tarmoq yaratilgan, unda bir xisoblash
mashinasi ixtiyoriy boshqa xisoblash mashinasidan ustun emas, va xech
qaysi kompyuter tarmoqni ishlashi uchun o‘ta muxim axamiyat kasb
etmaydi. Keyinchalik Internetni tadqiqot, kommersiya va vaqtichog‘lik
uchun qo‘llanilishi bu loyihaning kutilmagan natijasi bo‘ldi.
1961 yili Defence Advanced Research Agensy (DARPA) AQSh
ning mudafaa vazirligi topshirig‘iga asosan paketlarni uzatish uchun
mo‘ljallangan tajribaviy tarmoq yaratish loyihasiga qo‘l urdi. Bu tarmoq
ARPANET deb atalib, turli kompyuterlar orasida barqaror aloqani
ta’minlash usullarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan edi. 1972 yilda
ARPANET tarmog‘ini birinchi namoyishi bo‘lib o‘tdi, unda R.
Tompson elektron pochtani kashf etdi. Shu vaqtda tarmoqda ma’lumot
uzatish protokoli - TCP/IP yaratilgan edi. TCP/IP – bu turli
kompyuterlar o‘zaro aloqani qanday bog‘lashini aniqlab beradigan ko‘p
sonli kommunikatsiya protokollari yig‘indisidir.
1973 yilda R. Kan va V. Serf Internet tarmog‘i tuzilma g‘oyasini
ilgari surishadi, va birinchi marta tarmoqqa AQSh tashqarisidan
bog‘lanish amalga oshiriladi. ARPANET tajribasi shu qadar
muvafaqqiyatli ediki, juda ko‘p tashkilotlar kundalik axborot
almashinuvi maqsadida bu tarmoqqa ulanishni xoxlashdi.
1975 yili ARPANET tajribaviy tarmoqdan ishchi tarmoqqa
aylandi. Tarmoqni boshqarish ma’suliyatini Defence Communication
Agency (DCA) xozirda Defence Information Systems Agency (DISA)
deb nomlanuvchi tashkilot oldi. Lekin ARPANET rivojlanishi shu bilan
to‘xtab qolmadi: TCP/IP protokollari rivojlanishda davom etdi. 1977
yilda birinchi 100 ta tadqiqotchilarga elektron pochta xizmati taqdim
etildi.[19]
1983 yilda Military Standarts (MIL STD), ya’ni xarbiy standartlar
156
tarkibiga kirgan TCP/IP protokollari uchun birinchi standart ishlab
chiqildi, va shundan keyin xamma tarmoq foydalanuvchilari ushbu
yangi protokollarga o‘tishga majbur bo‘lishdi. Ushbu yil Internet
tarmog‘ining tug‘ilgan yili deb hisoblanadi. DARPA ushbu
protokollarga o‘tishni yengillashtirish maqsadida Berkley Software
Design firmasi raxbariyatiga TCP/IP protokollarini Berkeley (BSD)
UNIX da tadbiq etish taklifi bilan murojaat qildi. Shunday UNIX va
TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha vaqtdan so‘ng TCP/IP xammaga
tushunarli oddiy standartga moslashtirildi, va Internet atamasi keng
qo‘llana boshlandi.
1983 yili ARPANET dan AQSh mudofaa vazirligining Defence
Data Network (DDN) ga taalluqli bo‘lgan MILNET ajralib chiqdi.
Internet atamasi MILNET va ARPANET ning birlashtirgan yagona
tarmoq uchun qo‘llanila boshlandi.
1984 yilda Internetga 1000 hisoblash mashinasi ulandi, 1989 yilda
– 100 ming ta, 1992 yilda esa 1 000 000 hisoblash mashinasi ulandi.
1992 yilda Tim Bernes-Li WWW - “Butun dunyo o‘rgimchak
to‘ri”ni kashf qildi. Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet
tarixida World Wide Web yaratilishi muxim axamiyat kasb etdi.
Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (SERN Jeneva) fizigi tomonidan
xamma fiziklar va boshqa olimlar tomonidan Internet tarmog‘ida
taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish g‘oyasi ilgari surildi.
O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Internet vositalari foydalanuvchilardan
tarmoq xaqida katta bilimga ega bo‘lishni talab etardi, shuning uchun
axborotni uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi. sERN
tomonidan WWW xususiyatlari nashr etilgandan so‘ng foydalanuvchilar
WWW mijozlari va serverlari uchun dasturiy ta’minot yozishni
boshlashdi, bu esa o‘z navbatida “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ni
xozirgi ko‘rinishiga olib keldi.
Internet tarmog‘i tarixida uchinchi muhim voqea bu NCSA Milliy
kompyuter ilovalari markazi dasturchilar guruhi tomonidan birinchi
|