• 4.2.2. Internet sohasidagi standartlar
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     


    166 
     
    4.2.5-rasm. URL-adres strukturasi. 
    Uznet (Uznet = uz + net) — Internet tarmog‘ining O‘zbekistondagi 
    qismi. Uznetda rus tili keng tarqalgan, bu Uznetni Runetga “qisman 
    kiritish” imkonini beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida O‘zbekiston 
    Vikipediyasi mavjud. Ko‘p xollarda Uznet deyilganda Tas-IX trafikni 
    almashtirish tarmog‘i tushuniladi, chunki Tas-IX ichidagi resursga kira 
    oladigan ko‘pchilik provayderlar abonentlari uchun u tekindir. 
    .uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda registratsiyadan o‘tdi va 
    2001 yil oxiriga qadar erkin foydalanishda bo‘lgan, bu vaqtda domen 
    zonasini ma’muriyatlash xuquqi nemis kompaniyasi Euracom 
    Equipment GmBH ixtiyoriga o‘tdi, uning O‘zbekistondagi vakili Tomas 
    kompaniyasidir. 
    2002 yil dekabrida .uz domen zonasiga xuquq O‘zAAA (xozirgi 
    O‘zbekiston 
    respublikasi 
    axborot 
    texnologiyalari 
    va 
    kommunikatsiyalarni 
    rivojlantirish 
    vazirligi) 
    tizimiga 
    kiruvchi 
    UZINFOCOM markaziga berildi, bu markaz xozirgi vaqtgacha bu 
    xuquqqa ega. 
    2010 yil fevralida 10 000 domen ro‘yxatga olindi, 2015 yi 
    avgustida ro‘yxatga olingan domenlar 23 000 dan ortib ketdi. 
    4.2.2. Internet sohasidagi standartlar 
    Internet – tarmoqlar ichidagi eng o‘zgachasidir. Amaliyotda 
    istalgan ob’ekt resurslarni yoki ularga kira olishni taklif qilishi uchun 
    Internetga ulanishi mumkin. Internetda axborotning istalgan turi xech 
    qanday cheklanishsiz bemalol aylanib yurishi mumkin. Internet tarmog‘i 
    ishlashini tartibga soluvchi markaziy organ mavjud emas, lekin ma’lum 
    bir fundamental prinsiplarni o‘rnatuvchi va tarmoq ishlashini 
    boshqaruvchi tashkilotlar mavjud. O‘z falsafasi bo‘yicha Internet 
    tarmog‘i avtonomdir va xatto anarxiyalikdir; oqibat natijada bu uning 


    167 
    qudrati va zaifligidir. 
    Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular Internetni ma’muriylashtirish 
    va qo‘llab-quvvatlashda bo‘yicha turli tadbirlarda qatnashadilar. Mazkur 
    kitob kontekstida bunday tashkilotlar qatorida quyidagilarni aytib o‘tish 
    lozim: CERT, IAV, IETF, IESG, IRTF, ICANN va The Internet Society 
    (ISOC sifatida ma’lum bo‘lgan, Internet jamiyati). 
    Kompyuter himoyasi buzilishiga e’tibor beradigan guruh (CERT) - 
    Karnegi-Mellona Universitetining ekspertlar guruhi, ular Internet 
    tarmog‘ida kompyuter himoyasi buzilishi bilan bog‘liq masalalarga 
    javob berishadi. CERT 1998 yilning noyabrida ARPA tomonida o‘z-
    o‘zidan ko‘payuvchi virusli dasturlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir 
    qator insidentlarga reaksiya sifatida tashkil etildi.
    Internet arxitekturasi bo‘yicha Kengash(IAB), dastlab – Internet 
    tarmog‘ining koordinatsion Kengashi – tarkibi 12 ekspertdan iborat 
    ko‘ngilli organ, ular Internet ehtiyojlariga yordam berish uchun 
    o‘zlarining kompaniyalari-sponsorlari resurslaridan foydalanishadi. IAB 
    ikkita muammoli (ishchi) guruhlar: IETF va IRTF faoliyatini 
    nazoratlaydi va koordinatsiyalaydi. Natijada bu tashkilotlar texnik 
    siyosat va ishchi yo‘nalishni ishlab chiqaradi. 
    Internetning injenerlik muammolari guruhi (IETF) ustivorliklarni 
    aniqlaydi, o‘rnatadi va qisqa muddatli masalalar va muammolar, 
    jumladan protokollar, arxitektura va ekspluatatsiya bo‘yicha yechimlar 
    ishlab chiqadi. Taklif etilgan standartlar Internetda So‘rovlar, 
    kommentariyalar va takliflar (RFC) ko‘rinishida e’lon qilinadi. 
    Standartning oxirgi versiyasi ishlab chiqilgandan so‘ng u tasdiqlash 
    uchun Internet injenerlarini boshqarish guruhiga(IESG)  kelib tushadi. 
    Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi(IRTF) uzoq 
    muddatli masalalar, jumladan adreslash tuzilmalari va texnologiyalar 
    bilan shug‘ullanadi. 
    Ismlar va nomerlarni berish bo‘yichaInternet korporatsiya 
    (ICANN)- 1999 yilda tashkil etilgan notijorat tashkilot. ICANN 
    portlarning umumiy ma’lum bo‘lgan nomerlarini taqsimlash, IP-
    adreslarni boshqarish va domen ismlarini berish bo‘yicha IANA federal 
    organining vakolatlarini o‘ziga olish uchun tashkil etildi. Portlar 
    nomerlari 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni tashkil 
    etadi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar 0 dan 1 023 gacha diapazon 
    ichidagi raqamlar bilan nomerlanadi va tizimiy jarayonlar yoki amaliy 
    dasturlarda foydalaniladi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar misollar 
    ko‘rsatish mumkin: SMTP (Pochtani uzatish oddiy protokol), protokoli 


    168 
    uchun 25 port, HTTP (Gipertekstli transport protokoli) protokol uchun 
    80 port Telnet Distansion xizmati uchun 107 port. TCP/IP protokoli 
    bazazidagi Internet mijoz/server muxitida, server amaliy daraja 
    protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u mijoz darajasida 
    bajariladi.Shuningdek ICANN kompyuterlarni Internetga joylashtirishni 
    xoxlagan tashkilotlarga IP-adresni belgilaydi;IP-adreslar soni tashkilot 
    xajmiga bog‘liq. 
    Internet jamiyati (ISOC) – ko‘ngilli tashkilotdir, u Internetni 
    ma’muriyatlashtirish uchun qandaydir formal strukturani bildiradi. 
    Internet jamiyati standartlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini 
    rasmiy xolda IESG ga bergan. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish