165
tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun
shlyuzlar
(maxsus kompyuterlar) qo‘llanadi. Internet tarmog‘ida protokollarni 2
turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy protokollar (TCP/IP)
ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha fizik jo‘natilishiga javob beradi. Amaliy
protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi,
masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni
uzatish protokoli).
TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server
amaliy daraja (satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u
mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha
diapazondagi 16-bitli kattalikdir.
Umum ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda
ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan
nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning
oddiy protokoli), port 80 - HTTP protokoli.
4.2.4-rasm. O‘rnashgan joy va funksiyalar.
Web brauzer (browser) – (ingliz tilidan to browse – koʻrib chiqish,
sahifalash) Internet sahifalarini koʻrish va unda ishlash uchun
moʻljallangan dastur. Masalan, Opera, Google Chrome, Mozilla Firefox,
Internet Explorer va h.k.
Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir obʻektda) oʻzining
murakkabmanzili mavjud — u resursni koʻrsatuvchi
URL (Uniformed
Resource Locator) deyiladi yoki, qisqacha, URL- manzil deyiladi.